So’nggi yangiliklar

07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  0 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  0 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  7 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  28 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  30 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2

Hamza Karimov Qizilqum jamoasida o'ynaydi Yangiliklar

Hamza Karimov Qizilqum jamoasida o'ynaydi

Qarshining Nasaf jamoasidagi yorqin o'yinlari bilan muxlislar etiborini qozongan Hamza Karimov shu yilning 16 aprel kuni Germaniyaning Myunxen shahridagi tibbiy klinikada jarrohlik stoliga yotqizilgan.

Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o'tgach, kuni kecha futbolchi yurtimizga qaytib keldi.

Himoyachi Hamza Karimovning qarshiliklar bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi aslida 2015 yilning 31 dekabrida nihoyasiga etgan. Garchi, u Nasaf jamoasi erishgan so'nggi yutuqlarga munosib hissa qo'shgan bo'lsa-da, futbol klubi futbolchining xorijdagi tibbiy muolajalari uchun borish-kelish hujjatlarini rasmiylashtirishga ko'mak berishni istamadi. SHunday vaziyatda Qizilqum futbol klubi mohir futbolchiga qo'lidan kelgan o'z yordamini ayamadi.

Kecha esa xorijdan qaytgan Hamza Karimov  Qizilqum futbol klubi rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuv chog'ida u chempionatimiz ikkinchi davra o'yinlarini konchilar libosida boshlashga tayyor ekanligini rasman bildirdi.

Ayni paytda Hamza Karimov yakka tartibda mashg'ulotlarni boshlagan. Hozirda trenajyor zalidagi maxsus mashqlar bilan kifoyalanayotgan tajribali himoyachi yana o'n besh kundan so'ng, jamoaning umumiy mashg'ulotlariga qo'shilishi kutilmoqda.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика