So’nggi yangiliklar

02:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, мадридликлар ўйинни бир киши кам бўлиб тугатишди  13 01:10Февзи Давлетов: "Ўйинга тузган режамиз иш берди, аммо бироз реализация етишмади"  1 01:01Виталий Левченко: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак"  8 00:55Ҳаким Фузайлов: "Шундай юқори талаблар орқали ўзбек футболи тартибланиб боради"  1 00:10"Барселона" Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  2 23:37Вадим Абрамов: "Бу ташкилотнинг ички иши, ушбу ишларни сизлар муҳокама қилиш ва ёзишларингиз керак"  1 23:27Сергей Лушчан: "Биринчи бўлимда деярли юз фоизлик вазият бўлди, аммо..."  5 23:17Рўзиқул Бердиев: "Бундай ўйинларда кўп вазиятлар яратилмайди"  9 22:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" "Окленд Сити"ни "кўмиб қўйди". Германия чемпионлари Янги Зеландия жамоасига жавобсиз 10 та гол урди  29 22:33Жака итальян грандига ўтадими?  0 21:59Суперлига. "Насаф" Чераннинг пенальтидан урган голи эвазига "Навбаҳор"ни мағлуб этди  175 21:55Суперлига. "Динамо" "Хоразм" билан камбэк амалга ошириб, мағлубиятсиз сериясини давом эттирди  26 21:53Суперлига. Термиздаги баҳсда "Нефтчи" "Сурхон"ни мағлуб эта олмади  31 21:47"Наполи" "Ал Насср" юлдузига қизиқмоқда  0 21:12"Рома" Шомуродовни сотишга тайёр, унга даъвогар ҳам бор  40

Hikmat Hoshimov: Bazi murabbiylar iqtidorlarni o'ldirishyapti Yangiliklar

Hikmat Hoshimov: Bazi murabbiylar iqtidorlarni o'ldirishyapti

Futbol taraqqiyoti yo'lida olib borilayotgan islohotlar ko'lamini kengaytirish va ularning amalga oshirilishini tezlashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining futbol bilan shug'ullanishiga keng imkoniyat yaratish maqsadida poytaxtimizdagi CHig'atoy sport bazasida joylashgan Respublika futbol bo'yicha sport mahoratini oshirish Oliy maktabi qoshida Yosh futbolchilar guruhlari faoliyat yuritmoqda.

Unda mamlakatimizning turli viloyatlaridan kelgan 2000-2010 yillarda tavallud topgan 150 nafarga yaqin bolalardan iborat jami 9ta guruh faoliyati yo'lga qo'yilgan bo'lib, tajribali mutaxassislar, o'z vaqtida futbolchi sifatida yorqin iz qoldirgan Zayniddin Tojiev, Eldor Magdeev, Hikmat Hoshimov boshchiligidagi yosh murabbiylar millionlar o'yini sir-asrorlarini o'rgatishyapti.

Biz futbol maktabida bo'lib, o'zining «Metallurg»dagi o'yinlari bilan tanilgan, o'z vaqtida milliy termada to'p surish baxtiga muyassar bo'lgan Hikmat Hoshimovdan intervyu oldik.

- Yosh futbolchilar futbol sir-asrorlarini o'rganish jarayonida nazariy mashg'ulotlar bilan birga 2ta tabiiy va bitta suniy qoplamali maydonda amaliy mashqlar ham o'tkazishyapti, - deya so'z boshladi suhbatdoshimiz. - Mashg'ulotlar haftasiga uch-to'rt marta bo'lib, har haftaning oxirgi kunida guruhlar o'rtasida nazorat uchrashuvlari tashkil etyapmiz. SHuni alohida takidlash kerakki, bu guruhlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzand­lari futbol bilan bepul shug'ullanishmoqda. Katta guruhimizdagi futbolchilar Toshkent shahar chempionatida qatnashishmoqda.

- Futbolchilik faoliyatingiz yakunlanganidan so'ng boshqa sohada o'zingizni sinab ko'rish haqida o'ylamadingizmi?

- Bunga hojat yo'q edi. CHunki futbol o'ynab yurgan kezlarimdayoq murabbiy bo'lishni niyat qilib qo'ygandim. O'zimni boshqa sohada umuman ko'ra olmayman. SHu sababli ham «Metallurg»dagi 10 yildan oshiqroq, professional futboldagi 20 yillik faoliyatim yakunlanishi hamono murabbiylik kursida tahsil oldim. O'z navbatida, bolalar bilan ishlay boshladim. Yaqinda «CHig'atoy» sport bazasida O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan tashkil etilgan futbol maktabiga taklif qilishdi. Bu erda Zayniddin Tojiev, Eldor Magdeev, Sarvar Mustafoev kabi yosh murabbiylar safida ishlayapman.

- Bolalar bilan ishlash qiyin ekanmi?

- Oson ishning o'zi yo'q. Murakkab tomoni shundaki, bolalarning xarakteri har xil. Murabbiylikdan tashqari pedagog va psixolog ham bo'lishingiz keoak. Kimgadir yumshoqroq gapirish, ayrimlarga esa qattiqqo'l bo'lish lozim. Bazi bolalar bitta gapingizning o'zidan nima demoqchi bo'layotganingizni tushunib olishadi. SHu holatlarini hisobga olmasa, bolalar bilan ishlash juda qiziq. Ayni payt menga professional jamoalardan ko'ra bolalar futbolida ishlash maqul kelyapti.

- Murabbiylarga qanchalik qiyin ekanligini o'zingiz shu yo'nalishda ishlagach tushunib etyapsizmi?

- Futbol o'ynab yurgan kezlarimdayoq murabbiylarga oson emasligini bilardim. «Metallurg»dagi faoliyatimning so'nggi yillari maydonda shunday vazifani bajarardim. Yani bosh murabbiyning ko'rsatmalarini futbolchilarga etkazib turganman. Xullas, o'sha paytdanoq o'zimni murabbiylikka tayyorlab borganman.

- Hozirgi bolalarga havas ko'zi bilan qarayotgan bo'lsangiz kerak?

- Albatta. Nafaqat futbol, balki istalgan sport turi bilan shug'ullanish uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan. Faqat istak va ishtiyoq bo'lsa kifoya. Bizning paytda hozirgidek chiroyli butsalar bo'lmagan. Normativlarni loy va botqoqda topshirganmiz. Oyog'imizga cellofan bog'lab olardik. SHu jihatdan ham hozirgi yoshlarga havas bilan qarayman va har bir mashg'ulotimda sharoitlarning qadriga etib, o'z ustilarida astoydil ishlashlari kerakligini uqtiraman.

- Farzandlaringiz ham futbolni tanlashdimi?

- Ha. «Olmaning tagiga olma tushadi», deganlaridek, futbolga mehr qo'yishdi. Ularni bu borada qo'llab-quvvatladim. SHu futbol maktabiga kelishyapti. Yaxshi murabbiylar qo'l ostida shug'ullanishmoqda.

- Bolalar bilan ishlayotgan murabbiylarning hammasini malakali deyish mumkinmi?

- Yo'q, albatta. SHaxsan o'zim noto'g'ri o'rgatgan murabbiyni ko'rganman. Hattoki, unga qilayotgan ishi to'g'ri emasligini aytib, dakki ham berganman. Afsuski, bunday murabbiylar bor oramizda. Ular boladagi bor istedodni ham «o'ldirishadi». SHu sababli ota-onalar farzandlarini futbolga yoki istalgan boshqa sport turiga berayotganda murabbiy tanlovida adashib qolmasliklari kerak. SHuningdek, futbol maktabi rahbarlari ham murabbiylarga jiddiy talab qo'yishlari lozim.


"Interfutbol" gazetasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика