So’nggi yangiliklar

09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  0 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  1 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчига таклиф билан чиқди  0 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  1 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  2 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1

"Har yili murabbiy o'zgarardi": Pogba MYUda ishlari yurishmagani sabablarini keltirdi Yangiliklar

"Har yili murabbiy o'zgarardi": Pogba MYUda ishlari yurishmagani sabablarini keltirdi

"Yuventus" taqdimotida so'z olgan Pol Pogba "Manchester Yunayted" haqida gapirmasdan o'tib ketolmadi.

U Angliyada duch kelgan muammolari haqida gapirib berdi.

"Bilasizmi, jamoada o'ynab turgan vaqtingizda murabbiy har yili o'zgaraversa, bunga moslashish juda qiyin bo'ladi.

Buni engish qiyin va menda jarohatlar bor edi, balki bular mening ruhiyatimga tasir qilgandir.

SHuningdek, turli omillar bor edi: murabbiy, jamoa, maydondagi poziciyam – bularning barchasi menga biroz to'sqinlik qildi.

Boshqa jarohat olmasligimga chin dildan umid qilaman, o'zimni yaxshi his qilyapman, o'z poziciyamda o'ynayman va umid qilamanki, so'nggi bir necha yildagidan yaxshiroq natijaga erishaman".

Pogba o'tgan oy shartnomasi muddati tugagach, "Manchester Yunayted"ni tark etgandi. U "qizil iblislar"ning kelishuvni uzaytirish borasidagi bir qancha takliflarini rad etdi va rasman "Yuventus"ga qaytdi.

29 yoshli franciyalik futbolchi “qizil iblislar” safida 232 ta o'yinda maydonga tushib, 39 ta gol urdi va 51 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U klubga Evropa Ligasi chempionligi qo'lga kiritilishida va Angliya Liga Kubogini yutishda yordam berdi.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика