So’nggi yangiliklar

20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  17 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  15 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  3 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  9 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

Hamyurtlarimiz Timur Segizbaevning yubileyida qatnashishdi Yangiliklar

Hamyurtlarimiz Timur Segizbaevning yubileyida qatnashishdi

Kuni kecha Qozog'istonning Olma Ota shahrida qozog'istonlik sobiq futbolchi Timur Segizbaevning 75 yoshi keng nishonlandi.

"Si Sin Xay" stadionida Segizbaevning 75 yoshiga bag'ishlab faxriylar o'rtasida mini futbol musobaqasi tashkil etildi. Ushbu tadbirda o'zbekistonlik sobiq futbolchilar Birodar Abduraimov, To'lagan Isoqov va SHamil Yafarov ishtirok etib qaytishdi. 

Birodar Abduraimov:

– Timur Sanjarovich bilan Tbilisidagi Sobiq Ittifoq spartakiadasida tanishganmiz. O'shandan buyon do'stmiz. Bunga qadar Toshkent va Olma-Otada bir necha bor to'qnash kelganmiz. Futbolda raqib, hayotda esa do'stmiz. Unga sog'liq va uzoq umr tilayman.

To'lagan Isoqov: 

– Men juda baxtli insonman. Sababi uch avlodni ko'rishga muvaffaq bo'lganman. Birinchisi Birodar Abduraimov, Timur Segizbaev avlodi. Undan keyingi avlod Docenko, Bektashov. Oxirgi avlod bu "Paxtakor-79" bo'lgan. Timur Segizbaev nafaqat Qozog'iston balki O'zbekiston futbolining ham faxri hisoblanadi. Sababi futboldan keyin Qozog'istonda beshbarmoq, Toshkentda osh er edik. Unga sog'liq tilayman.

Malumot uchun

Timur Segizbaev Qozog'iston futbolinig tirik afsonalaridan biri. U faoliyatini "Qayrat"da boshlab, o'sha erda tugatgan. Yarim himoyachi ko'p marotaba Toshkentning "Paxtakor" jamoasiga qarshi maydonga chiqqan. Uning hisobida 212ta uchrashuv bo'lib, olmaotaliklar safida 19 marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan. 

1973-79 yillar oralig'ida jamoa bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bordi.







Foto: Eduard Gavrish

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика