So’nggi yangiliklar

16:07Гюндоган "Барселона"дан кетмайди  2 15:42Киммих бу ёз "Бавария"дан кетмайди  1 15:11"Арсенал" "Евро"да порлаган туркияликни ўз сафида кўрмоқчи  2 14:38"Манчестер Юнайтед" Коул Палмерни сотиб олмоқчи  4 14:12"Челси" "Атлетико"нинг Олимпиададаги ҳужумчисини сотиб олмоқчи  2 13:39"Бавария" 2025 йил ёзида Симонс билан шартнома имзоламоқчи  1 13:14Мбаппе ёки Винисиус — пенальти ва жарима зарбаларини ким тепади?  3 12:48Расман: Ромеу "Жирона"га қайтди  3 12:22Танташев кеча олган жароҳати туфайли Элит ОЧЛ плей-офф учрашувида ишлай олмайди  7 12:15Мареска "Челси" нима учун Галлахерни сотишга мажбурлигини тушунтирди  0 11:55"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 11:03Футзал. ЖЧ-2000. Ўзбекистоннинг дастлабки уриниши, 29 та гол ўтказган мезбон ҳамда бир ўйинда икки дарвозабонидан айрилиб, учинчи посбон билан Бразилиянинг гегемонлигига чек қўйган чемпион ҳақида ҳикоя қиламиз  0 10:34«Тоттенхэм» 75 миллионга ҳужумчи сотиб олади  2 10:02«Ньюкасл» Англия терма жамоаси аъзосини 70 миллион еврога сотиб олади  8 09:31Давид де Хеа фаолиятини Европанинг ТОП-5 чемпионатида давом эттиради  4

Hamyurtlarimiz Qirg'iziston chempioni! Yangiliklar

Hamyurtlarimiz Qirg'iziston chempioni!

Teglar :  Qirg'iziston
Yon qo'shnimiz Qirg'iziston chempionatida o'tgan hafta joriy mavsum nihoyasiga etdi. Bu mamlakat chempionatida oliy liga Top-liga deb ataladi va g'oliblik uchun 6 ta jamoa kurash olib boradi.

CHempionat yakunlanishiga bir tur qolganda O'shning “Oloy” klubi muddatidan avval chempionlik masalasini hal qildi. Bejizga Qirg'iziston Top-ligasi haqida fikr yuritmayapmiz. Yon qo'shnilarimiz chempionatida bir qator hamyurtlarimiz faoliyat yuritishmoqda. Etiborlisi, Top-ligada o'ynagan bir nechta legionerlarimiz “Oloy” safida chempion bo'lishdi. Bu bilan xorijda chempion bo'lgan legionerlarimiz soni yana ko'paydi.

“Oloy” klubi tarkibida to'p surgan Artur Parvanov, Ulug'bek Mo'minov, Temur Sultonov, Ernest Sedko, Rustam Azamov va Temur Vasilev Qirg'iziston chempioni degan unvonga sazovor bo'ldilar. “Lokomotiv” klubidagi faoliyati orqali muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan darvozabon Artur Parvanov joriy mavsumni qo'shni chempionatda o'tkazdi. U “Oloy” jamoasining asosiy posboni bo'ldi va chempionlikka munosib ulush qo'shdi. “Navbahor”ning sobiq himoyachisi Temur Sultonov va namanganlik Ulug'bek Mo'minov ham mavsumni to'liq “Oloy” tarkibida o'tkazishdi. Yodingizda bo'lsa, Sultonov o'tgan yili birinchi davrada “Andijon” sharafini himoya qilgan bo'lsa, mavsumning ikkini qismida “Xotira-79”da to'p surgandi. Mo'minovni esa oliy liga klublarida o'ynaganini eslay olmaymiz. Bu ikkala futbolchi ham “Oloy” jamoasining asosiy o'yinchilari bo'lishdi. Sultonov “Dordoy” bilan o'yinda gol ham urganini aytib o'tish kerak. Ernest Sedko chempionatimizda deyarli o'ynamagani bois uni muxlislar tanimasliklari ham mumkin. Bir necha yil davomida Qozog'iston birinchi liga klublarida to'p surgan Sedko bu mavsum Qirg'izistonda o'ynadi. Bu hujumchining “Oloy” klubidagi faoliyati yomon kechmayotgandi. Ammo chempionat oxirlarida Sedko jiddiy jarohat olib safdan chiqdi. Bu legionerlarimizdan tashqari, “Lokomotiv” va “SHo'rtan” jamoalarining sobiq futbolchisi, chap qanot himoyachisi Rustam Azamov ham Qirg'iziston chempionatida o'shliklar safida faoliyat olib bordi.  Mavsumning ikkinchi qismida “Oloy” safiga yana bir hamyurtimiz Temur Vasilev ham qo'shildi. Birinchi davrani “Andijon”da o'tkazgan Vasilev yozgi tanaffusda tibbiy ko'rikdan o'ta olmagandi. Futbolchi o'ylanib o'tirmay Qirg'izistonga yo'l oldi va “Oloy” tarkibidan joy oldi. Vasilev yangi jamoasini kuchaytira oldi va chempionlikka munosib hissasini qo'shdi. Etiborlisi, O'zbekistonda sog'lig'i bilan bog'liq muammo tufayli O'zbekistonda futbol o'ynashga ruxsat etilgan futbolchi boshqa mamlakatda chempion bo'ldi. SHuni ham aytib o'tish kerakki, mavsumning birinchi qismida “Oloy” safida to'p surgan Ayubxon Gapparov oxirigacha qo'shni chempionatda o'ynay olmadi. Yozda u O'zbekistonga qaytdi va birinchi liga vakili “CHust-Paxtakor” sharafini himoya qilmoqda. Gapparov qo'shni chempionatda o'zini ko'rsata olmagan ko'rinadi. SHuningdek, ayni paytda “Andijon” safida o'ynayotgan Tursunboy Xusanov ham mavsumning birinchi qismini qo'shni chempionatda o'tkazdi. U Bishkekning “Olg'a” klubi sharafini himoya qildi. Yozda esa Xusanov “Andijon” tarkibiga qo'shildi.  



“Oloy” klubini barchamizga yaxshi tanish bo'lgan sobiq futbolchi Andrey Vlasichev chempion qildi deyish mumkin. O'z vaqtida O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Qizilqum”, “SHo'rtan” klublarida o'ynagan Vlasichev hozirda murabbiy sifatida faoliyat yuritmoqda. Mavsum boshida “Oloy”da uning otasi Vladimir Vlasichev bosh murabbiy edi. CHempionatning ikkini qismidan boshqaruvni o'g'li Andrey Vlasichev o'z qo'liga oldi. SHuningdek, Vlasichevlarning yana biri Anatoliy ham “Oloy” klubida to'p surganligini aytib o'tish joiz. Andrey Vlasichev futbolchilik faoliyatida “Paxtakor” safida O'zbekiston chempioni bo'lganini muxlislar yaxshi bilishadi. Endi u murabbiy sifatida bunday unvonga sazovor bo'ldi. “Oloy” jamoasi Qirg'iziston chempionatida o'z tarixida ikkinchi marta oltin medallarni qo'lga kiritdi. Bu jamoa 2013 yilgi mavsumda ham shoxsuppaning eng yuqorisidan joy olgandi. Bir yillik tanaffusdan so'ng “Oloy” chempionlikni yana qaytarib oldi. Ikkinchi o'rin o'tgan yilgi chempion “Dordoy” klubiga nasib etdi. “Oloy” esa kelasi OFK Kubogida ishtirok etish xuquqini qo'lga kiritdi.

Boburbek Tursunov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика