Havaskorlar o'rtasida mini-futbol musobaqasi bo'lib o'tadi
29 apr 2016 15:18
Yangiliklar
Havaskorlar o'rtasida mini-futbol musobaqasi bo'lib o'tadi
Mamlakatimizda futbolni rivojlantirish va uning ommaviyligini oshirish bo'yicha bir qator ishlar olib borilmoqda.
SHu munosabat bilan 30 aprel va 1 may kuni Toshkent shahrida havaskorlar o'rtasida "Sog'lom ona, sog'lom bola" yiliga bag'ishlangan o'rtoqlik mini-futbol musobaqasi bo'lib o'tadi.
Musobaqada 8ta havaskor jamoa ikki guruhga bo'lingan holda kurash olib boradi.
"A" guruhi: "Favorit", "Do'stlik" (Qo'qon), "Pop tumani" (Namangan), "Sebzor"
"B" guruhi: "Yoshlar", "Bunyodkor-Fan", "Top Mix", "CHorsu"
Guruhlarda dastlabki ikki o'rinni olgan jamoalar yarim finalda ishtirok etishadi. Uchrashuvlar 30 aprel va 1 may kunlari CHilonzor Oq-tepadagi bolalar futbol maydonida bo'lib o'tadi.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar