Haqiqiy futboldan bahramand bo'ling. Saudiya "El Klasikosi"dan 10ta surat
24 sen 2019 15:37
Yangiliklar
Haqiqiy futboldan bahramand bo'ling. Saudiya "El Klasikosi"dan 10ta surat
Saudiya Arabistoni chempionatining navbatdagi turida muxlislar "El Klasiko" guvohi bo'lishdi.
Malumki, "Al Hilol" va "Al Ittihod" jamoalari o'rtasidagi to'qnashuv Ispaniyada "Real" va "Barsa" o'rtasidagi "El Klasiko"ga qiyoslanadi. Bu safar Saudiya Arabistonining ikki nomdor klubi Jidda shahrida o'zaro bahs olib bordi va bunda "Al Hilol" 3:1 hisobida zafar quchdi.
O'yinda Karlos Eduardoning dubli hamda Sebastyan Jovinko tomonidan kiritilgan gol mehmonlarga navbatdagi uch ochkoni taqdim etdi. "Al Ittihod" safida esa Romarino gol muallifi bo'ldi.
"Qirol Abdulloh" stadionida kechgan bahsni 43,783 tomoshabin kuzatib bordi. Quyida o'yindan 10ta suratni keltirib o'tamiz.
Fikrlar