So’nggi yangiliklar

23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  2 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  0 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  1 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  2 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  4 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  6 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  12 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  13 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  21 20:28"Металлург" 11 нафар футболчини рўйхатдан ўтказди, улардан 2 таси — легионер  5 20:10Россия кубоги. "Рубин" — "Акрон". Эсанов дебют қилади, Ашурматов ҳам асосийда  3 20:00Расмий хабар: "Насаф" Жанубий Судан терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузди  15 19:55Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон учрашувида ғолиб номи аниқланмади  169 19:44"Ювентус" янги мавсум сафар либосини намойиш этди  1 19:31"Зенит" ярим ҳимоячисини сотиб юбормоқчи  1

Hamma PFLning yakuniy qarorini kutyapti Yangiliklar

Hamma PFLning yakuniy qarorini kutyapti

SHunday qilib bu yilgi milliy chempionatimiz ham tugadi. Doimgidek shiddatli bahslar ham, zerikarli o'yinlar ham kuzatildi, hakamlar bilan bog'liq mashmashali holatlar ham uchrab turdi.

Nima bo'lgan taqdirda ham chempionat o'z yakuniga etdi. Kutilganidek, “Lokomotiv” chempion bo'ldi. Bu jamoaga jiddiy qarshilik ko'rsatgan hech kim ko'zga tashlanmadi. Go'yoki poygaga hamma bir paytda yo'lga chiqdi-yu, lekin yo'l-yo'lakay boshqalar birin-ketin qoqilib qolaverdi. Natijada “Lokomotiv” bundan unumli foydalanib, marraga birinchi etib keldi.


Barcha o'rinlar malum, endi nima bo'ladi?

Yakuniy jadval qanday ko'rinish olganini oxirgi tur uchrashuvlaridan so'ng bilib oldik. “Lokomotiv” - chempion, “Nasaf” ikkinchi, “Paxtakor” esa uchinchi o'rinni egalladi. Sovrinli o'rinlar uchun kurashgan “Bunyodkor” bu yil to'rtinchi o'rin bilan kifoyalandi. SHuningdek, quyi o'rinlardagi jamoalar ham malum. “Obod”-ku allaqachon oliy liga bilan xayrlashib bo'lgandi. “Neftchi” mavsumni ancha past notada o'tkazib, 15-o'rinni egallagan bo'lsa, “SHo'rtan”, “So'g'diyona” va “Dinamo” klublari chempionatni bu jamoadan biroz teparoqda tugatishdi.

Ana endi ko'pchilik buyog'iga PFLning yakuniy qarorini kutsa ajab emas. Zero, keyingi yil oliy ligada 12ta jamoa ishtirok etishi hamda o'zimiz o'rganib qolgan oliy liga Superliga deb atalishi tashkilot tomonidan rasman malum qilindi. Keyingi yil Superligada 12ta jamoa ishtirok etadi ham deylik. Xo'sh, bu jamoalar kimlar bo'ladi? Boshqacha aytganda PFL Superliga ro'yxatidan kimlarni chiqarib tashlaydi? “Obod” allaqachon o'yindan chiqqan. Demak, buyog'iga 15ta jamoa qolyapti.

"SHo'rtan" birinchi ligada, "Neftchi" va boshqalar-chi?

Bu yilgi chempionatni 14-o'rinda tugatgan “SHo'rtan” keyingi yil birinchi ligada o'ynaydi. Aytgancha, birinchi liga kelasi mavsumdan etiboran Pro-liga deb yuritiladi. “SHo'rtan”ning Pro-ligada qatnashishini klubdagi deyarli hamma tasdiqlab bo'ldi. Bu borada gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Lekin “Neftchi”, “So'g'diyona” va “Dinamo” klublarining keyingi taqdiri nima bo'ladi? Biz hozirdan ushbu jamoalar ham oliy liga bilan xayrlashdi deya olamizmi? Agar 12ta jamoa qoladigan principlarga qaraydigan bo'lsak, bu jamoalar ham keyingi yil Superligada bo'lmaydi. Ammo masalaning ikkinchi tomoni ham bor va gap bu erda klublarni licenziyalash haqida ketyapti.

PFL o'z xabarida shunday deydi: “Biz Superligaga klublarni qo'yayotganda faqat sport natijalarini hisobga olmaymiz, balki licenziyalash talablarini qay darajada bajarganiga ham etibor qaratamiz”. Bu gapdan qanday xulosa chiqarish mumkin? Aytaylik, “Neftchi” bu mavsum o'zini ko'rsata olmadi va 15-o'rinni egalladi, jamoa sport natijalariga ko'ra oliy liga bilan xayrlashishi kerak, ammo klub licenenziyalash talablarini to'liq bajargan bo'lsa-chi? Licenziya bo'yicha muammo yo'qligi klubning Superligada olib qolinishiga sabab bo'la oladimi?

Yoki bo'lmasa “Qizilqum” chempionatni 11-o'rinda tugatgan, biroq licenziyalash bo'yicha kamchiliklari bor, bu holatda PFL nima qiladi? Endi bu shunchaki misollar xolos. Negaki biz faqat sport natijalari va yakuniy turnir jadvalini bilamiz. Licenziyadan kim o'tgani-yu, kimlar o'ta olmasligidan xabarimiz yo'q. Bu o'rinda shunchaki natija va licenziyalashni umumlashtirishga harakat qilyapmiz.

PFL tezroq yakuniy xulosani bayon qilishi kerak

Oliy ligada chempionat tugagani bilan klublar dekabr oyi o'rtalaridanoq yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborishadi. Bu doim shunday bo'lib kelgan. Bundan tashqari, dekabrda keyingi mavsum uchun qura tashlanishi hamda jamoalar shunga monand hozirlik olib borishlari lozim. Buning uchun esa endilikda yangi PFLning eng shimarib ishlashiga to'g'ri keladi. Oliy ligada keyingi yil rostan 12ta jamoa bo'ladimi, qura qanday tartibda o'tkaziladi, bu haqda tashkilot rasmiy malumot bermaguncha biz ham, klublar ham hech narsa deya olishmaydi.

PFL Bosh direktori Omon G'ofurovning aytishicha, keyingi yil futbol muxlislarini juda katta yangiliklar kutmoqda va chempionatimiz yanada qiziqarli o'tishi taxmin qilinmoqda. SHuningdek, klublarga solinadigan jarimalar miqdori ham ortadi. Bu haqda tashkilot binosiga borganimizda Omon G'ofurov aytib o'tdi. Bundan tashqari, hozircha "SHo'rtan"dan boshqa hech bir klub biz birinchi ligaga tushib ketdik degani yo'q, chunki keyingi yil qaerda o'ynashni klublarning o'zi ham bilmaydi.  

Superliga formati qanaqa tartibda bo'ladi?

Mayli, oliy liga Superligaga o'zgardi ham deylik. Lekin musobaqa o'tkazish tartibi qanday ko'rinishda bo'ladi? PFL dastlab 12ta jamoa ishtirokida uch davrali chempionat haqida xabar bergandi. Lekin oradan bir oycha o'tib to'rt davrali tizim haqida axborot berdi. Uch davrali tizimda jamoalar 33tadan o'yin o'tkazishlari kutilgandi, ammo endilikda to'rtinchi davra ham qo'shilib o'yinlar soni 38taga etadi. Lekin 38 turdan iborat chempionat formati qanday bo'ladi?

PFL saytining malum qilishicha, 12ta jamoa dastlab uy-mehmon tarzida ikkita davrani o'tkazadi. Bu 11tadan jami 22ta tur degani, uchinchi davrada qura orqali jamoalar yana bir-birlariga qarshi bahs olib borishadi. Faqat bunda hamma bir-biri bilan bir martadan maydonga tushadi va o'yin kimning maydonida o'tkazilishi malum emas. SHunday qilib yana 11ta tur qo'shiladi, jami 33 bo'ldi. Oxirgi to'rtinchi davrada esa jamoalar ikki guruhga bo'linadi: 1-6 o'rinlar chempionlik uchun, 7-12 o'rinlar elitada qolish uchun o'zaro yana bittadan o'yin o'tkazishadi. Faqat bunda ham o'yinlar kimning maydonida bo'lib o'tishi aniq emas.

Agar bitta klub yil davomida ikkinchi bir jamoaga qarshi jami to'rt marta bahs olib borsa-yu, shundan uchtasini mehmonda o'ynab qolishi ehtimoli bor. Masalan, “Bunyodkor” birinchi davrada “Nasaf”ni o'z maydonida qabul qiladi, ikkinchi davrada Qarshiga boradi, uchinchi davrada qura sabab yana Qarshiga borishiga to'g'ri kelib qoldi deylik, lekin to'rtinchi davrada yana safarda o'ynadigan bo'lsa-chi? Bunday variant “Bunyodkor”ni qoniqtiradimi? Yo'q, albatta. CHunki har bir jamoa o'z muxlislarimiz qarshisida ham to'p tepsak deydi.

Yana bir muhim masala shuki, to'rt davrali chempionatda qachon transfer oynasi ochiladi? Qachon klublar yangi futbolchilarni qo'shib olish imkoniyatiga ega bo'lishadi? Ikkinchi va uchinchi davra o'rtasidami yoki bo'lmasa, uchinchi va to'rtinchi davra o'rtasidami? Bundan tashqari bir davradan ikkinchisiga o'tayotganda ochkolar va sariq kartochkalar qanday hisoblanadi? Ayniqsa, oxirgi davra arafasida ochkolarni hisoblash tartibi qanday bo'ladi? Oltin ochkolar inobatga olinadimi? Futbolchi nechta sariq kartochkadan keyin navbatdagi turni o'tkazib yuboradi? Xullas bu borada savollar etarli va umid qilamizki, PFL tez orada hamma savol va bahsli mavzularga oydinlik kiritadi.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика