So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Haydarov: "Xorazm"ga gol urish oson emas" Yangiliklar

Haydarov: "Xorazm"ga gol urish oson emas"

Pro-liganing 18-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Xorazm" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Qo’qon-1912

Egor Kondratyuk - 35'

Pro liga. 18-tur

27/08/2024, 18:00

0
:
1
Tugadi

Xorazm

45'
90'
35'  Egor Kondratyuk

O'yin haqida

- Avvalo g'alaba bilan klubimiz rahbariyati, jamoamiz azolari va muxlislarni tabriklayman. Ko'rdinglar, og'ir o'yin o'tkazdik. "Xorazm" jamoasiga gol urish oson bo'lmayapti. Jamoa birinchi davradagidan ko'ra hozir anchayin o'sgan. O'sha "Buxoro" bilan o'yinda ham bu jamoa 1 kishi kam o'ynaganiga qaramasdan deyarli so'nggi daqiqalarga qadar durang hisobni ushlab turgandi. SHu bois bizga ham bugun oson bo'lmadi.

- Ismoilov va Zokirjonovlar tarkibda ko'rinmayotganiga sabab nima?

- Doniyor Ismoilovda jarohat bor. Ayni damda unga tiklanib olish uchun vaqt kerak. Zokirjonov ruhan tayyor emas, o'yinlar mobaynida tayyorlab boramiz. Undan umidimiz katta.

- Sunnatillo Poyonov hujumda ham, himoyada ham faollik namoyish etmoqda. SHu haqida fikringiz?

- Poyonovni qanot himoyasida o'ynatish uchun olgandik. Biroq, u davralar oralig'ida tashkil etilgan o'rtoqlik o'yinlarida o'zini har tomonlama ko'rsatdi. Universal futbolchi, vaziyatga qarab Poyonovni hujumda va himoyada sinab ko'rayapmiz.


Pro liga. "Buxoro" iroda ko'rsatdi, "Qo'qon-1912" minimal hisobda g'alaba qozondi

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика