So’nggi yangiliklar

15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  1 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  3 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  5 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  5 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  18

Hassan Al Haydos: “Qatar har qanday bosimga tayyor” Yangiliklar

Hassan Al Haydos: “Qatar har qanday bosimga tayyor”

Qatar terma jamoasi sardori Hasan Al Haydos Jahon chempionati saralash bahslari startidan oldin terma jamoa har qanday bosimga tayyorligini aytib o'tdi.

Jahon chempionati saralash 3-bosqichi bahslari boshlanishiga sanoqli kunlar qolganda Qatar terma jamoasi sardori Hasan Al Haydos terma jamoasining imkoniyatlari bu safar har qachongidan yuqori ekanligini aytib o'tdi. O'zbekiston milliy terma jamoasining saralash bosqichidagi raqibi - Qatar terma jamoasi sardori FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida uning jamoasi bu yilgi saralash kampaniyasida muvaffaqiyatli ishtirok etishiga ishonishini takidladi va bu jamoa avvalgilarga qaraganda ancha kuchli ekanini aytdi. “Bu safar men muhim o'yinlar oldidan ancha optimistik kayfiyatdaman. Jahon chempionatida ishtirok etish orzusi yo'lida bir necha yilladan beri qattiq mehnat qildik va bu safar bu maqsadga erishishimizga umid qilaman”, - deydi Al Haydos.

Eronga qarshi o'yinlardagi statistika


Hasan Al Haydos sardorligidagi Qatar terma jamoasi saralashning “A” guruhida Janubiya Koreya, Eron, O'zbekiston, Xitoy hamda Suriya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Ularning Jahon chempionati sari yurishi esa, 1 sentyabr kuni Tehrondagi "Ozodiy" stadionida Eronga qarshi o'yin bilan boshlanadi. Malumot o'rnida, mazkur o'yin ikkala terma jamoa uchun o'zaro to'qqizinchi rasmiy o'yin hisoblanadi. SHularning atigi bittasida Qatar raqibini mag'lub eta olgan bo'lsa, qolgan o'yinlarning 3tasida durang, 4tasida esa Eron g'alaba qozongan. Mazkur raqamlar Eron qatarliklar uchun qay darajada noqulay va qiyin raqib ekanini anglatmoqda. Etiborlisi, o'zaro o'yinlarning so'nggi uchtasida Hasan Al Haydos Qatar tarkibida Eronga qarshi harakat qilgan va bu o'yinlar avvalgi saralash kampaniyasiga to'g'ri keladi.

Bugun esa, ushbu jamoalarning o'zaro navbatdagi o'yinidan oldin Qatar terma jamoasi sardori Eronga qarshi o'yinda jamoa jiddiy start olishi kerakligini takidladi. “Turnirni yaxshi boshlash doimo muhim. Ochilish o'yinida bundan qiyin raqib va bundan qiyin o'yin bo'lmasligini aytgan bo'lar edim. Eronga qarshi o'ynash doimo qiyin. Qolaversa safarda, o'z uyingdan uzoqda va muxlislarning olqishlarisiz o'ynash. Ammo, o'ylashimcha, biz bu safargi chaqiruvga tayyormiz. Biz, Xose Karreno bosh murabbiyligida ancha ter to'kdik va mashaqqatli yo'lni bosib o'tdik. Bu safar Eronga qarshi o'z so'zimizni ayta olamiz”.

Qitada etakchiga aylanib borayotgan Qatar


Qatar terma jamoasining bu safargi ishtirokiga, bu safargi kampaniya avvalgilariga nisbatan muvaffaqiyatli bo'lishiga ishonish uchun sabablar etarli. Qatar 2022 yilgi Jahon chempionati mezbonligini qo'lga kiritgandan so'ng, mazkur mamlakatda futbolga bo'lgan etibor jiddiy ravishda o'zgardi. Futbol infratuzilmasi bo'yicha Qatar qitada etakchilardan biriga aylandi. Klublar va stadionlar borasida ham shunday deyish mumkin. Terma jamoani esa, ayni paytda ispaniyalik mutaxassis Xose Karreno boshqarmoqda.

“Bizga bo'layotgan bosimni his qilib turibmiz. Muxlislarimiz bizning Jahon chempionatiga chiqishimizni xohlamoqdalar. Bu ham o'ziga hos bir bosim. Biz esa, o'z navbatida har qanday bosimga tayyormiz va uni engib o'tishga harakat qilamiz”, - deydi Al Haydos.

SHuningdek, Qatar terma jamoasi sardori, terma jamoa azolari so'nggi yillarda ham jismoniy,  ham texnik tomondan biroz o'sishga erishganini takidladi. “Bizning maqsadimiz jiddiy va buni har birimiz his qilmoqdamiz. Mavsum boshida biz jismoniy holatimizni yaxshilab oldik. O'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvlari shuni ko'rsatdiki, futbolchilar jismoniy va texnik jihatdan shakllanib ulgurgan. Biz juda ko'p kuch sarfladik va qilgan mehnatimiz samarasini navbatdagi o'yinlarda ko'rishni istaymiz”.

Terma jamoadagi sardorlik masuliyati haqida


Ilk bor 25 yoshida terma jamoasini sardor sifatida maydonga boshlab tushgan futbolchi, bu roldagi bir necha yillik professional faoliyatidan so'ng bugungi kunda o'zini ancha erkin his qilmoqda. “Bu har bir futbolchi uchun katta masuliyat. Umid qilamanki, men ham o'tmishdagi ajoyib futbolchilar Muhammad Al Enazi va Muborak Mustafo kabi futbolchilarning ajoyib faoliyatini takrorlayman”.

“Biz saralash turnirini yuqori saviyada o'tkazishga harakat qilamiz. Muxlislar ham stadionda doim bizni qo'llab turishlariga ishonaman. Ammo, barchasi maydonda hal bo'ladi. Umid qilamanki, uzoq bosib o'tilgan yo'l bizni Rossiyadagi Jahon chempionatiga olib boradi”, - deydi Hasan Al Haydos.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика