So’nggi yangiliklar

02:49Қозоғистон термаси матбуот котиби: "Ўзбекистонга кўчиб кетаман"  7 02:34Одил Ҳамробеков: "Бу билан тўхтаб қолишни истамаймиз"  3 02:16Равшан Эрматов: "Бу ғалаба ўз-ўзидан келиб қолмади"  6 01:55Миллатлар лигаси. 9та гол урилган ўйинда Испания Францияни қийинчилик билан мағлуб қилди ва финалга йўл олди   44 01:41Осиёда яна катта байрам: Иордания ўз тарихида илк бор ЖЧда иштирок этади  9 01:21ЖЧ-2026 саралаши. Бизнинг гуруҳдаги барча масала ҳал бўлди  15 01:13Тимур Кападзе: "Бу ғалаба ҳаммамизники"  12 00:59Сречко Катанец: “Мен жуда қисқа гапираман…”   33 00:46Аббосбек Файзуллаев: "Ҳиссиётларни тасвирлаб бера олмайман"  11 00:35Ўткир Юсупов: "Бугун ота-онамнинг дуосини олиб, дарвозам даҳлсизлигини сақлаб қолишни ният қилиб тушгандим"  14 00:13Жанни Инфантино Ўзбекистонни жаҳон чемпионати йўлланмаси билан табриклади  25 23:52Тимур Кападзе: "Биринчи навбатда муҳтарам Президентимиз ва халқимизни ғалаба билан табриклайман"  43 23:45ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистонининг тақдири сўнгги турга қолди  7 23:30Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев футболчиларни табриклади  41 22:4534 йиллик орзу ушалди! Ўзбекистон ЖЧда!  622

Hasanboy Do'stmatov: "Bo'sh vaqt topildi deguncha futbol o'ynayman" Yangiliklar

Hasanboy Do'stmatov: "Bo'sh vaqt topildi deguncha futbol o'ynayman"

2016 yilning 14 avgust oqshomida millionlab yurtdoshlarimiz, sport ixlosmandlarining qalbi quvonchu shodlikka to'ldi.

SHu kuni Olimpiya o'yinlarining boks bo'yicha vazni 49 kilogrammgacha bo'lgan bokschilar bellashuvida qatnashgan o'zbek o'g'loni Hasanboy Do'stmatov oltin medalga sazovor bo'lib, dunyoda tengsiz ekanini isbotladi.  Erudit SPORT nashri “Eksklyuziv intervyu” loyihasining navbatdagi sonida yuqori tezlik va texnika sohibi bilan suhbatlashdi.

 – Hasanboy, malumotlarga qaraganda, charm qo'lqop kiyishingizdan avval o'zingizni karate hamda kikboksingda ham sinab ko'rgansiz. Nega aynan boks tanlovida to'xtagansiz?


– Bilasizmi, karate to'garagiga borganimda besh yoshda edim. Keyinroq kikboksing mashg'ulotlariga qatnab yurdim. O'n ikki yoshga kirganimda onam Andijon olimpiya zaxiralari kollejiga olib bordilar. Boshida “vazning kam”, deyishdi. O'shanda hozir ham menga murabbiylik qilayotgan ustozim Ziyodinbek Tuyg'onboev imkoniyat bergan. Sinov jangida ringga chiqqanman. Harakatlarim maqul keldi. O'zim ham boksga mehr qo'ydim.

– Suhbat “o'zanini” Olimpiya o'yinlariga burib yuborsak, qarshilik ko'rsatmasangiz kerak?


– Yo'q, albatta.

– Adashmasam, Riodagi ilk raqibingiz Xoselito Velaskesni Butunjahon boks seriyasi tasnifidagi turnirda ham (u “Meksikalik jangchilar” jamoasi azosi, muallif) mag'lubiyatga uchratgansiz.  


– Barcha bokschining noqulay raqibi bo'ladi. Men uchun Xoselito raqiblar orasida eng kuchlisi. SHuning uchun unga qarshi jang Butunjahon boks seriyasi turniridagi eng qiyin bahslardan biriga aylangan. Olimpiada qurasidan keyin ilk jangni meksikalik bokschiga qarshi o'tkazadigan bo'ldim. Biroq menda imkoniyat ko'proqligini ich-ichimdan his qilardim. Yigirma ikki bokschining taxminan o'n etti-o'n sakkiztasi bilan avval ham uchrashganim bois kimning qanday imkoniyatga egaligini yaxshi bilardim. Boshqa tomondan, Butunjahon boks seriyasida dunyoning bir qator kuchli yarim professionallari ishtirok etgani uchun qimmatli tajriba orttirgandim.

– Finaldagi g'alabangizni o'ziga xos tarzda nishonladingiz, yani Messi uslubida…


– Ha, jangdan oldin yaqinlarimga “G'alaba qozongan taqdirimda Messi uslubida nishonlayman”, deb aytgandim (tabassum qiladi).

– Quvonchlisi, Olimpiadaning “Eng tezkor va texnikasi yuqori bokschisi”ga topshiriluvchi “Vel Barker” kubogining sohibiga aylandingiz. Mazkur trofey 1936 yilda tashkil etilgan bo'lib, ilk mukofot egasi 49 kg. vazn toifasidagi bokschi edi. Oradan sakson yil o'tib, bu sovrin Sizga nasib etdi.


– To'g'risini aytaman, umuman kutilmaganda yuz berdi. Syupriz bo'ldi. Janglarni tomosha qilib o'tirganimda chaqirishdi. Borsam, “SHu erda bo'lib tur, kubok topshirishadi”, deyishdi.

– Agar Sizdan revansh olish niyatidagi bokschilar ro'yxati tuzilsa, bir musobaqa tashkil etishga etadi ular. Ayting-chi, Siz qaysi hamkasbingizdan revansh jangida ringga chiqishni xohlardingiz?

– Irlandiyalik bokschi bor (Barns Peddini nazarda tutmoqda, muallif). Olimpiya o'yinlariga licenziyani qo'lga kiritish uchun ikkimiz ikki guruhda janglarni o'tkazganmiz. Har ikkimiz ham yutganmiz. Reyting balli hisobiga unga Olimpiada yo'llanmasini berib yuborishgan. SHu alam qilgan. Rioda o'sha bokschi bilan ringga ko'tarilsam rozi edim, degandim. Yana rus boksyori Vasiliy Egorov musobaqa oldidan “Do'stmatovni kuchli raqiblar qatoriga kiritmayman”, deb intervyu bergandi. Bu bokschi bilan ham ro'para kelsam, deb o'ylaganman.

– Boksdan tashqari yana nimalarga qiziqasiz?


– Bo'sh vaqt topildi deguncha futbol o'ynayman. Ayniqsa, videoo'yinda. Qolaversa, har kuni bir mahal boks, bir mahal futbol bilan mashg'ul bo'lamiz.

– Sizdan qanday futbolchi chiqardi, nima deb o'ylaysiz?


– Hozirgi vaznim bo'lsa, futbolchi chiqmasligi aniq. Do'stlar davrasida yomon o'ynamayman. Bu do'stlarimning fikri, albatta.

– Mashhur bokschilar haqida filmlar suratga olinadi. Siz haqingizda ham kartina yaratilsa, bosh rolni o'zingiz ijro etarmidingiz?


– Albatta, faqat charm qo'lqopimni “mixga ilganimdan” keyin. Yagona shart shu.

– CHempionligingizdan keyin “Hasanboy professional boksga o'tdi”, degan xabarlar tarqaldi. Aslida bungacha ham shartnomalar taklif etishgan. O'zingiz qachon professional boksda kuchingizni sinab ko'rasiz?

– SHu paytgacha ikki-uch professional shartnomalar bo'lgan. Biroq rad etganman. Maqsadim – Tokio Olimpiadasida ham ishtirok etish.

– Omad yor bo'lsin!

Qisqa savol-javob:

 - Eng ko'p ishlatadigan so'zingiz?

- Xo'p bo'ladi.

- Raqsga tushishni yoqtirasizmi?

- Yo'q. Raqsga tusholmayman. Faqat boksga tushaman (kuladi)

- Ko'proq tinglaysizmi yoki gapirasiz?

- Ko'p gapirsam kerak.

- Tanlovingiz: muhabbat yoki do'stlik?


- Hozir do'stlik, uylangandan keyin muhabbat…

Ulug'bek RAHMONQULOV suhbatlashdi.

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика