So’nggi yangiliklar

10:25Родригонинг вакиллари Англияда  4 10:1025 август куни ЎФФ раҳбарияти иштирокида брифинг бўлиб ўтади  0 09:52Луис Энрике: "Танқидларни тўғри тушунаман"  0 09:37Суперлига. Бугунги учрашувларни кимлар шархлайди?  9 09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0 08:57"Ювентус" Артурни ижарага беради  1 08:27Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди?  11 08:00Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" 1:2  2 07:56Суперлига. Бугун бизни яна иккита учрашув кутиб турибди  12 07:35Суперлига. "Нефтчи" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Бухоро" – "Қўқон-1912" баҳсида эса ўйин тақдирини битта гол ҳал қилди  1 07:30Расман. "Ювентус" футболчиси АПЛга кўчиб ўтди  0 01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  1 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  1 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  69 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1

"Hamyurtlar Kubogi - 2017". Finalchilar aniq! Yangiliklar

"Hamyurtlar Kubogi - 2017". Finalchilar aniq!

28 yildan beri o'tkazib kelinayotgan "Hamyurtlar Kubogi"ning finalchilari aniqlandi!

Bugun naqd 54(!)ta jamoa qatnashgan xotira turnirida ishtirokchilar soni nafaqat musobaqa tarixida, balki yurtimizda o'tkaziladigan bolalar turnirlari orasida ham rekord darajaga chiqqan "Hamyurtlar Kubogi" yarim final o'yinlari o'tkazildi.

Yarim final uchrashuvlari oldidan hal qiluvchi o'yinlarga etib kelgan to'rt jamoa rasmiylari ishtirokida qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Yangiyo'l futbolga ixtisoslashgan maktab internatining maydonida bo'lib o'tgan yarim final bahslari anchagina qiziqarli kechdi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Ayniqsa, Olmaliqning BO'SM va Qibrayning "Qibray-1" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv tomoshabop o'tdi. Garchi bellashuvda qibraylik yosh futbolchilar g'alaba qozongan bo'lsada, o'yin davomida ustunlik olmaliqliklar tarafida bo'ldi. Ruslan Gamadeev shogirdlari har bir bo'limi 30 daqiqadan iborat bo'lgan bellashuvning katta qismida raqibidan ustunlik qilishdi. Darvozani ishg'ol qilish uchun etarlicha imkoniyatlarga ega bo'lishdi. Ammo omad kelmasa qiyin ekan. Aksincha, qibraylik bolalar deyarli har bir hujumdan unumli foydalanishdi va finalga yo'l olishdi.

Ikkinchi yarim final bahsida esa, Toshkent viloyati terma jamoasi Yangiyo'l futbolga ixtisoslashgan maktab internat tarbiyalanuvchilariga qarshi maydonga chiqishdi. Birinchi yarim final o'yinidan farqli ravishda bu safar maydonda ustunlik qilgan jamoa g'alaba qozondi. Amalda mezbon hisoblangan yangiyo'llik bolalar viloyat termasiga nisbatan mazmunli o'yin namoyish qildi va yakunda 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Ertaga musobaqaning final va uchinchi o'rin uchun uchrashuvlari o'tkaziladi. Aytish kerak, musobaqaning yopilish marosimida bir qator rasmiylar ishtirok etishi ko'zda tutilgan. Qolaversa, marhum "paxtakorchilar" - Mixail An, Vladimir Fyodorov, Olim Ashirovning xotirasi uchun o'tkazilayotgan mazkur musobaqaning yopilish marosimiga Janubiy Koreya respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasining rasmiy vakili ham qatnashishini bildirgan.


"HAMYURTLAR KUBOGI - 2017"

Yarim finallar    

BO'SM (Olmaliq) - "QIBRAY-1" (Qibray) - 1:3 (0:2)

Bosh hakam: Karamatullo Hasanov.

Qanot hakamlari: Ravshan Mavlonov, Tursunboy Jo'raboev.

Zaxiradagi hakam: Ahror Usmonov.

Nazoratchi: Ravshan Musulmonov.

Gollar: S.Xudoynazarov, 3 - 0:1. S.Xudoynazarov, 18 - 0:2. M.Sobirov, 45-penaltidan - 0:2. A.Salimov, 48 - 1:3.


YAFMI-2 (Yangiyo'l) - TOSHKENT vil.t.j. - 2:0 (2:0)

Bosh hakam: Ravshan Mavlonov.

Qanot hakamlari: Ahror Usmonov, Tursunboy Jo'raboev.

Zaxiradagi hakam: Karamatullo Hasanov.

Nazoratchi: Ravshan Musulmonov.

Gollar: SHokir SHarifjonov, 7 - 1:0. Diyorbek Mamadaliev, 20 - 2:0.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика