So’nggi yangiliklar

08:13Элдор Шомуродов терма жамоамизнинг олимпия ўйинларидаги иштироки ҳақида фикр билдирди  3 07:45Шунчаки қойил! 6 очкодан маҳрум бўлган Канада аёллар терма жамоаси плей-оффга йўл олди. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  1 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  0 04:48Париж-2024. Ўзбекистон гуруҳ босқичида барча жамоалар ичида қандай кўрсаткичлар қайд этди?   12 00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  15 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  4 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8

Har o'yinda penalti. Videotakrorlar futbolni o'zgartirmoqdami? Yangiliklar

Har o'yinda penalti. Videotakrorlar futbolni o'zgartirmoqdami?

Teglar :  Videotakror
Sevimli o'yinimiz hech qachon o'z nufuzini yo'qotmaydi.

Rossiyadagi mundial qo'llanilayotgan texnologiyalari bilan ajralib turibdi. O'tgan yili o'tkazilgan Kondederaciyalar kubogida ham videotakrorlar tizimi qo'llanilgandi, biroq bu katta etirozlarga sabab bo'lgandi. O'yinda futbolchilar bir-birini to'xtatib qolishi - oddiy hol. Hakamlarning VAR orqali chiqargan qarorlari har doim ham bir mano kasb etmadi. CHili va Kamerun termalari o'rtasidagi o'yinni eslash kifoya. O'shanda videotakrorlardan keyin g'alati tarzda ofsayd qayd etildi. Oradan bir yil o'tgach hakamlar bu tizim bilan ishlash yo'lini bilib olishdi.

Jahon chempionatining ilk haftasida hakamlar bir necha xatolarga yo'l qo'ydi, natijaga tasir qiladiganlari esa deyarli bo'lmadi. Turnir yakunlanganidan keyin bu tizim futbolning ajralmas bo'lagiga aylansa ajab emas. Xo'sh, videotakrorlar tizimi sevimli o'yinimizga qay tarzda tasir ko'rsatmoqda?

SAMARADORLIK OSHMOQDA

Videotakrorlarni qo'llash - samaradorlikni oshirishning katta yo'li. Rossiya mundialidagi penaltilarning asosiy qismi VAR tizimi orqali berilmoqda. Hakamlar yuqori tempiga tusha olmay, o'yinda qancha xatolarga yo'l qo'yishini o'ylash ham juda qo'rqinchli. Agarda videotakrorlar bo'lmaganida Franciya Avstraliya bilan uchrashuvda ochko yo'qotardi, Daniya Peruni yuta olmasdi, Muhammad Saloh ham Rossiya darvozasini ishg'ol qilmasdi.

SHu boisdan o'yinlardagi o'rtacha samaradorlik oshib ketdi. To'g'ri, VAR hozircha jahon chempionatlarining asosiy trendiga aylanmadi. Ammo hisobga tasir qiluvchi shunday faktorlar borki, bunga har doim jiddiy javobgar bo'lish kerak. Hozirdanoq bir necha tendenciya borasidagi statistika yangilandi. Misol uchun, 1954 yildan buyon JCH guruh bosqichi uchrashuvlarida ilk marta gol urilmagan duranglar qayd etilmadi.

XATOLAR KAMROQ BO'LADI

Jahon chempionatida hakamlarning o'zi qaysi vaziyatda videotakrorlarni kuzatishni hal qilmoqda. Mantiqan olib qaraganda, futbolda ham tennischa yo'lni tanlashi, unda tomonlarning o'zi videotakrorni kuzatish borasida hakamga murojaat bilan chiqishi mumkin. Ayni damda o'tayotgan mundialda hakamlarning xatolari oldingiga qaraganda anchagina kamroq. Bo'lganlari ham o'yin kartinasini buzib qo'ymayapti. Keling, misol keltiramiz: Angliya - Tunis uchrashuvida 90 foizlik yo'q penaltini berishi mumkin edi. Ammo referi jim bo'ldi va takrorni ham ko'rishni istamadi, o'ziga ishonch-la qaror chiqardi. SHunday adekvat vaziyatlar bo'ladiki, faqatgina reglamentga qarabgina qaror chiqarish kerak. VAR bunda ojiz qoladi.

Evropa chempionlar ligasining yakunlangan mavsumida hakamlar ko'plab xatolarga yo'l qo'yishdi. Agarda VAR ushbu turnirda ham ishlatilganida barchasi yaxshi bo'larmidi...

PENALTCHILAR - TO'PURARLAR

Matematik nuqtai nazardan olib qaraganda, zamonaviy futbolda penalti tepuvchi futbolchilar bir necha martaga ko'paydi. Top-ligalarning top-jamoalarida bir mavsumda penalti tepuvchi futbolchilar ham kamida ikki nafardan bo'ladi. "O'yinning ruhi" borasida Buffonning "Real"ga qarshi o'yindan keyin aytgan gapi vaqtlar kelib, futbol muxlislari xotirasidan unut bo'ladi. Videotakrorlarsiz 10 hakamning 8 nafari JCH final uchrashuvi 120-daqiqasida, qaltis hisob bo'layotganda 11 metrlik jarimani belgilamaydi. Kimdir xato qilgan bo'lsa, boshqa bir inson javobgarlikni o'z bo'yniga olishi kerak. Yo'qsa, o'sha xatoni qilgan inson bir umr qiynalib yuradi. Futbolda penalti qo'yish uchun katta jasorat talab etiladi. JCH-2018ning hozirgi davriga qadar 10 penalti belgilanib bo'ldi. Solishtirish uchun - JCH-2014da umumiy 14 marta futbolchilar 11 metrlik stantdartni ijro etishgan.

Endi chempionatning to'purari o'z jamoasida penaltichi bo'lishi aniq. APLda Muhammad Salohdan qolib ketgan Xarri Keyn bor alamini mundialda olsa, ne ajab.

QUVONCHNI YO'Q QILISH

Keling, endi negativlik sari yuzlanamiz. VAR tizimini unchalik xush ko'rmaydigan Maurisio Pochettinoning sevimli hikoyasi. "Tottenxem" bosh murabbiyi futbolchilar gol urganidan keyin o'z emociyalarini namoyish qilishi kerak deb hisoblaydi. To'p darvoza to'ridami, yugur, quvon, sakra. Hozirda futbolchilar darvozani ishg'ol qilganidan keyin ham golni nishonlashga shoshilmaydi. SHunday holatga misol: Ispaniya darvozasini ishg'ol qilgan eronliklar anchagina quvonishgandi. Biroq oradan 2 daqiqa vaqt o'tib, shuncha sakrash, quvonish, baqirish bekorga ketgani malum qilindi.

Agarda tizim rasmiy tarzda barcha xalqaro musobaqalarda ishlatilishi kerakligi malum qilinsa, bir necha yillar o'tib, futbolchilar videotakrorlardan keyin golni nishonlashsa kerak. SHundan keyin ular ichidagi quvonchni tashqariga chiqarishadi, bu esa qandaydir soxtalikka o'xshab qoladi.

Futbol o'zgarishda davom etmoqda. Texnika rivojlangani sari sport ham anchagina yuksalmoqda. Bu yangicha hayot, bunda yashashni bilish kerak, shunda xatolar kamayadi. Balki orzularning salmog'i pasayar, biroq bu so'nmaydi. Hakamlar ham xatolikka yo'l qo'yishadi, bunga esa har doim noroziliklar bo'ladi. Saloh va Ramosning ECHL finalidagi holati nimani o'zgartirdi? Ko'plab ekspertlar Ramosda ayb bo'lmaganligini, bu o'yindagi holat bo'lganini tushuntirishdi. Demak, chumolidan fil yasash shart emas.

Endi shunday zamonlar keldiki, VAR muammolarni hal qilmoqda. Endi kelajakda biz shunday deymiz: u raqibni yiqitdi, buni hakam ko'rmadi. Videotakror orqali unga qizil berildi va u keyingi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика