Hindiston Superligasi. Finalda Ziko va Materacci jamoalari to'qnash keladi

Narzulla Saydullayev
17 dek 2015, 13:49
Hindiston Superligasida yarim final o'yinlari yakuniga etdi.

Roberto Karlos boshchiligidagi "Dehli Dinamo" klubi "Goa" bilan birinchi yarim finalni o'z uyida o'tkazib 1:0 hisobida g'alabaga erishdi.

Javob uchrashuvida Ziko shogirdlari o'z maydonida yirik 3:0 hisobidagi g'alabani tantana qilib finalga chiqishdi. "Goa" safida Lusio, Rafael Koelo kabi yulduzlar to'p tepishadi. 



"Goa" - "Dehli Dinamo" 3:0
Gollar:
Jofre 11, Rafael Koelo 27, D.Omagbemi 84.
"Goa": Kattimani, Lusio, Leo Morua, G.Arnolin, Jofre, Singx, Xalder, Fernandes (Devedas, 90), M.Desai, Rafael Koelo (Jonatan, 64), D.Omagbemi.
Bosh murabbiy: Ziko
"Dehli Dinamo": Doblas, Yon Arne Riise (Mulder, 30), Chikao, Laltxlamuana (Doungel, 74), Edatxodika, Maluda, Malsavmatulanga, Gustavo Marmentini, Singx, Robin Singx, Nabi (Gadze, 58).
Bosh murabbiy: Roberto Karlos
Chetlatish: Nabi 88.
Birinchi o'yin: 0:1



Ikkinchi juftlikda "Atletiko Kalkutta" va "Chennayin" to'qnash kelishdi. Dastlabki bahsda "Chennayin" 3:0 hisobida zafar quchdi. Kecha bo'lib o'tgan javob o'yinida "Atletiko" 2:1 hisobida g'alaba qozonganiga qaramay finalga Marko Materacci boshchiligida "Chennayin" yo'l oldi.



"Atletiko Kalkutta" - "Chennayin" 2:1
Gollar:
Lekich 22, I.Xume 87 - Tefera 90+2.
"Atletiko Kalkutta":  Singx, Anto (Rafikue, 79), Mohanraj Arnab Mondal, Tiri, A.Fernandes, Gavilan, Doutie, Izumi, I.Xume, D.Lekich.
Bosh murabbiy: Antonio Lopez
"Chennayin": Edel, Mendi, Vadu, Singx, Maylson, M.Blazi (Mundampra, 76), Elano (Bruno Pelissari, 72), Xabra, Singx, Lalpekxlua, S.Mendoza (Tefera, 88).
Bosh murabbiy: Marko Materacci
Birinchi o'yin: 0:3
 

"Goa" va "Chennayin" o'rtasidagi final uchrashuvi 20 dekabr kuni bo'lib o'tadi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia