So’nggi yangiliklar

18:28"Барселона" "Тэгу"ни йирик ҳисобда мағлуб этди — битта гол Рэшфорд ҳисобида  0 18:10Плетнёв, Таҳсин, Токотаев, Санчес... Суперлига 16-тур рамзий терма жамоаси   0 17:50Машинани эмас, ҳайдовчини алмаштириш керак  3 17:36Манба: Аббос Файзуллаев Конференциялар Лигаси учрашувини ўтказиб юборади  1 17:24Фарғона давлат университети стадиони Про лига баҳсига мезбонлик қилади  2 17:02Парти фаолиятини Ла Лигада давом эттиради  1 16:34Деле Алли фаолиятини якунлагани йўқ  1 16:05Магуайр "Манчестер Юнайтед" сардорлар кенгашида  0 15:42Ирландия клуби футболчи билан тузган шартномасини 4 кун ўтиб бекор қилди  0 15:17"Барча даврларнинг энг ортиқча баҳо бериб юборилган инглиз футболчиси". АПЛ собиқ футболчиси Пол Скоулзнинг буюклигини уйдирма деб ҳисоблайди  9 14:50"Арсенал" 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  2 14:25ЖЧ йилида ПФЛ режаларида ўзгаришлар бўлиши мумкин: ташкилот 3 та вариантни илгари сурди  4 14:12Ўзбекистон U-17 қизлар терма жамоаси йиғин бошлади  0 13:51Аморим: "Манчестер Юнайтед"да 20 йил ишламоқчиман"  1 13:31"Андижон" "Қўқон-1912" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллаган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  1

Hamza Karimov: “Andijon”ni oliy ligaga qaytarishimizga ishonaman” Yangiliklar

Hamza Karimov: “Andijon”ni oliy ligaga qaytarishimizga ishonaman”

“Andijon” klubi ikkinchi davra uchun amalga oshirgan transferlari jiddiy tus oldi.

Asosan oliy ligada o'ynab o'zini ko'rsatgan tajribali o'yinchilar tarkibga jalb etildi. Ana shunday futbolchilardan biri Hamza Karimovdir. Birinchi davrani “Neftchi”da o'tkazgan himoyachi ikkinchi davrani vodiyning yana bir klubi – “Andijon”ga qo'shilgani o'ziga yarasha shov-shuvli bo'ldi desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Mahalliy ishqibozlar tarkib kuchaytirilayotganidan ancha quvonmoqdalar. Karimov esa klubning oliy ligaga qaytishiga ishonchi katta ekanligini alohida takidlamoqda. Kuni kecha futbolchi “Andijon” bilan shartnoma imzolaganidan keyin u bilan suhbatlashishga qaror qildik.

-   Usmon Toshev mening birinchi ustozim. Menga “Andijon”ni oliy ligaga olib chiqish zarur va bunda sening yordaming kerak bo'ladi, deb aytganidan keyin murabbiyga “Neftchi” rahbarlari bilan gaplashib olishimni aytdim. Oradan malum vaqt o'tgach, ular bilan do'stona ravishda xayrlashdim va “Andijon”ga qo'shildim, - dedi Karimov.

-   Rosti, sizni qachon birinchi ligada o'ynaganingizni eslay olmayman. Tan olish kerak, o'zingizga yarasha hurmatingiz va nomingiz bor. Bunday pallada faoliyatingizni birinchi ligada davom ettirishingiz...
-   Bundan havotirda emasman. Usmon Qudratovich, bir qadam orqaga va keyin ikki qadam oldinga deb aytdi. Nasib bo'lsa, “Andijon” oliy ligaga chiqib olsa, hamma ishlarimiz yanada yurishib ketadi. Biz bu erga jamoani elitaga olib chiqish uchun kelganmiz. Bundan boshqa maqsadimiz yo'q. Jamoamizdagi hamma o'yinchilar mana shu masuliyatni juda yaxshi tushunib turishibdi.


-   “Andijon”ga kelib, jamoa haqidagi fikrlaringiz qanday ko'rinish olyapti?
-   Ikkinchi davrada yaxshi jamoa tuzilyapti. Eng asosiysi, yigitlarda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq katta. Mashg'ulotlardagi xatti-harakatlarida shijoatlari yuqori ekanligini ko'ryapman. SHaxsan menga “Andijon” jamoasi yoqdi. Futbolchilarning o'z ishiga bo'lgan munosabati ajoyib. Bu erga kelganimdan pushaymon emasman.

-   “Neftchi”dagi faoliyatingiz yarim mavsum davom etdi xolos. Siz bilan qishda gaplashganimizda niyatingiz katta ekanligini aytgandingiz. Sizningcha, u erdagihayotingiz qoniqarsiz kechdimi?
-   Qoniqarsiz demagan bo'lardim. Balki ularga mos kelmagandirman yoki aksincha. Bo'lmasa u erdagi muhit menga to'g'ri kelmagandir. Lekin “Neftchi”da ham yigitlar yaxshi edi. SHunchaki, u erda almashinuvlar ko'p bo'ladi. Rahbariyatda va murabbiylar shtabida o'zgarishlar kuzatildi. Oxirgi o'rinlarda yurganimiz uchun ham jamoaga bosim ko'proq bo'ldi. Aslida klubdan norozichilik joyim yo'q.

-   Umuman, birinchi davradan keyin “Neftchi”dan ketmoqchi edingizmi?
-   Usmon Toshev bilan birinchi marta gaplashganimdan keyin avvaliga “Neftchi” rahbarlari bilan gaplashib olishim kerakligini aytgandim. Boya aytganimdek, ular bilan o'zaro kelishgan holda xayrlashdik.

-   “Neftchi”ning pastki o'rinlarga tushib qolgani chindan futbolchilarga ortiqcha bosim o'tkazgani tabiiy. “Andijon”ga keladigan bo'lsak, jamoa birinchi ligada 4-o'rinda boryapti va peshqadam “Cementchi”dan 11 ochkoga ortda qolyapti. Maqsad esa faqat oliy liga! SHularni inobatga olganda, bu erdagi bosim ham kuchliroqmi?
-   “Neftchi”ga qaraganda bu erdagi u qadar bosimni sezmayapman. O'zimni erkin his qilyapman. O'rtadagi 11 ochkolik farq hech nimani hal qilmaydi. Hammasi o'zimiz istagandek bo'ladi va barcha o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. “Andijon”ni oliy ligaga qaytarishimizga ishonaman. “Neftchi”da o'ynaganimizda hozir yutqazib qo'ysak yana pastga tushib ketamiz, degan hadik va bosim yo'q. Yana takrorlayman: “Cementchi”dan 11 ochkoga ortda qolib ketayotganimiz bu hech nima emas. Biz albatta oliy ligaga chiqamiz. CHunki o'zimizga bo'lgan ishonch juda katta.


-   Gaplaringizdan o'zingizga bo'lgan ishonchingiz katta ekanligi shundoq bilinib turibdi. Buni jamoadoshlaringizga ham singdirishda qiynalmayapsizmi?
-   Yo'q. Ularni ham maqsadimizga erishish yo'lida ishontira olaman. Menga ham ko'p narsa bog'liqligini bilib turibman. Ammo jamoada yaxshi yigitlar jamlangan. Biz jiddiy vazifa uchun kurashishimizni hamma yaxshi tushunyapti. SHuning uchun barcha futbolchilar ikki hissa qo'shimcha kuch bilan ishlashyapti. Ularning mashg'ulotlardagi ishlash jarayoniga hech qanday etiroz yo'q. Bilasizmi, murabbiy maqsadimiz qanchalik jiddiyligini va uni albatta bajarishimiz kerakligini barcha futbolchilarning miyasiga singdirib qo'ygan.

-   Boya Toshevni ustozim deb atadingiz va bu erga kelishingizda uning ham hissasi katta. Lekin bundan tashqari, “Andijon”ga o'tishingizga yana nima turtki bo'ldi?
-   Toshev menga oliy ligadan birinchi ligaga kelyapsan, seni ham tushunaman dedi, ammo o'zim ham bu tanlovning amalga oshishini xohlagandim. Menga oliy ligadan takliflar ko'p edi. Ammo men “Andijon”ni tanladim. Nimaga ekanligini esa bilmayman. SHunchaki, jamoaga yordam berish niyatida keldim. Axir inson hayotda doim yaxshilik qilishi kerak-ku. Men faoliyatimni ancha oldin boshlaganman va doim yuqori saviyada to'p surganman. Birinchi ligadan oliy ligaga chiqsak, buning gashti boshqacha bo'ladi.

-   Ko'pchilik muxlislar sizni birinchi ligaga o'tishingizni saviyangiz bilan ham bog'lashmoqda...
-   O'zimga ham bir nechtasi nimaga birinchi ligaga ketyapsan deb so'rashdi. Men o'z qarorimni elon qilib bo'ldim. Saviyam esa avvalgidek, zarracha ham o'zgarmagan. “Andijon”ga kelganimdan keyin jamoa yaxshi ekanligiga amin bo'ldim. Xohish va istak bo'lsa bo'ldi, siz hamma narsaga erisha olasiz.

FIRDAVSXON suhbatlashdi.   

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика