So’nggi yangiliklar

00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  0 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  9 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0

Hammamiz hurmat qiladigan Ermatov 40 yoshda, Kovalenko 42 yoshda! Yangiliklar

Hammamiz hurmat qiladigan Ermatov 40 yoshda, Kovalenko 42 yoshda!

Bugun O'zbekistonning eng mashhur hakami Ravshan Ermatov 40 yoshga to'ldi. Mashhurlik bobida ikkinchi o'rinda turadigan Valentin Kovalenko esa 42 yoshni qarshi oldi.

Ular haqida nimalarni bilamiz? 

Avvalo O'zbekistonning har ikkala ko'zga ko'ringan hakamini tavallud ayyomlari bilan tabriklaymiz. Ularga uzoq umr, sihat-salomatlik hamda oilaviy tinchlik totuvlik tilaymiz.


Ravshan Ermatov 1977 yil 9 avgust kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. O'zbekistonning 9 karra "Eng yaxshi hakami", Osiyoning beshta marta "Eng yaxshi hakami", shuningdek "O'zbekiston iftixori" ko'krak nishoni (2010), "El-yurt hurmati" (2014) va "Buyuk xizmatlari uchun" (2015) ordenlari sohibi. 

Ermatov o'z intervyularida oldin futbol o'ynagani, biroq keyinchalik jarohat olib hakamlikka o'tib ketgani haqida ko'p gapirgan. U 1996 yilgi mavsumda birinchi liganing "G'azalkent" jamoasida to'p tepgan, biroq og'ir jarohat tufayli futbolni erta tugatishga majbur bo'lgan. Ermatovga o'shanda otasi Sayfiddin aka - bugungi kunda hakamlar nazoratchisi - hakamlik bilan shug'ullanib ko'rishga maslahat beradi. SHu-shu Ravshan Ermatov qo'liga hushtakni oladi-yu, mana 15 yildirki FIFA referisi hisoblanib kelmoqda. 

Avvaliga birinchi liga o'yinlarini boshqarib o'z faoliyatini sekin-asta yo'lga qo'yib borgan Ermatov tez orada yaxshi hakam bo'lib etishadi. U 25 yoshidayoq FIFA referisi degan nomga sazovor bo'ladi. U 2003 yil o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati, 2007 yilda yoshlar o'rtasidagi jahon birinchiligi, shuningdek Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida hakamlik qilgan. Endi Osiyo chempionlar ligasi o'yinlarini aytmasa ham bo'laveradi. 

Ermatov faoliyatida JCH-2010 va JCH-2014 alohida o'rin tutadi. U JARda bo'lib o'tgan mundialda beshta o'yinni boshqarishga muvaffaq bo'lgan, Braziliyada o'tgan musobaqada esa to'rtta o'yinni boshqargan. Ravshan Ermatov jahon chempionatlarida eng ko'p (hozircha 9ta) o'yinni boshqarish bo'yicha dunyo hakamlar orasida birinchi o'rinda turadi. 


Valentin Kovalenko haqida to'xtaladigan bo'lsak, bu hakam 1975 yilning 9 avgustida tug'ilgan. Taniqli sobiq hakam hamda OFK yo'riqchisi Anatoliy Kovalenkoning o'g'li. Valentin Kovalenko kamgap insonlardan biri, har holda chetdan bizga shunday tuyuladi. Lekin u o'z ishiga doim professional munosabatda yondoshadi. 

Kovalenko OFK tasarrufidagi ko'plab musobaqalarda ishlagan. Avvaliga OFK Kubogi o'yinlarini boshqarish bilan xalqaro hakamlik sohasiga kirib kelgan bo'lsa, keyinchalik Osiyo chempionlar ligasi ham unga ishonib topshiriladi. Koavalenko bilan Ermatov juda yaqin do'st hisoblanishadi. Ularni ko'pincha ko'cha-ko'yda birga uchratib qolish mumkin. 

Valentin Kovalenko hakamlik faoliyati davomida shu paytgacha ikki bor OFK CHaqiruv kubogi finalini (2008, 2014) boshqargan, shuningdek 2012 yil o'tkazilgan OFK Kubogi finalida hakamlik qilgan. Bundan tashqari, 2010 yil bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari finalida ishlagan (Yaponiya - BAA 1:0). Kovalenko har yili muntazam o'tkazib kelinadigan Osiyo chempionlar ligasida ham qator o'yinlarni boshqarib kelmoqda. 

X.Xoliqov


Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика