So’nggi yangiliklar

02:38Супер ўйинда "Интер" "Барселона"ни тўхтатди ва ЕЧЛ финалига йўлланма олди!  730 01:42Шомуродовнинг ассисти уч очко олиб келмоқда: А Сериянинг 35-тур якунлари  0 01:09Фарҳод Нишонов: "Ўйиндан кўнглим тўлмади. Биринчи бўлимда ҳар томонлама ютқаздик"  0 00:53"Барселона"га қарши ўйиндан кейин "Реал" Анчелоттининг кетишини эълон қилади  2 00:21"Ал Ҳилол" Бруну Фернандешга ажойиб таклиф бермоқда  0 23:43"Реал" Трентни деярли текинга олди. Бу Перес стратегиясининг навбатдаги ғалабаси (мутолаа учун)  0 23:14Айбек Нурбаев: "Бугунги мағлубиятга мен жавобгарман. Ўзгартиришларда хатога йўл қўйдим"  0 22:18"Барселона" Ямал билан янги шартнома имзолайди. Томонлар келишувга эришишга яқин  1 21:46Виртц "Реал" ёки "Манчестер Сити"га ўтишни истамаяпти. У бошқа клубга бормоқчи  6 21:21"Олтин тўп" учун битта ҳақиқий номзод бор" – "Бетис" Винисиус ва Антонининг статистикасини солиштирди  2 20:57Кевин Де Брюйне "Сити"да қолиши мумкин, футболчи янги шартнома имзолашга тайёр  3 20:35Криштиану Роналду ўғлининг Португалия терма жамоасига чақирилганига муносабат билдирди  4 20:10​"Астон Вилла" Мартинес кетса, "Реал" дарвозабонини олиб келмоқчи  1 19:47МЮ сербиялик дарвозабонга қизиқиб қолди  0 19:26Про лига. "Олимпик-MobiUz" Нукусда кичик ғалабага эришди  0

Haqiqiy vatanparvar futbolchi Azizbek Haydarov bugun 34 yoshga to'ldi Yangiliklar

Haqiqiy vatanparvar futbolchi Azizbek Haydarov bugun 34 yoshga to'ldi

O'z tavallud ayyomini nishonlayotgan futbol sohasi vakillarini tabriklashda davom etamiz.

Bugun uch karra O'zbekiston chempioni, tajribali yarim himoyachi, futbolchilikdan tashqari fermerlikka ham qiziquvchi Azizbek Haydarov oilasi va yaqinlari davrasida o'z tavallud ayyomini nishonlayapti.

1985 yilning 8 iyul kuni Toshkent shahrida tavallud topgan Azizbek katta futboldagi yo'lini "Lokomotiv"da boshlagan. U 2004-2007 yillar davomida "temiryo'lchilar" sharafini himoya qilgan. SHundan so'ng u "Bunyodkor"ga ko'chib o'tadi. Haydarov "qaldirg'ochlar" avjiga chiqqan yillarda, aniqrog'i 2008-2010 yillarda "Bunyodkor" tarkibida qatorasiga uch marotaba O'zbekiston chempioni bo'lgan.

Keyin u legioner sifatida Amirliklarga ko'chib o'tdi va 7 yil davomida BAAda faoliyat olib bordi. Ana shu 7 yildan 6 yilini Haydarov “Al SHabab” klubiga bag'ishladi. Albatta, bu legionerlar uchun ajoyib ko'rsatkich. SHuncha yil mobaynida xorijlik futbolchiga ishonch bildirish, bu o'sha legionerning bir maromda o'ynaganidan darak beradi. Haydarov “Al SHabab”dan so'ng bir yil davomida qisqa muddatda BAA Pro-ligasiga qaytgan “Ajman” klubida o'ynadi. Bu klubi bir yil oldin birinchi liga chempioni bo'lgan edi.

Malumot uchun, yarim himoyachi 2011 yilgi Osiyo Kubogidan so'ng “Bunyodkor”dan “Al SHabab”ga transfer qilingandi. Haydarov o'tgan 6 yil davomida dubayliklar safida ikki marta Fors ko'rfazi CHempionlar ligasida (2011 va 2015), bir marta BAA liga kubogida (2011) g'olib chiqdi.



O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida jami 86 ta uchrashuvda maydonga tushgan va bitta golga mualliflik qilgan. Azizbek o'sha yagona golni Yaman terma jamoasi darvozasiga kiritgan. Hozirda tajribali futbolchi amaldagi O'zbekiston chempioni "Lokomotiv" sharafini himoya qilyapti. Hech ikkilanishsiz aytish mumkinki, Azizbek Haydarov haqiqiy vatanparvar. Buni uning yillar davomida jurnalistlarga bergan intervyulari, maydonda o'zini tutishi, muxlislar bilan gaplashishidan bilish mumkin.

Hozir etiboringizga o'zim olgan intervyulardan parchalarni havola qilamiz.

- Muxlislar, yaqinlarim, rahmatli otam ham “qachon JCHga chiqasizlar”, degan savolni juda ko'p berardilar. Insonlar o'zi shunday-da, birinchi yo'llanmani qo'lga kirit, deydi, keyin esa mundialning final bosqich o'yinlarida g'alaba qozonishni talab qiladi. Aytmoqchimanki, avvalo poydevor mustahkam bo'lishi shart. Bizdan keyingi avlod futbolchilari ham JCH yo'llanmasini qo'lga kiritishiga amin bo'lishimiz lozim. Bir marta JCHga chiqib, keyin bunday imkoniyatni yana 50 yil kutish to'g'ri emas. Bu shaxsiy fikrim. Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya, Eron terma jamoalari muntazam mundiallarda ishtirok etib kelyapti. Nimaga? degan haqli savol tug'iladi. CHunki, bu mamlakat futbolida barqarorlik bor. Terma jamoasining poydevori mustahkam, ichki chempionati esa kuchli. Turli yoshdagi terma jamoalari ham muntazam jahon chempionatlarining final bosqichida qatnashib kelyapti. Achchiq bo'lsada aytaman, bizda hozircha bunday emas. Eron, Koreya, Yaponiya kabi qitamizning kuchli terma jamoalariga qarshi kechadigan o'yinlarida gol urarmikanmiz, degan hayolda bo'lamiz. Nima uchun biz sanab o'tgan jamoalarimizni bemalol yuta olmaymiz? CHunki, bizda mustahkam poydevor yo'q. Bundan 4-5 yil avval o'smirlarimiz ham, yoshlarimiz ham jahon chempionatlarining final bosqichiga chiqardi. So'nggi yillarda bunday bo'lmayapti.



- Aleksandr Geynrix Qozog'iston klubida rahbar lavozimida ishladi. Siz ham etti yil davomida BAAda o'ynadingiz. Balki sizda ham keyinchalik Amirlik klublarining birida ishlash rejasi bordir?

- Ochig'i, hali bu haqda o'ylayotganim yo'q. Futbolchilik faoliyatim hali yakunlagani yo'q. Geynrixga kelsak, unda Qozog'iston klubida rahbarlik lavozimida ishlash uchun barcha sifatlar bor. Birinchi galda rus tilini mukammal biladi. Ikkinchidan, menga o'xshab o'z jamoasida bir necha yil o'ynadi. Klub tizimi, ichki sir-asrorlarni juda yaxshi biladi. Keyin u futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng bu ishga o'tdi. Menda hali futbolchi sifatida to'p surish imkoniyati bor. Ehtimol, keyinchalik men ham BAAda ishlarman. Lekin buning uchun yuqorida aytganimdek, arab tilini mukammal tarzda bilishim va arablarga xos psixologiyani o'zlashtirib olishim kerak. Hozirgi holatdagi bilimlarim BAA klubi tizimida rahbarlik lavozimida ishlash uchun kamlik qiladi. O'ylaymanki, oradan yillar o'tib, bu mavzuga yana qaytamiz.

Abdurahmon Fozilov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi


- Azizbek Haydarovni bugungi tavallud kuni bilan tabriklashdan oldin men bu futbolchimizning padari buzrukvorlari Saidrahim ota haqida gapirmoqchiman. Alloh rahmat qilsin, oliyjanob inson edilar. Men ular bilan 2007 yilda tanishgandim. Uylariga ko'p borardim. O'sha oliyjanoblik tabiiyki, Azizbekka ham o'tgan. SHunday vatanparvar insonni dunyoga kelishiga sababchi bo'lib, tarbiyalab, voyaga etkazdilar, Yaratgan Saidrahim otadan rozi bo'lsin. Endi Azizbekning o'ziga kelsak, bu futbolchi haqida qancha gapirsak, shuncha ozdek tuyulaveradi. Kimdir unga zarracha yaxshilik qilgan bo'lsa, bu savobli ishni hech qachon esidan chiqarmaydi. O'tgan yili BAA chempionatidan qaytib, bir davra "Bunyodkor" safida o'ynadi. O'sha paytda "qaldirg'ochlar" moliyaviy tomondan ancha qiyin ahvolga tushib qolishgandi. Buni ko'rgan Haydarov asosiy jamoa hamda akademiya tarbiyalanuvchilariga o'z yonidan taxminan 50 million so'mlik turli vitaminlar olib bergandi. Bu beminnat yordam va bo'lgan klubga sadoqat! Darvoqe, u kuyovimiz bo'ladi. Men qo'qonlikman va Azizbek ham Qo'qon shahriga kuyov bo'lgan. Fursatdan foydalanib, Azizbek Haydarovni bugungi tavallud kuni bilan tabriklayman.



Azizbek Haydarov o'ynagan jamoalar:
2004–2007 "Lokomotiv" 19 (2)
2007–2011 "Bunyodkor" 143 (8)
2011–2017 "Al SHabab" (BAA) 123 (13)
2017–2018 "Ajman" 19 (0)
2018 "Bunyodkor" 12 (3)
2019 – "Lokomotiv"

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика