So’nggi yangiliklar

21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  0 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  0 21:05Суперлига. "Нефтчи" – "Бухоро" 0:0 (матнли трансляция)  20 21:05Суперлига. "Машъал" - "Насаф" 1:1 (матнли трансляция)  32 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0 20:2332 ёшли Парти "Арсенал"ни тарк этади — Туркия клублари ҳаракатда  0 19:38"Ливерпуль" ҳимоя чизиғида ўзгариш кутиляпти — "Кристал Пэлас" ҳимоячиси рўйхатдаги асосий номзодлардан бири  0 18:41Мудрик антодопинг қоидаларини бузганликда айбланса, "Челси" уни судга беради  7 18:18Аморим Рэшфордга чиқиш эшигини кўрсатмоқда: МЮ уни "Реал"га таклиф қилди   3 17:51Жароҳатдан кейинги катта сакраш: "Барселона" ёш истеъдод учун курашмоқда  2 17:23Фабрегас Моратани "Комо"га таклиф қилмоқчи  2 16:56Кореяда хорижлик дарвозабонларга қўйилган тақиқ бекор қилинди  1 16:29Умиджон Эргашев: "ОКМК билан ўйинда бизни ғалабадан бошқа натижа қониқтирмайди"  1 16:00Элдор Шомуродовнинг Туркияга йўл олиши футболчининг фойдасига ишлайдими ёки зарарига?  16 15:44Кумир билан учрашув: Ямаль Бразилияда Неймар билан бирга футбол ўйнади  4

Hamrobekov va Hamdamov qaytadimi? Ibrohimhalil Yo'ldoshev "Jenoa"ga o'tadimi? - Piter Xyuistra ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

Hamrobekov va Hamdamov qaytadimi? Ibrohimhalil Yo'ldoshev "Jenoa"ga o'tadimi? - Piter Xyuistra ishtirokidagi matbuot anjumani

Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra fikrlarini bildirib o'tdi.

"Paxtakor" va "Lokomotiv" jamoalari ishtirokidagi o'yin o'z nomi bilan derbi. Qiziqish katta bo'ladi. Bugun o'yinni juda yaxshi boshlay olmadik. Raqib birinchi zonada bizni pressing bilan qarshi oldi. Ayrim urinishlarimiz o'xshamadi. Birinchi gol muhim pallada urildi deb o'ylayman. Tanaffusda bazi bir narsalarni o'zgartirdik. Abror Ismoilov maydonga tushgach balans yuzaga keldi va o'yinni nazorat qildik, ikkinchi golni urdik. Oldinda bizni tanaffus kutyapti. Bir hafta ichida mashg'ulotlarga qaytamiz", – deydi Piter Xyuistra. 

- Ibrohihalil Yo'ldoshevning maydonga tushmayotgani raqobatda yutqazayotganidanmi yoki kuchli jamoalardan taklif bo'lgani uchun diqqatni yo'qotdimi?

- Ibrohimhalil juda yaxshi o'yinchi. Mashg'ulotlarda ishlamoqda. Bu ko'proq tanlovga bog'liq. Hozir Hojiakbar Alijonov maydonga tushmoqda. Ibrohimhalilga ishonganimiz uchun Akrom Komilov va Vladimir Kozakni boshqa jamoaga berishga qaror qildik.

- Futbolchining agentlari uni "Jenoa"ga o'tishi haqida malumot berdi. Ibrohimhalil Yo'ldoshev A Seriya darajasiga tayyormi?

 - Agent klubni xabardor qilmagani g'alati narsa. Mazkur holatga izoh berishni istamayman. Agent futbolchiga yordam berishi kerak. O'ziga hos ko'prik vazifasini o'tashi zarur. Lekin men hech narsa eshitmadim. Agar rost bo'lsa, ko'ramiz. 

- Nima deb o'ylaysiz, bugun ozgina bo'lsa ham niderland va portugal futbolini ko'rdikmi?

- SHunaqa desa ham bo'ladi. Har bir murabbiy o'z mamlakatidan nimadir yangilik olib kirishga intiladi. Masalan, men Yoxan Kroyfni uslubini yoqtiraman. Sekeyra ham Joze Mourinyudan nimanidir olishga harakat qilgan deb o'ylayman. Har bir murabbiy ishlayotgan jamoasida o'z imzosini ko'rsatishga urinadi. 

- Jamoaning sobiq futbolchilari Odil Hamrobekov va Doston Hamdamov qaytsa ham yoshlarga imkon berishda davom etasizmi? 

- Yoshlar raqobatga tayyor turishi kerak. Bugungi o'yinda to'p tepgan Xumoyunmirzo Iminov o'tgan uchrashuvda juda yaxshi harakat qilgandi. Uni bugun raqib futbolchilar ko'p taqib qildi. Abror Ismoilov bahsga qo'shilib, o'yinni o'zgartirdi. Yoshlar shu jarayonda o'sib  borishi kerak. Iminov  aqlliroq va tajribali futbolchilarga qanday o'ynash lozimligini bugun ko'rdi. Odil Hamrobekov qaytadi. Doston Hamdamov borasida aniq gap ayta olmayman.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика