So’nggi yangiliklar

22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  1 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинга такрорланмайди деб умид қиламан"  10 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  1 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  5 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  95 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  3 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  4 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  3

Hikmat Hoshimov: “Jamoamiz tarkibi bu yil keskin yoshartirildi” Yangiliklar

Hikmat Hoshimov: “Jamoamiz tarkibi bu yil keskin yoshartirildi”

“Metallurg” sardori Hikmat Hoshimovni jamoasining asosiy figuralaridan biri desak mubolag'a bo'lmaydi.
Rustam Mirsodiqovning maydondagi asosiy yordamchilaridan biri bo'lgan tajribali ftbolchi yakunlangan mavsum va kelgusi rejalar haqida “SA”ga intervyu berdi.

- Hikmat aka, poyoniga etgan chempionatdan keyin fikringiz qanday?

- Mavsum oson o'tmadi. Har bir uchrashuv o'ziga yarasha qiyin kechdi. Imkon qadar yuqori o'rinni egallashga harakat qildik. Yakunda esa 9-o'rin bilan kifoyalandik.

- Umuman olganda mavsum “Metallurg” uchun qanday o'tdi deb hisoblaysiz?

- Yomon emas. Etibor bersangiz bu yil tarkibimiz keskin yoshartirildi. Eng katta yutug'imiz ham shu bo'ldi. Yaqin-yaqingacha Odil Isaboev, G'ulom Halimtoev, Fayzulla Ahmedov va Umid Tojimov singari tajribali futbolchilar o'ynab kelayotgandi. Bugungi kunga kelib esa tarkib sezilarli ravishda yoshartirilganini ko'rish mumkin. Bu yil eng katta yutug'imiz shu bo'lldi deb o'ylayman. Nasib qilsa bu qilingan ishlar 1-2 yilda o'z samarasini bera boshlaydi. Yodingizda bo'lsa, bundan 1-2 yil oldin “Paxtakor” muxlislari Samvel Babayanni tanqid ostiga olishgandi. O'sha paytda “sherlar” tarkibida avlodlar almashinuvi yuz berayotgandi. Mana ko'rib turganingizdek, o'sha yili tarkibga jalb etilgan yoshlar bu yil chempionlikka erishdi. Futbolda bunday holatlarni to'g'ri qabul qilish kerak.

- Bu yil “Metallurg” tarkibida qaysi yoshlar boshqalardan nisbatan ajralib turdi?  

- Bu borada biror kimni yaqqol ajratib ko'rsatmoqchi emasman. Tarkibimizdagi yoshlarning kelajagi porloq. Faqat o'z ustida ishlashni to'xtatmaslik kerak. SHahzod Nurmatov, SHoxnazar Norbekov, Alisher Ziyovutdinov, Mirg'iyos Sulaymonov, Murod Toshmatov kabi yoshlardan umidimiz katta. Ular bu yil yaxshigina tajriba orttirdi. SHuningdek ikkinchi davrada safimizga kelib qo'shilgan Javlon Mirabdullaev ham qisqa fursat ichida jamoaga moslashib keta oldi.

- O'z vaqtida siz bilan birga o'ynagan yaqin do'stingiz Odil Isaboev bu yil yoshlar jamoasida murabbiylik qildi. Siz ham butsalaringizni mixga ilish haqida o'ylab ko'rmadingizmi?

- Istaysizmi yo'qmi, bir kun kelib baribir futbolchilikni tugatishga majbur bo'lasiz. Axir organizmni alday olmaysiz. Yosh o'tgan sari jismoniy jihatdan avvalgidek bo'la olmasaligingiz tabiiy. Lekin men hozircha murabbiylikka o'tishni o'ylaganim yo'q. Yaratgan quch-quvvat bermoqda. SHunday ekan futbol o'ynashda davom etaman. Qolaversa murabbiylar ham “Bo'ldi endi tugat. Futbol o'ynashga kuching etmayapti” deganidan keyingina butsalarimni mixga ilaman.

- Qanday fikrdasiz kelgusi mavsum uchun qaysi chiziqlarni kuchaytirish kerak?


- Murabbiylar bilan maslahatlashgan xolda, ayrim o'yinchilarni ko'z ostimizga olib qo'yganmiz. Agarda ularni tarkibga jalb eta olsak, maqsadga muvofiq bo'lardi. Lekin bizda biror-bir poziciyani kuchsiz deb ko'rsata olmayman. Iqtidorli yoshlar ko'p. Ularga imkoniyat berilsa, bemalol o'ynab keta oladi.

- Ushbu hafta jamoalar tatildan qaytadi. “Metallurg” yig'inga qachondan kirishadi?

- Yangi mavsumga tayyorgarlikni 15 dekabrdan boshlash rejalashtirilgan.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика