So’nggi yangiliklar

01:48А Серия. "Кальяри" "Ювентус"га қарши ўйинда охирги дақиқалардаги автогол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов 79-дақиқада алмаштирилди  41 01:40Каземиро: "Анчелотти МЮга ўтаётганимни билиб, йиғлаб юборганди"   3 01:15U-23 Осиё кубоги. Ироқ Тожикистонни ишончли тарзда мағлуб қилди  0 00:58Начо "Реал"га мавсум охирида жамоадан кетишини маълум қилди  7 00:40Ўзбекистон Қувайтга қарши ўйинда тўлиқ оқ либосда ҳаракат қилади  2 00:37Виталий Левченко: "Биз учун чемпионат ёки кубок учрашуви фарқланмайди"  1 00:25Иван Бошкович: "Ғалаба осонликча келмаслигини бугунги ўйин ҳам кўрсатиб берди"  1 00:10"Жиззах" бош мураббийи: "Таркибимиз фақат маҳаллий футболчилардан иборат экани мени хурсанд қилади"  2 00:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ироқ - Ўзбекистон 1:4   0 00:00Саидазамат Мирсаидов: "Рақиб ким бўлишидан қатъий назар, ҳар бир учрашувда ғалаба қозонишни мақсад қилганмиз"  0 23:45Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг бугунги машғулоти. Эртанги рақиб - Қувайт  1 23:29Ўзбекистон U-23. Навбатдаги машғулот қандай ўтди? Мирсаидов ва Одиловдан интервью  0 23:23U-23 Осиё Кубоги. Саудия Арабистони Таиландга бешта гол урди, Япония БААга имконият қолдирмади  1 22:52Элдор Шомуродов "Ювентус"га қарши ўйинни асосий таркибда бошлайди!  26 22:47Абдуқодир Ҳусанов эртага ўтказиладиган "Ланс" – "Клермон" учрашуви қайдномасига киритилди  1

Haqiqiy "ajdarho"ni ko'ramizmi? Yangiliklar

Haqiqiy "ajdarho"ni ko'ramizmi?

Erondagi mag'lubiyat "Nasaf"ni ruhan tushkunlikka solib qo'ymasligi kerak.

Ro'ziqul Berdiev birinchi navbatda jamoaga ishonchni qaytarishi lozim. "Nasaf" o'z guruhidagi eng kuchli va qiyin bahsni o'tkazdi. Qolgan raqiblar bilan bemalol futbol o'ynasa bo'ladi. O'ynaganda ham g'alaba uchun kurashish lozim.

Muhimi, Tehrondagi mag'lubiyatdan tegishli xulosalar chiqarilishi kerak. O'sha kuni raqib kuchli ekanligiyu, ular ayni o'yin tonusida bo'lgani haqiqat. SHunchaki "Ozodi"da "Persepolis" fonida dovdirab qolgan "Nasaf"ni ko'rish ishqibozlarni ranjitdi. Jamoa shu kuni futbol o'ynolmadi. Negadir kuchli bosimni juda yaqin his etgani butun uchrashuv davomida o'z tasirini ko'rsatib turdi. Aynan shu jihat "Nasaf"ni muxlislar ko'z o'ngida begonaga aylantirib qo'ydi. Birinchi turdagi "Nasaf"ning eng katta kamchiligi - jamoa o'yin boshlanishidan oldin yutqazib qo'ygandek taassurot qoldirdi. O'ylaymizki, bu kamchiliklardan etarli xulosa chiqariladi va qolgan beshta o'yinda "Nasaf" haqiqiy "ajdarho"ga aylanadi.

To'g'ri, tarkibdagi beqarorlik, etakchilar ketib qolganiyu va boshqa bir qator muammolar Berdievga reja bo'yicha yangi mavsumga bir tekisda tayyorgarlik ko'rish imkoniyatini bermadi. SHunga qaramay, jamoa OCHL guruh bosqichiga chiqdi. Murabbiy aytganidek, birinchi vazifa uddalandi. Lekin bu yuqori cho'qqiga aylanib qolishi kerak emas. Aksincha aynan ushbu muvaffaqiyat jamoani ishtahasini ochib yuborishi lozim. Aytishadiku, ishtaha ovqat paytida keladi deb.

"Persepolis"ga qarshi bahs yana shuni aniq va tiniq ko'rsatdiki, "Nasaf"ning o'yini umuman chiqmayotgan va futbolchilar hayajonlanib oddiy xatolarga yo'l qo'yayotgan pallada jamoani "yig'ib olish"da eng katta ko'makchi bo'lishi lozim bo'lgan etakchi ko'rinmadi. Yoki topilmadi. Avvalo bu narsa jamoa sardori Dragan CHeran zimmasiga tushadi. Lekin CHeranning o'zi keraksiz pallada to'pni o'zida ko'p saqlab yuborish natijasida yakunda raqibga to'pni topshirib qo'ydi. Hujumchi etakchilik xususiyatini aynan OCHLda ko'rsata olmadi. Bu borada Berdiev jamoaning etakchisiga aylangan hujumchi bilan alohida gaplashib olishi zarurdek. CHunki jamoa o'yini asosan CHeran atrofida quriladi va bu kabi katta bahslarda Draganning o'yiniga ko'p narsa bog'liq. Jamoadoshlari aynan unga qarab ishonch bilan to'p surishlari mumkin.

Aziz G'aniev va Odil Hamrobekov bu yildan so'zsiz etakchiga aylanishadi. Ammo ular hali OCHL darajasidagi o'yinlarda "Nasaf"ni o'z ortilaridan ergashtirishlariga biroz erta. Etakchilik masluiyati og'irroq. Hamrobekov va G'anievga bu masuliyatni to'liq o'z gardaniga olish uchun joriy mavsumda OCHLdagi mustaqil ishtirok katta maktab bo'ladi. Ro'ziqul Berdiev bu ikki markaziy yarim himoyachi bilan ham alohida ishlashi kerak. CHunki markazni, umuman o'yinni boshqaradigan jamoaning tayanchi va dirijyoriga ko'p narsa bog'liq. Bu ikki futbolchilar endi yosh yoki umidli o'yinchi sifatida emas, balki haqiqiy jamoa etakchilaridek o'zlarini tutishlari lozim. Hamrobekov va G'aniev o'yin jihatidan ancha ulg'ayishgan. Endi maydondagi harakat va har qanday holatdan sovuqqonlik bilan chiqib ketish bo'yicha ham ulg'ayishlari zarur.

Berdiev shogirdlari OCHLdagi o'z maydonlarida o'tgan oxirgi 6 uchrashuvdan buyon mag'lubiyat nimaligini bilmay kelishmoqda.

Endi guruhdagi holat va bo'lajak raqib bilan o'yin haqida bevosita to'xtaladigan bo'lsam, "Al Vasl" o'zbek jamoalari uchun yangi raqib. Bu jamoa ilk bor o'zbek jamoalariga qarshi to'qnash kelmoqda. Amirliklar ayni paytda ichki chempionatda uchinchi pog'onada borishmoqda. Yana shuni alohida qayd etish mumkinki, jamoaning hozirgi bor etibori aynan BAA ligasiga qaratilgan. Umuman olganda, "Al Vasl"da OCHLda ishtirok etish bo'yicha tajriba "Nasaf"nikidan yuqori emas.

«Al Vasl» Qarshiga to'liq “qurollangan” holda etib kelmagan. Jamoa to'purari Fabio Lima jarohati sababli Qarshiga olib kelinmagan. Ammo Kaio “Al Vasl” bilan Qarshiga tashrif buyurgan. Ushbu futbolchi individual jihatdan ancha yuqori salohiyatga ega. Umuman “Al Vasl” jamoasining hujum chizig'i ancha o'tkir. Himoya borasida esa iliq so'zlarni aytish mushkul. “Nasaf” ertaga asosiy etiborni raqibning aynan o'sha bo'shlig'idan unumli foydalanishga qaratishi lozim. Berdiev “Al Vasl”ga hujumkor o'yinni taklif etishi lozim.

Rodolfo Arruabarrena va Ro'ziqul Berdiev takidlagandek, ertaga “Markaziy” stadionda o'tgan turda mag'lubiyat alamini tatib ko'rgan jamoalar o'zaro kurashishadi. Alamzadalar to'qnashuvida ko'p narsa ruhiy tayyorgarlikka bog'liq.

"Al Vasl" bosh murabbiyi Rodolfo Arruabarrena ko'proq 4-3-3 taktik sxemasidan foydalanishni xush ko'radigan mutaxassis. Bejizga jamoa hujumkor o'yin namoyish etmaydi. CHunki murabbiy tanlagan uslub aynan hujumkor o'yinga mos sxema. Ertaga ham jamoa katta ehtimol bilan shu taktik sxemada o'ynashi mumkin.

"Nasaf" qanday uslubni tanlaydi? Jamoa odatdagi uslubini tanlaydimi yoki "Persepolis" bilan o'yindagi 3 markaziy himoyachi bilan harakat qiladimi? Tehrondagi o'yin shuni ko'rsatdiki, jamoaning hozirgi holati ushbu taktik sxemada mukammal o'ynash uchun tayyor emasdek. Bu taktik sxemada jamoaning barcha chiziqlari o'rtasidagi bog'lam yo'qolgani ko'rinib qoldi. Ertangi bahsda Berdiev bu taktik uslubga murojaat qilmasligi haqiqatga yaqin. "Al Vasl"ga qarshi o'yinda Berdiev jamoaning odatiy 4-2-3-1 sxemasi tanlash ehtimoli yuqori. Tarkibda ham bazi o'zgarishlar bo'lishi mumkin. CHap qanot himoyachisi rolida SHarof Muhitdinovni emas, balki Saydullo Rahmatovni ko'rishimiz mumkin. Tarkib borasida bugungi jamoaning o'yinoldi rasmiy mashg'ulotidan so'ng aniqroq bir to'xtamga kelish mumkin. Bu haqda sal keyinroq to'xtalamiz.

“Nasaf”ning “Markaziy” stadiondagi g'alabali seriyasi 9ta o'yindan buyon davom etmoqda.

Qisqa qilib aytganda, "Al Vasl" "Nasaf" qo'rqishi kerak bo'lgan raqib emas. Aksincha, "Al Vasl" jamoasi "Nasaf"ni oldida qaltirabroq turishi kerak aslida. OCHLdagi ishtirok yoki jamoaning umumiy plandagi o'yini jihatidan "ajdarlar" "Al Vasl"dan ustunroq. Nega bu kabi ishonch bilan bunday deyapman? "Al Vasl" o'tkir hujumi bilan maqtana olsa, "Nasaf"da barcha chiziqlar muvozanati teng. "Nasaf"ning aynan bir chizig'i boshqasidan yaqqol kuchsiz emas. Birgina kamchilik va muammoli tarafi shuki, bu zaxira torligi.

"Al Vasl"ning himoyadagi muammolari ertangi bahsda "ajdarlar" uchun shirin egulikka aylanmog'i lozim. Olovni purkash payti kelganini "ajdarlar"ga ortiqcha eslatib o'tishga hojat yo'q, chamamda. "Nasaf" haqiqiy "ajdarho"ga aylanadigan payt keldi.

Muallif :
Reyting: +53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика