Har bir o'yin uchun 1 million evro
12 noy 2017 02:31
Yangiliklar
Har bir o'yin uchun 1 million evro
Madrid klubi uelslik futbolchini 2013 yilda “Tottenhem”dan 100,7 million evroga soatib olgandi. Futbolchining oylik maoshlari bilan qo'shib hisoblaganda Beyl uchun “Real” shu paytga qadar 168,6 million evro chiqim qilgan. Ayni paytga kelib Beyl “Real” tarkibida 159 ta bahsda maydonga tushgan. SHu tariqa, Beylning maydonga tushgan har bir o'yini Ispan grandiga o'rtacha 1 060 377 evroga tushmoqda.
Takidlash joizki, 28 yoshli futbolchi bu davr ichida 19 marta jarohat olgan va maydonga tushgan bellashuvlarning 55% vaqt miqdorida to'p tepgan. Bu davr oralig'ida Beyl uch marat CHempionlar ligasi, ikki marta klublar o'rtasida jahon chempionati va Evropa suprekubogi, shuningdek bir martadan Ispaniya chempionligi, kubok va Superkubogida g'olib chiqqan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar