So’nggi yangiliklar

17:49"Манчестер Юнайтед" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  0 17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   0 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  2 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  6 15:44"Биз Испаниядан кучсиз эмасдик" — Аббос Файзуллаев  19 15:22"Фулхэм" "Арсенал" футболчиси бўйича таклиф билан чиқди  2 14:59"Манчестер Сити" Хулиан Альвареснинг нархини белгилади  3 14:36"Рома" янги стадион лойиҳасини намойиш этди  1 14:13Алексис Санчес "Удинезе"га қайтиши мумкин  2 13:49"Нефтчи" ва "Навбаҳор"га ўрнатилган тақиқ кучида қолди. Ушбу клублар ёзги трансфер ойнасида хорижлик футболчини рўйхатдан ўтказа олмайди   16 13:25Савич Туркия топ-клубига ўтди  1 13:02Клублар ўртасидаги ЖЧнинг 32 иштирокчисидан 29 таси аниқ!  11 12:39"Ўзбекистоннинг ўйини мен учун кутилмаган воқеа бўлмади" — Испания олимпия термаси устози  21 12:15"Челси" Испаниядан дарвозабон топди  2

Har bir golingiz uchun 7.3 million evro janob! Yangiliklar

Har bir golingiz uchun 7.3 million evro janob!

"Real"ga xujumchi kerakligi, Kilian Mbappe va transfer bozori haqida gaplashamiz.

"Mbappe iqtidorli futbolchi, ammo u mening jamoamda emas va shu sabab Kilian haqida gapirishim noto'g'ri bo'ladi", - "Real" ustozi Zidan yosh hujumchi haqida shunday degandi

Avvalgi mavsum yakuniga etib ulgurmay "Qirollik klubi" Mbappeni sotib olmoqchi ekanligi haqidagi mish-mishlar "bolalay" boshladi. Bazan hamma nashrlar shu trasfer atrofidagi "yangiliklar"ni yozaverganidan " Kilian "Real"da" mavzusi jonga ham tekkandi. 

Lekin biroz vaqtdan so'ng, Florentino Peres ispan radiolaridan biriga intervyu berdi va baxtimizga, hujumchining "Real"ga transferi mavzusi yopildi.

Biroq "Real" Alvaro Moratani sotib yuborganidan so'ng, tingan daryo yana junbushga keldi. Endi AS, MARCA va boshqa OAV vakillari ushbu transferni "Qirollik klubi"ga ikkinchi hujumchi zarurligi bilan izohlashmoqda. 


SHu o'rinda "Manchester Siti" haqida ham unutmaslik lozim. Jamoa bosh murabbiyi Gvardiola imkoni bo'lib qolsa, Serxio Agueroga o'rinbosar topish niyatida. Yana bir tomonda - PSJ. Francuz klubi ikkinchi Galaktikos bo'lishni niyat qilgan chog'i, narxining ahamiyati yo'q, bizga yulduzlar kerak, qabilida ish tutmoqda. 

"Monako" esa Kilianni hech qaerga sotmoqchi emas. Mbappe bilan "monegasklar" hech bo'lmaganda Franciya doirasida yaxshi natijalarga erishish mumkinligini tushunib turishibdi. O'z navbatida "Monako" ham bir loyiha ekanligini unutmaslik lozim. Malum mablag' sarflanayotgan va natija ko'rsatishi, foyda keltirishi zarur bo'lgan loyiha.  

Ularning baxtiga 18 yoshli futbolchi hamon Franciyaning amaldagi chempionlari sharafini himoya qilyapti. Va ushbu transfer haqidagi gaplar mish-mishligicha qolmoqda. Ammo "SHamol bo'lmasa daraxtning uchi qimirlamaydi" degan naql bejiz aytilmagan-ku. SHu o'rinda savol tug'iladi: Agarda Mbappe chindan Realga o'tsa nima bo'ladi? 

Javob qanday bo'ladi bilasizmi? "Hech nima bo'lmaydi". Ha, ha, hech nima. Hayot davom etaveradi. "Monako" uchun ham, "Real" va Kilianning o'zi uchun ham. 

Lekin hujumchini hozir sotib olish Florentino Peres qilishi mumkin bo'lgan eng ahmoqona qarorlardan biri bo'ladi. 

Buning bir nechta sabablari bor. 

Nafaqt Peres, balki iqtidorli futbolchini xarid qilmoqchi bo'lgan barcha xaridorlar etibor berishi zarur bo'lgan eng asosiy faktorlardan biri bu so'ngi yillarda transfer bozorida vujudga kelgan daxshatli muhit. Bir yil avval hech kim bilmaydigan yosh bola uchun buncha pul... Endi bo'lsa, mavsumning malum bir qismini omadli o'tkazgan futbolchisiga Monako 190 million evro so'ramoqda. Etibor bering Mbappe bor yo'g'i 18 yoshda. 

Ortiqcha maqtab, keragidan ko'p narsa kutilgan, umid bildirilgan yoshlar kam bo'lganmi futbol tarixida? Qator xalqaro musobaqalar g'olibi, bir nechta mukofotlar egasi, jahon darajasidagi yulduz bo'lsa bu tabiiy xol, lekin hozirgi kunda kuchliroq "reklama"chilaringiz bo'lsa, oddiy futbolchi ham "brend" darajasiga olib chiqib qo'yilmoqda.  

Lekin urilgan 26ta gol uchun bunday summa... Kelib chiqadiki, Mbappening har bir foydali harakati 7.3 million evroga baholanmoqda. 

SHu joyda Yurgen Kloppning Leypcig futbolchisi Nabi Keytaning transferi haqida: "75 million, biz nima Las-Vegasdamizmi?, degani yodimga tushib ketdi. Mbappe vaziyatida ham hech xijolat bo'lmay o'sha gapni takrorlash mumkin. 

Ha, "Real" Mbappeni o'shancha pulga sotib olishi mumkin. Bunga klubning qurbi etadi va "Qirollik klubi" bu pulning asosiy qismini futbolka sotuvidagina ishlab oladi. Ammo shu 190 million evroga bitta Mbappe emas, bir nechta kuchli futbolchilarni xarid qilishning imkoni bo'lsa, qaysi biri foydaliroq bo'larkin? Qo'shimchasiga, Kilianga "Real"ning qator yulduzlari, ketma-ket ikki bor CHempionlar Ligasi bosh sovrinini yutishda ishtirok etgan yulduzlarnikidan ko'proq maosh taklif qilish – chiroyli ish bo'lmaydi.

Ikkinchi sabab, bunday etibor va katta pullar og'ushiga tushib qolgan Kilian "yulduzlik" kasaliga chalinishi yoki yangi jamoada o'z o'yinini topa olmasligi mumkinku. Tahminan 8-12 ta gol urar, ammo muxlis axli uchun bu kamlik qiladi va darrov unga to'langan pullar esga olinadi. 

U Franciyada ajoyib mavsumni o'tkazdi, ammo Liga 1 bahslari bitta masala, Ispaniya La Ligasida o'zini ko'rsata olish umuman boshqa masala. Sababi Renn, Bordo yoki Nant o'rniga sizga qarshi Atletiko, Sevilya yoxud Vilyarreal himoyachilari bo'ladi.


Kimdir uni CHempionlar Ligasidagi muhim gollari uchun ham sotib olish kerak deb hisoblar. Ammo o'tgan mavsum xuddi francuz kabi jamoasining muhim gollarini urgan va Mbappedan kuchliroq jamoalar darvozasiga gol urgan yosh futbolchilar ham yo'q emas. O'sha Grizmanni, Dibala yoki Obameyangni olaylik. Ular ham mavsumni yaxshi o'tkazishdiku. Lekin hozir bu futbolchilarning narxi Mbappenikidan bir necha marta arzonroqligiga nima deysiz? Yana bir qiziqarli xolat, Transfermarkt talqiniga ko'ra Mbappening "asl narxi" 35 million evroni tashkil qiladi xolos.


Uchinchi faktor. O'zingizniki turganda, begonaga qarab nima qilasiz? "Real" bosh murabbiyi tarkib borasida gapirarkan quyidagilarni takidlab o'tdi: Avvalgi mavsum bilan solishtirsak, hozir bizda bitta hujumchi kamroq. Ko'ramiz, nima bo'larkin. Qo'l ostimda 28 futbolchi bor, biz shu xolatda ham juda ko'pmiz. Yakunlovchi gapga etibor berdingiz-a, "Biz shundoq ham ko'pmiz". Sotib olingan taqdirda ham Mbappeni qaerga qo'yadi Zidan?

Zizuning Benzemaga bo'lgan ishonchini barchamiz yaxshi bilamiz. SHunday ekan mabodo, Karimga bir nima bo'lib, markaziy xujumchi kerak bo'lsa, Ronaldo bu ishni alo darajada uddalay oladi. Ronaldo oldingi chiziqqa o'tsa, uning qanotdagi o'rnini to'ldiradigan futbolchilar ham etarli chamamda. 

Hujumchi ortidagi hujumchi vazifasini bajaradiganlar ham etarli tarkibda. 3ta futbolchi sotib yuborilganiga qaramay, Zidan ixtiyorida juda kuchli tarkib bor. 

Aslida yarim himoyachi bo'lsalarda, Garet Beyl, Marko Asensio, Isko, Lukas Vaskes, Dani Sebalos ikkinchi hujumchi etishmovchiligini sezdirmasliklari mumkin. Boz ustiga 21-raqamni olgan Borxa Mayoral ham hali hech qayoqqa ketgani yo'q. Balki, "Real" rahbariyati yosh hujumchini ijaraga berib yuborish masalasini qayta ko'rib chiqar. CHunki ispaniyalik iqtidor egasi asosiy futbolchilarga dam berish zarur paytda, turnir jadvalining ikkinchi qismidagilar bilan bahsda bemalol o'ynay oladi. 

Albatta, Kilian Mbappedek iqtidor egasi "Real" tarkibiga qo'shilsa, jamoa muxlislari bundan xafa bo'lishmaydi. Ammo tanganing ikkinti tarafi bor deganlaridek, masalaning boshqa jihatlariga ham etibor berish zarur. Bu transferdan futbol yutqazsa, yosh iqtidor yo'q bo'lib ketsa, uning nima keragi bor?!

Xulosa qilish har kimning o'ziga xavola, aslida qanday bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi.  


Omonjon To'xtamirzaev


Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика