Hamza Karimov Germaniyada operaciya qilindi
26 apr 2016 23:05
Yangiliklar
Hamza Karimov Germaniyada operaciya qilindi
Kuni kecha Hamza Karimov Germaniyada muvaffaqiyatli operaciya qilindi. Deyarli bir yildan buyon jarohatini davolagan futbolchi Germaniyada oyog'ini operaciya qildirdi. Ayni paytda futbolchi erkin agent sanaladi. O'tgan mavsumlarda "Nasaf" sharafini himoya qilgan Hamza Karimov bilan qarshiliklar yangi mavsum oldidan shartnomani uzaytirishni istashmagan.
Hamza Karimovni Germaniyada borib operaciya qilinishiga Navoiyning "Qizilqum" klubi yaqindan yordam berdi. Hamza Karimov ikkinchi davradan boshlab yashil maydonga qaytishi kutilmoqda. Tajribali himoyachi ikkinchi davrada "Qizilqum" safida o'ynashi ko'zda tutilmoqda. Tomonlar kelishuvga erishishgan va Karimov jarohatidan to'liq forig' bo'lganidan so'ng "Qizilqum" libosini kiyadi.
Hamza Karimov hozirda Germaniyada tiklanish jarayonini o'tamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar