So’nggi yangiliklar

00:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. "Фламенго" - "Бавария" баҳсининг асосий таркиблари маълум қилинди  0 23:48Элдор Мойлиев: "Яккакурашларда ютқазсангиз, ҳеч қанақа тактика ёрдам бермайди"  0 23:33Михаил Еремчук: "Ғалаба учун аввало футболчиларга раҳмат"  2 23:30Суперлига. "Бухоро" ва "Бунёдкор"дан камбэк  1 23:14Иван Бошкович: "Ҳеч кимнинг бошини ёрмоқчи эмасман. Биз бундай ҳолатларга тайёр бўлиб боряпмиз"  3 22:56Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Интер Майами"га имконият қолдирмади  149 22:45Илёс Зейтуллаев: "Бундай ажойиб ҳиссиётларни фақатгина футбол бера олади. Носир Абдусаломовни ўтган йилдан бери кузатиб келаман"  2 22:15Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Шри-Ланкани 10:0 ҳисобида тор-морт этди. Нилуфар Қудратовадан "покер"  1 21:55Суперлига. "Бухоро" камбек амалга ошириб, "Шўртан"ни мағлуб этди   13 21:18Моуриньюга "Манчестер Сити" ҳимоячиси керак  0 20:56"Бунёдкор" суперкамбэк эвазига "Сўғдиёна"ни мағлуб этди  15 20:20Абраҳам "Рома"га қайтди  1 19:27Юрген Клопп: "Ғалати эшитилиши мумкин, энди мураббийлик қилишни истамайман"  4 18:49"Челси" янги стадион қурмоқчи  1 17:59"Барселона" де Йонг билан келишиб олди  0

Hikmat Hoshimov: Teng kurashlar ostida o'tgan uchrashuvda omad bizga kulib boqdi Yangiliklar

Hikmat Hoshimov: Teng kurashlar ostida o'tgan uchrashuvda omad bizga kulib boqdi

Oliy liganing 11-turidan o'rin olgan Metallurg - Andijon (3:1) uchrashuvida maydonda faol harakatlari bilan ajralib turgan o'yinchilardan biri bu - bekobodliklar sardori Hoshimov bo'ldi.
Butun o'yin davomida jamoadoshlariga kerakli ko'rsatmalarni berish bilan bir qatorda o'z vazifasini alo darajada bajrgan futbolchi jamoasining ikkinchi goliga assisentlik qildi. Uchrashuvdan so'ng Hikmat Hoshimovning fikrlari bilan qiziqdik.

- O'yin har ikki jamoa uchun ham oson kechmadi. Menimcha bunday issiqda o'ynash birdek tasir o'tkazdi. Biror bir jamoa yaqqol ustunlikka erishdi deb bo'lmaydi. Teng kurashlar ostida kechgan bahsda omad bizga kulib boqdi. Albatta g'alaba qozonganimizdan xursandman. Andijon ham yomon o'ynagani yo'q. Birinchi bo'limning o'zidayoq hisobni tenglashtirishdi. Ikkinchi bo'lim boshlarida esa Anvar Berdiev yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi. Yaxshi hamki darvozabonimiz qutqarib qoldi. Aks xolda uchrashuv umuman o'zgarib ketardi.

- Jamoada hamjihatlik va ishonch yuqoriligi sababli joriy mavsum yaxshi natijalarga erishmoqdamiz. Hamma bir-biri bilan ahil-inoq bo'lib ketgan. SHofyordan tortib oshpazgacha bir maqsad sari xarakat qilinmoqda.  Qolaversa tarkibdagi har bir futbolchi mashg'ulot chog'ida astoydil ishlamoqda - deydi Hikmat Hoshimov.

Andijon matbuot xizmati.
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика