So’nggi yangiliklar

02:00Месси фаолияти ҳақида: "Бунинг якуни яқинлашиб келмоқда"  0 01:45ЖЧ-2026 саралаши. Гаттузонинг дебютида Италиядан йирик, Франциядан ишончли ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:19ОКМК назорат ўйинида Про-лига жамоасини икки марта мағлуб қила олмади  0 00:58Урмат Абдукаимов: "Ҳакамларнинг қарорлари футболчиларнинг фаолиятига катта таъсир ўтказади. Ҳакамлар ҳам шуни билиши ва ҳис қилиши керак"  5 00:47"Навбаҳор" ўртоқлик ўйинида "Нефтчи"ни мағлуб этди  3 00:23Лаутаро ЕЧЛ финалидаги мағлубият ҳақида: "5 кун гапира олмаганман"  0 23:45Лотар Маттеус: "Германия жуда ёмон ўйнади. Ҳисоб 5:0 бўлиб кетиши ҳам мумкин эди"  0 23:24Тимур Кападзе: "Жаҳон чемпионати учун аниқ режа? Барчаси ҳал бўлгунча кутиш керак"  18 22:55"Барселона" Ромеу клубдан кетганини маълум қилди  0 22:36"Реал" мухлислари жамоанинг август ойидаги энг яхши футболчисини танлаб олди  0 22:13ЛаЛига "Барселона"га рухсат берди  1 21:45CAFA Nations Cup. Ўзбекистон – Қирғиз Республикаси 4:0  23 21:26CAFA Nations Cup. Ўзбекистон 10 киши бўлиб қолган Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда енгди. Финалдаги рақиб – Эрон  236 21:10Ўмон терма жамоаси мураббийи: "Кўплаб вазиятлар яратдик, аммо бор-йўғи иккита гол урдик"  11 20:54Ровшан Мередов: "Ушбу мусобақа орқали мундиаль иштирокчисига қарши ўйнадик"  5

Hindiston termaci sardori Sunil CHetri: "Avstraliya va O'zbekiston kabi jamoalarga qarshi o'ynash – o'z o'yinimizni rivojlantirishning yagona yo'li" Yangiliklar

Hindiston termaci sardori Sunil CHetri: "Avstraliya va O'zbekiston kabi jamoalarga qarshi o'ynash – o'z o'yinimizni rivojlantirishning yagona yo'li"

Qatar mamlakatida o'tkaziladigan Osiyo kubogi start olishiga bir necha kun qoldi.

O'zbekiston terma jamoasining guruhdagi raqibi bo'lmish Hindiston terma jamoasi sardori, 39 yoshli Sunil CHetri Osiyo kubogi oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Osiyo kubogida imkoniyatimiz etarli. Jahon chempionati saralashida eng kuchli terma jamoalarga duch kelmoqdamiz. Biz kurashishda davom etmoqdamiz. Avstraliya va O'zbekiston kabi jamoalarga qarshi o'ynash – o'z o'yinimizni rivojlantirishning yagona yo'li. Bizning uz uslubimiz bor, rivojlanmoqdamiz, juda ko'p o'yinchilarimiz o'sishga erishishmoqda. Biz qo'rqmayapmiz, qaerda turganimizni juda yaxshi bilamiz. Jahon chempionatida qatnashib kelayotgan Osiyoning 5-6 jamoasi bilan o'ynash hali ham juda qiyin, ammo biz juda optimistmiz. O'z o'yinimizni o'stirishning yagona yo'li yuqorida sanalgan terma jamoalar bilan muntazam o'yin o'tkazishdir. 

Jahon chempionati saralash o'yinlariga etibor bersangiz, biz dastlab Quvaytga duch keldik, keyin esa Qatar. Mana endi raqibimiz – Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri bo'lgan Avstraliya termasi. Aynan shu kabi raqiblar bilan kamchiligimizni ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Xullas, bu darajadagi o'yinlar sizga real darajangizni ko'rsatib beradi. Yaponiya termasi Germaniya va Janubiy Amerika termalarini mag'lub qilmoqda. Ular ko'rsatayotgan o'yin butun Osiyo terma jamoalarini ruhlantirmoqda. Janubiy Koreya, Yaponiya, xatto Avstraliya ham shunday darajada. Bu jamoalar tarkibidagi o'yinchilar dunyoning grand klublarida o'ynashmoqda. Son va Mitoma APL jamoalariga qarshi qanday harakat qilayotganlariga ortiqcha izoh shart emas. Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron, Avstraliya, Qatar va O'zbekiston terma jamoalari Osiyoda yaxshi o'sish namoyish qilishmoqda", -deydi Sunil CHetri. 

Malumot uchun, Hindiston terma jamoasi Osiyo kubogidagi ishtirokini Avstraliyaga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Ikkinchi turda esa hindlarga O'zbekiston milliy terma jamoasi raqiblik qiladi. Ushbu uchrashuv 18 yanvar kuni o'tkaziladi.

Jalolxon Inog'omxo'jaev

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика