So’nggi yangiliklar

00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  1 23:58Шквирин "Андижон"да  2 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  20 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  5

Hamma uchun namuna bo'la oladigan futbolchi Yangiliklar

Hamma uchun namuna bo'la oladigan futbolchi

Avgust oyining boshida, 18 yoshli paragvaylik yarim himoyachi Gustavo Peralta "Palmeyras" bilan professional shartnoma imzoladi.

Uning eshitish qobiliyati past - 80%. U deyarli eshitmaydi va gapirmaydi. 

Peralta CHexiya va SHveycariyada o'tgan turnirlarda "Palmeyras" U-19 tarkibida yorqin o'yinlar ko'rsatib, Braziliya klubi vakillarini hayratda qoldirdi. Musobaqadan so'ng, klub unga professional shartnoma taklif qildi. Gustavo "Palmeyras" U-20 safida Braziliya yoshlar chempionatida o'ynaydi, ammo uni istalgan vaqtda birinchi jamoaga chaqirishlari mumkin.


Paragvaylik futzalchining o'g'li bo'lgan Peralta olti yoshidan beri futbol o'ynaydi. Gustavo bolaligida boshqa o'yinchilarni tushunish uchun imo-ishora va lablarni o'qishni o'rgangan.

Malumotlarga ko'ra, "Palmeyras" yarim himoyachi uchun nutq terapiyasini va u bilan birgalikda jamoaning boshqa o'yinchilari uchun imo-ishora darslarini tashkil etishni taminlaydi.

Peralta kuchli va tezkor yarim himoyachi bo'lib, butun diqqatini Krishtianu Ronalduga qaratadi va uni o'z kumiri deb ataydi.

Gustavo allaqachon "Palmeyras" yulduzlari bilan tanishib olishga ulgurdi. Suratning o'ng tomonida Kievning "Dinamo" jamoasida o'ynagan Dudu.

Yaqin orada Peralta o'zining "Palmeyras" safidagi debyutini o'tkazishi haqiqat emasdir, ammo biz baribir bu noyob futbolchini kuzatib boramiz.

Eslatib o'tamiz, hozirda “Palmeyras” klubini “Bunyodkor” klubi sobiq bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari boshqarib bormoqda.

SHerzod Nurmatov tayyorladi

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика