So’nggi yangiliklar

04:28Футзал. ЖЧ-2004. Турнир остонасида қоқилган Ўзбекистон ҳамда бразилиялик футболчилар билан финалга қадар етиб борган Европа мамлакати ҳақида ҳикоя қиламиз  0 01:36Сергей Лушчан: "12 кунлик йиғин давомида футболчилар қулдек меҳнат қилишди. Бундай футболчилар билан ишлаш шунчаки ажойиб"  6 00:39Иван Бошкович: "120 дақиқа курашиш икки жамоа учун ҳам осон бўлмади. Ушбу таркибга ишонганим сабаб кўп трансферларга қўл урмадик"  3 00:32Сардор Рашидов жиддий жароҳат сабаб бир неча ойга сафдан чиқди  12 00:04Александр Хомяков: "Ҳар қандай жамоа кутилмаган сюрприз тайёрлаб қўйиши мумкин"  4 23:54"Ланс" назорат ўйинида "Версал"ни мағлуб қилди. Абдуқодир Ҳусанов бир тайм ўйнади  0 23:40Ўзбекистон Кубоги 1/4 финал. "Сўғдиёна" - "Навбаҳор" 2:3, Сайфиев сўнги дақиқада майдондан четлатилди  3 23:32Жамшид Саидов кубокдаги йирик мағлубиятдан сўнг: "Асосий мақсадимиз чемпионат ўйинларига қаратилган"  7 23:15Тимур Кападзе Париждаги ташкилотчилик ҳақидаги гаплари нотўғри талқин қилинаётганини айтди  23 22:50Ўзбекистон Кубоги. Жиззахдаги йил ўйинида "Навбаҳор" "Сўғдиёна"ни ютди ва ярим финалга чиқди  102 22:20Ўзбекистон кубоги. "Қизилқум" – "Андижон" 0:3. Highlights  1 22:00"Андижон" "Қизилқум" устидан йирик ғалаба қозониб, Ўзбекистон кубоги ярим финалига йўл олди!  24 21:35Ўзбекистонлик футболчи ўртоқлик ўйинида "Атлетико Мадрид" дарвозасига гол урди  7 21:10"Ал Насср" "Манчестер Юнайтед" вингерини сотиб олишни жиддий мақсад қилди  2 20:47УЕФА Родри ва Моратани жазолади!  1

"Hayot faqat futboldan iborat emas" Yangiliklar

"Hayot faqat futboldan iborat emas"

Barchasi Antonio Di Natale haqida.

O'ttizdan oshib o'yini ochilgan, "Udineze"ning mangu ramzi, bombardir... Bu kabi tariflarni hali uzoq davom ettirish mumkin. Antonio Di Natale kareracida ko'plab yorqin va esda qolarli voqealar yuz bergan. Lekin italiyalikni yaqindan bilish uchun uning etti hislatini ochib beruvchi etti voqea haqida aytib bergan maqul.


Ishonch

"Faoliyatimdagi eng xayajonli daqiqalar birinchi marta "skuadra adzurra"ga chaqiruv olganimda bo'lgandi. Koverchanodagi bazaga kirish, bolaligimdan o'yinlarini televizor orqali tomosha qilgan futbolchilarning rasmini yaqindan ko'rish…  Milliy termaga chaqiruv olish: men orzuimga etganimning isboti edi", — deydi Antonio Di Natale

Besh yil davomida, 2002 yil noyabr oyidan 2007 yil sentyabriga qadar, forvard terma safida 12 uchrashuvda maydonga tushdi va 3 ta gol urishga muvafyfaq bo'ldi. Muammo shundaki, u ishtirok etgan deyarli barcha o'yin o'rtoqlik maqomidagi o'yinlarga to'g'ri kelgan va u keyinchalik Italiya zafar quchgan JCH-2006 uchun yakuniy qaydnomaga kiritilmadi. Lekin Roberto Donadoni kelgach, "Udineze" forvardi nihoyat "skuadra adzurra"ning muhim azosiga aylandi.

Di Natale uchun Evropa CHempionati-2008 saralash bosqichining eng muhim pallasi 2007 yil sentyabr oyida Kievda Ukrainaga qarshi bellashuv bo'ldi. Di Natale milliy terma jamoa libosidagi dastlabki gollarini urishga erishdi va jamoasiga muhim g'alabani keltirdi (2:1). SHu vaqtning o'zida Neapolda shifokorlar uning onasi Jovanni hayoti uchun kurashayotgandi. Ammo, afsus, harakatlar foyda bermadi.

"Onam men uchun juda qadrli va muhim edilar. Aynan ular menga inson doim o'ziga ishonishi kerakligini bot-bot takrorlardilar. Va bugun men qolgan barchaga shuni takidlamoqchiman: taslim bo'lmang! Men 14 yoshimda uyimni tark etdim. O'shanda meni "Empoli" maktabiga taklif qilishgan va aynan oyim qarorimni qo'llab-quvvatlagan, o'z kuchimga ishonishimga sababchi bo'lganlar, — yodga oladi Antonio.

Qo'rquv

"Hayotda faqatgina ikki narsa tufayli afsuslanaman: Evro-2008da Ispaniyaga qarshi uchrashuvdan keyingi penaltilar seriyasidagi noaniq zarba va chamamda, hech qachon ona shahrim jamoasi – "Napoli" tarkibida o'ynamasligim, – deb tan olgandi Di Natale.

Antonio yoshligidan qachondir "Napoli"ning moviyrang futbolkasini kiyib, maydonga tushaman degan orzu bilan katta bo'ldi. Ammo klub murabbiylari bo'yi nisbatan pastroq, ozg'in yigitning kelajagi porloq bo'lishiga ishonishmadi. 14 yoshigacha, "Empoli"ga yo'l olgunga qadar, Di Natale tengdoshlari bilan mahallada to'p tepib, dam olish kunlari esa otasiga qurilishda yordam berardi. SHunday bo'lsa ham eng yorqin xotiralar aynan neapoli klubi bilan aloqador: "Men Pomilyanoda tug'ilganman va akam bilan "San-Paolo" stadioniga borardim. O'shanda men o'zimning kelajakda professional futbolchi bo'lishim haqida orzu qilardim. "Napoli" tarkibida Maradonaning o'yinlari... Buning barchasini unutib bo'lmaydi!".

Di Natale bolalikdagi orzusi 39 yoshni qarshilayotganda amalga oshishini tasavvur ham qilmagan bo'lsa ajab emas. 2016 yil oktyabr oyida Arkadiush Milik jiddiy jarohat oladi, Dris Mertens esa hali markaziy forvard sifatida ochilib ulgurmagandi. Mish-mishlarga qaraganda "Napoli" erkin agent - Di Nataleni ko'z ostiga olib qo'ygan edi. Ammo hujumchi bu boradagi savollarga javob berishdan qochar va har safar Neapolda shu siz ham mahoratli futbolchilar etarli ekanligini takidlardi. Va oradan yarim yil vaqt o'tgandan so'nggina, barchasini ochiqchasiga gapirdi: "Men neapollikman va "Napoli"ni yaxshi ko'raman. Ammo bu jamoa libosida maydonga tushish juda katta masuliyat demakdir. To'g'risi, men buni uddalay olmasamchi, o'sha darajada futbol o'ynay olmasamchi deb ikkilandim".

Betakror


O'zining eng sermaxsul mavsumini Di Natale “bor yo'g'i” 32 yoshida o'tkazdi, o'sha mavsum u 29 ta gol urdi va A Seriyaning eng yaxshi to'purari nomiga sazovor bo'ldi. Keyingi ikki mavsum ham u o'sha darajani ushlab tura oldi: 28 va 29 tadan. Bunda bosh murabbiy Paskual Marinoning xissasi ham katta. Aynan u Antonioni qanotdan, markaziy hujumchi roliga o'tkazdi. “Yangi poziciyaga va raqib darvozasiga yaqinroq o'ynashga ko'nikishim uchun ancha vaqt zarur bo'ldi. Balki bu men oldinlari kuchim etganichalik katta ko'lamdagi ishni bajara olmay qolganim bilan bog'liqdir. Butun jamoa meni qo'llab turganda, murabbiy menga ishonch bildirib turgan joyida men shunchaki raqib darvozasi oldida nisbatan xotirjam harakat qila boshladim”, — fikrlari bilan o'rtoqlashardi Di Natale.

Taqqoslash uchun: o'zining eng sermaxsul mavsumlarini Lionel Messi 24 va 25 yoshida o'tkazgan; Krishtianu Ronaldu esa 25 va 28 yoshligida; Di Natale – aytganimizdek 32 va 34 yoshida. 2009 yildan to 2014 yilgacha (o'shanda italiyalik 36 yosh edi) hujumchi milliy chempionat bahslarida 120 ta gol urishga erishdi. Faqatgina Messi va Ronaldu o'sha davrda Di Nataledan yaxshiroq ko'rsatgichga ega xolos. 30 yoshdan keyingi davrni olsak, Antonio A Seriya da Pippo Indzagi, Ernan Krespo va Kristian Vieri butun faoliyati davomida urganidan ko'proq gol urishga erishdi. (Olaa, lekin bu fakt!)

Sadoqat

"Skudetto" – chiroyli so'z, ha. Lekin, aytaylik, men “Inter”ga o'tdim. Zaxirada mazza qilib o'tirib, jamoam Italiya chempionati g'olibligini qo'lga kiritayotganini “birinchi qatordan” kuzatishim mumkin edi. “Udineze”da esa men shaxzodaman! Nahot, bu yomonroq bo'lsa?” — Di Natale doim o'zi uchun nima yaxshiroqligini bilgan. Ikkinchi bo'lish, ko'pchilikning bittasi bo'lish u intilgan marra emasdi. Italiyaning qator top-klublari bir necha bor futbolchini “avrashga” harakat qilib ko'rganlar, biroq u qarorida qatiy turdi. 2010 yil “Yuventus”ga rad javobi berganidan so'ng, futbolchi manziliga “iliq” so'zlar yog'ila boshladi: “U shunchaki top-klubda sharmanda bo'lishdan qo'rqmoqda!” Bunga Di Natale qisqa javob berdi: “Ha, men o'limdan qo'rqaman. Ammo futboldan emas”. 2014 yil iyul oyida Marchello Lippi 36 yoshli Antonioni Xitoyning “Guanchjou”siga taklif qiladi. Osiyo jamoasi rahbarlari forvardga yiliga 10 mln evro vada qilishdi. SHunda ham futbolchi “Udineze”da qoldi va italiyaliklardan 20 minglik oyligini yana 5 mingga ko'tarishni so'raydi xolos.


Insoniylik

2012 yil aprel oyida V Seriya doirasida “Livorno” va “Peskara” o'rtasidagi uchrashuv vaqtida mezbonlar yarim himoyachisi Permario Morozini erga yiqildi va hushidan ketdi. 25 yoshli futbolchi yuragi to'xtagani tufayli, shifoxonaga etib bormay hayotdan ko'z yumadi. “Men barchasini televizordan ko'rar ekanman, barchasi ancha jiddiy ekanini darrov tushunib etdim. Bu juda yomon holat edi. Permario doimo xushchaqchaq, hayotdan xursand yigit edi. Muammolarga qaramay, u har kuni barchamizning kayfiyatimiz ko'tarilishiga sababchi bo'lardi”, — xotirlaydi Di Natale.

Morozini taqdiri shunchaki ayanchli emas, haqiqiy daxshatning o'zginasi edi va u o'lim bilan yakun topdi. 15 yoshidayoq u onasidan ayriladi, oradan ikki yilgina o'tib bu olamni uning otasi ham tark etadi. Yana bir yil o'tdi... Navbat o'zi shundoq ham nogiron bo'lib tug'ilgan akasiga etgandi. U taqdir sinovlariga ortiq chidolmay, o'zini oynadan tashlaydi. Ruhiy kasalliklar shifoxonasida futbolchining Mariya ismli opasi ham bor edi.

Taqdirning qaqshatqich zarbaliga qaramay, Permario doim kulib yurardi va jamoaning eng xazilkash vakili edi. Uning vafotidan so'ng, Di Natale uning opasiga yordam berishga sheriklarini ham undaydi: “Biz Mariya bilan bog'liq vaziyatni bilamiz va jamoa sifatida unga yordam berishga qaror qildik. U bunga muhtoj. Bu nafaqat uning o'zi, balki Permario uchun ham muhim”.


Muhabbat

“Empoli”dagi davrni o'zgacha bir entikish bilan xotirlayman. Aynan shu erda katta futbol tamini tushunib etdim va bo'lg'usi turmush o'rtog'im Ileniyani uchratdim. U mening borlig'im: sodda, mehribon, aqlli. Bilmadim, balki ayollar, boshqalar uchun chiroyli, qomati go'zal ayollar ko'pdir, lekin men undan boshqasiga uylanishimni tasavvur qila olmayman”, — takidlaydi futbolchi. U butun faoliyatini oilasi, yaqinlari qulayligi va baxtli hayot kechirishini birinchi o'ringa qo'yib, tuzdi desak mubolag'a bo'lmaydi. SHu sabab Di Natale ayoli, farzandlari yoqtirib qolgan Udineda 12 yilni o'tkazdi: “Friulida men o'z uyimni topdim. Men doim Neapolni sog'inib, neapollik bo'lganimdan faxrlanib yashayman. Ammo Udine mening ikkinchi uyimga aylana oldi. Meni bu erda barchasi qanoatlantiradi va meni yaxshi ko'rishlarini xis qildim.

Bu juda kuchli va har ikki tomonlama muhabbat edi. Di Natale “Udineze” timsoliga aylandi — xuddi Maldini “Milan”da, “Roma”da esa Totti bo'lgani kabi. Antonio ilk bor faoliyatini yakunlash haqida jiddiy o'ylay boshlaganda, 2014 yil yanvar oyi edi va u shunday dedi: “Bu juda og'ir. Buni so'z bilan tariflab bo'lmaydi. CHunki men “Udineze” safida, xotinim bilan ujin qilgandan ko'ra, ko'proq gol urganman.

O'zining xayrlashuv uchrashuvini Di Natale o'sha gapdan so'ng, ikki yil o'tib —2016 yil may oyida o'tkazdi. Penaltidan urgan goli “zebralar”ni “Karpi”ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan qutqara olmadi, lekin o'sha kuni natija ikkinchi darajaga tushib qolgandi.

“O'ylaymanki, 12 yil davomida biz ajoyib “sayohat” qildik. Jamoadoshlarim va shu yo'l davomida men bilan elkama-elka turgan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Kechagi kungacha men xotirjam edim. Ammo kiyinish xonasiga (so'nggi bor) kirganimda yosh bolalarcha yig'lab yubordim. O'sha 12 yil davomida bo'lgan turli voqealar ko'z oldimdan birma-bir o'tdi”, — extirosini yashirib o'tirmadi Antonio.


Baxt

Antonio Di Natale doimo romantik bo'lib qolgan. U doimo oila azolari qulayligini, ular baxti, quvonchini qator sovrinlar, millionlar vada qilingan shartnomalardan ustun qo'ygan. Bosib o'tgan yo'liga nazar solar ekan, futbolchi hech nimadan afsuslanmasa ham bo'laveradi: “SHunchaki odam emas, inson bo'la oldim deb o'ylayman. Yoshligimda uchta orzuim bor edi: A Seriya to'p tepish, Italiya terma jamoasi safida maydonga tushish va CHempionlar Ligasida qatnashish. Bularning bari amalga oshdi. Mashhurlikning menga qizig'i ham, keragi ham yo'q. Men faqat futbol bilan yashamayman. Ha, u hayotimning bir bo'lagi, ammo hayot faqat ushbu o'yindan iborat emas. Nima qilsam ham, men uchun eng asosiysi o'zligimni yo'qotmaslik: oddiy yigit, xazil qilishni yaxshi ko'raman, barcha bilan birdek muomala qilishga harakat qilaman, odam ajratishni, odam ajratganlarni yoqtirmayman va har doim barchasini nimadan boshlaganimni yodda tutaman”.

Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика