So’nggi yangiliklar

14:29Расман: "Реал" Анчелотти кетаётганини эълон қилди  3 14:17Ўзбекистонлик ҳакам аёллар футболи бўйича ОЧЛ финалида ишлайди  0 13:59Саудия Арабистони клуби Осимхен билан музокаралар олиб бормоқда  0 13:32"Интер" МЮ ҳужумчисини харид қилмоқчи  2 13:03"Манчестер Юнайтед"нинг ёзги трансфер бюджети қисқартирилди  7 12:36Рафинья: "Умид қиламанки, мухлисларни хурсанд қилишда давом этаман"  8 12:08Артета "Арсенал"нинг амбициялари ҳақида гапирди  1 11:40Руд ван Нистелрой "Лестер"ни тарк этади  0 11:14CAFA U17 Championship 2025 мусобақасига қуръа ташланди. Ўзбекистон Эрон билан бир гуруҳда  6 10:56Эрик тен Хаг катта футболга қайтишга яқин  3 10:30Раулга Европанинг учта жамоасидан таклиф бор  4 10:02“Арсенал“ ҳужумчисига Саудия жамоаси таклиф билан чиқди  4 09:51Денис Коростиченко: "Ўзбекистон U-16 терма жамоасига ёрдамим керак бўлган барча жабҳада кўмаклашишга тайёрман. "Локомотив" - "Олимпик" ўйинида ...га мухлислик қилдим"  1 09:34Финалдаги мағлубиятдан сўнг МЮ тўрт нафар футболчи билан хайрлашишга тайёр  21 09:06Вардига Ла Лигадан таклиф бор  0

Hayot davom etadi, "Lokomotiv" bor etiborini keyingi o'yinlarga qaratadi Yangiliklar

Hayot davom etadi, "Lokomotiv" bor etiborini keyingi o'yinlarga qaratadi

Kecha bo'lib o'tgan "Lokomotiv" - "Al Ayn" o'yinidan so'ng "temiryo'chilar" bu yilgi Osiyo chempionlar ligasini tark etishdi.

Safarda bu jamoa bilan 0:0 hisobini qayd etib qaytgan "Loko" Toshkentda kechgan bahsda 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi.

Albatta, ushbu natijadan so'ng ko'pchilikning ko'ngli xira bo'lgani bor gap, ammo nima ham derdik, bu - futbol va bunda g'alabalar qatori mag'lubiyat ham bo'lib turadi. Eng muhimi shuki, "Lokomotiv" boshini tik ko'targan holda musobaqa bilan xayrlashdi.

"Loko" o'zi ishtirok etgan barcha o'yinlarda xarakter ko'rsata oldi. Buning uchun futbolchilar va murabbiylar shtabiga rahmat aytsak arziydi. Lekin kechagi bellashuvda yo'l qo'yilgan bazi bir xatolar tufayli jamoa mag'lub bo'ldi.

SHunga qaramay, klub o'z tarixida yangi sahifa ochdi. "Lokomotiv" o'z tarixida birinchi bor Osiyo chempionlar ligasida guruhdan chiqdi, hatto chorak finalga qadar etib keldi. Bunaqasi klub tarixida birinchi bor ro'y berdi. Qolaversa, bu yilgi OCHLda eng uzoq mag'lubiyatsiz seriyani davom ettirgan jamoa ham aynan "Lokomotiv" bo'ldi.

"Temiryo'lchilar" musobaqada 10ta o'yin o'tkazib, shundan 9tasida mag'lub bo'lishmadi (uchta g'alaba, oltita durang). Ammo birgina mag'lubiyat "Lokomotiv"ni musobaqani tark etishiga olib keldi. "Lokomotiv" bu yil OCHL guruhidan chiqqan yagona o'zbek klubi bo'ldi va bu ham Osiyo etiboriga tushdi. Mana shu natija tufayli barchaga rahmat aytsak arziydi.

Hayot esa davom etadi va klubimiz bor etiborini navbatdagi o'yinlarga qaratadi. Hali oldinda "lokochilar"ni milliy chempionat va O'zbekiston Kubogi bahslari kutmoqda. Bo'lajak bellashuvlarda jamoamizga omad yor bo'lishini tilab qolamiz. "Lokomotiv" o'zining keyingi uchrashuvini oliy liga doirasida 17 sentyabr kuni safarda "Olmaliq"qa qarshi o'tkazadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика