So’nggi yangiliklar

08:13Элдор Шомуродов терма жамоамизнинг олимпия ўйинларидаги иштироки ҳақида фикр билдирди  3 07:45Шунчаки қойил! 6 очкодан маҳрум бўлган Канада аёллар терма жамоаси плей-оффга йўл олди. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  1 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  0 04:48Париж-2024. Ўзбекистон гуруҳ босқичида барча жамоалар ичида қандай кўрсаткичлар қайд этди?   12 00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  16 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  4 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8

Hamma sevib o'ynaydigan futbol simulyatorlarini qaerda tayyorlashadi Yangiliklar

Hamma sevib o'ynaydigan futbol simulyatorlarini qaerda tayyorlashadi

Kanada, Vankuverning Byornabi shaharchasi.
Bu erda 37 ming kv. metr (5ta futbol maydoniga teng) joyda hamma sevib o'ynaydigan video o'yinlar tayyorlaydigan Electronis Arts kompaniyasining eng takomillashgan idorasi joylashgan.

EAning ushbu kampus yaratilishi ustida PWL arxitektorlik byurosi ishlagan. Kampusni qurishda asosan - ekologik muvozanatga, xodimlar uchun qulaylikka katta etibor qaratilgan.
Bugun bu kampusda  - mingdan ortiq insonlarning ish joyi va ularning safida FIFA yaratuvchilari ham bor. Highsnobiety jurnalida ishlaydigan vankuverlik suratkash Jeremi Li sizga quyidagi kadrlarni taqdim etdi.








Kampusdagi eng katta ish joyi Capture Labga berilgan va aynan shu tufayli EA Sports o'yinlari sizga haqiqiy hissiyotlarni bera oladi.


Capture Lab jamoasida 25 kishi bor. Joyni ishga tayyorlash uchun bazida bir kun vaqt ketadi. U erga "Boing-737" muammosiz sig'ishi mumkin.



Hozir bino barcha sport turlariga moslashtirilgan - faqat polni almashtirish va krossovkalarning o'rniga konki kiyish kerak bo'ladi.




Bir paytlar labaratoriya universal bo'lmagan va tez-tez boshqa joyda ishlashgan. Uskunalar to'la yuk mashinalari haqiqiy muz maydoniga borar va u er kamida bir hafta studiya vazifasini o'tab berar edi. Hozirda faqat yulduzlar tufayli ko'chib boriladi, qolgan paytlarda esa Vakuverda chiqishga hojat yo'q.

Bu erda har tong 140ga yaqin kamerani to'g'irlash bilan boshlanadi.





Direktor va uning assistentlari o'nlab monitorlar yordamida maydonda yuz berayotgan voqealarni boshqarib boradi.



Maydonda harakat qilayotganlarda oq markerlar bilan yopishtirilgan qora kiyim va oyoq kiyim kiyaadi.




Kameralar atrofiga o'rnatilgan chiroqlar yordamida markerlardan aks estadi va monitorda model ko'rinadi. Basketbolda jarima zarbasini otishni yaratishga - 25 daqiqalik tinimsiz yozuv ishlari ketadi.


Capture Labdagi ishchilarning yana bir vazifasi - obrazlar yaratiladigan materiallarni tayyorlash. Buning uchun sportchi boshini har tomondan suratga olishadi va bu jarayonga 5 daqiqa ketadi. Kerakli uskunalarga ega jamoa doimo ko'chib borishga tayyor.






"Nima qilayotganingizning ahamiyati yo'q: "Sosiskalarmi yoki video o'yinlar. Doimo recept va harakatlar ketma-ketligi bor. Ishimiz - tort tayyorlashga o'xshaydi. Ammo bizning tortimiz millionlab dollar turadi" - deydi studiya rejissyori Jo Nikolls.
EA kampusi - bu faqatgina ishlash uchun ideal joygina emas. Kafe, dam olish zonasi, o'yin zallari (pristavkalar, bilyard, stol tennisi), kinoteatrlar, kutubxona, fitness-markaz, massaj xonalari, yoga maydonlari, futbol, basketbol, voleybol maydonlari. Xodimlar xordiq chiqarishi uchun deyarli hamma narsa bor. 









XXI asr boshida har hafta kampusga sartaroshlar kelardi - ishchilar bunga vaqti etmasligini rahbariyat tushungan.  Natijada kampusda sartarosh, fizioterapevt, ximchtozalash va avtoyuvish xizmatlari paydo bo'ldi. Bu erda kun davomida kuchugingizga qarab turishlari mumkin va bu xizmatdan har kuni 50ga yaqin xodim foydalanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика