So’nggi yangiliklar

11:52"Ғаройиб одамлар" фильми режиссёри "Брентфорд" эгаларидан бирига айланмоқчи  0 11:20Тареми Теҳронни тарк этди  2 10:43Томас Мюллер: “МЛСга ўтишим эҳтимолдан холи эмас”  1 10:06"Пахтакор" Қаршида 3 йилдан буён гол ура олмаяпти  7 09:36Эшитдик-да! Ислом Исмоилов тез орада "Нефтчи"да иш бошлайди  26 09:23Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ильгиз Танташев бошқарган учрашувда "Интер" "Ривер Плейт"ни енгиб кейинги босқичга йўл олди  2 08:44"Андижон" охирги маротаба "Хоразм"ни меҳмонда қачон ютган?  2 08:13Гвардиола клублар ўртасидаги ЖЧ олдидан иссиқ ҳақида: "Биз азобланишга тайёр бўлишимиз керак"  2 07:48Лионель Месси Саудия Арабистони клублари билан фаол музокара олиб бормоқда  10 07:30Факт: "Бухоро" 9 йилдан сўнг Олмалиқда ғалаба қозонди  2 06:57Суперлига. Бугундан 14-турга старт берилади  6 02:44Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Боруссия Д” “Ульсан” устидан ғалаба қозониб, гуруҳ пешқадами сифатида кейинги босқичга йўл олди  0 00:45"Арсенал" Партининг ўрнига "Брентфорд" футболчисини сотиб олади  0 00:26"Атлетик" Испания футбол федерацияси ва Ла Лигадан Уильямснинг "Барса"га ўтишига йўл қўймасликни сўрамоқчи  6 23:46Михаил Еремчук: "Футболда ҳар доим ютиш яхши"  5

Harri Keyn rekord urishda davom etmoqda. “Real” esa tarixni o'zgartirish ishlari bilan band Yangiliklar

Harri Keyn rekord urishda davom etmoqda. “Real” esa tarixni o'zgartirish ishlari bilan band

Angliya va Ispaniya chempionatlarida navbatdagi tur o'yinlari boshlandi. Kecha raqamlar bilan bog'liq ikkita xodisa kuzatildi. Biri Harri Keynga, ikkinchisi uni o'z safida ko'rishga qarshi bo'lmaydigan “Real”ga tegishli.

Harri Keyn

2017 yil davomida bir qator rekordlarni yangilashga ulgurgan Harri Keynni endi hamma taniydi. Kecha u “Tottenhem” uchun APLda eng ko'p gol urgan futbolchiga aylanib oldi. Ustozi Maurisio Pochettinoning ishonch bilan aytishicha, bu ketishda Keyn barcha rekordlarni o'zi yangilaydi.

Angliya Premyer-Ligasida “shporlar” uchun eng ko'p gol urgan futbolchi Teddi SHeringem hisoblanardi. “Yunayted” muxlislari uchun yaxshi tanish bo'lgan hujumchi londonliklarning APLdagi o'yinlarida 97 ta gol urgandi.

Keyn esa “Everton”ga qarshi bellashuvda dubl qayd etib. Eng yaxshi ko'rsatkich taxtachasidan SHeringem nomini o'chirdi. U o'zining birinchi aniq zarbast bilan Teddiga etib oldi, ikkinchi golidan keyin esa yaqin tarixdagi futbolchidan o'zib ketdi. 


“Real Madrid”

Zinedin Zidan boshchilik qilayotgan Madridning “Real” klubi tarixida ham o'zgarish yuz berdi. SHu vaqtga qadar “Qirollik klubi” o'z maydonida “Vilyarreal”ga imkoniyatni boy bermagandi. “Sariq suvosti kemasi” 2018 yilning 13 yanvariga kelib, bu ishning uddasidan chiqa oldi.

“Real” ikkinchi davradan boshlab o'z o'yinlarini balki yaxshilab olar. Biroq “Vilyarreal” tarixiga “Santyago Bernabeu”dagi birinchi g'alaba yozilgani madridliklarga muxlislik qiluvchilarga tabiiyki yoqmadi. Nailoj? Ular dahshatli mavsumni kuzatishda davom etadi. 

Muallif :
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика