So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  1 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  3 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Hamidjon Aktamov: “Yangi yilda ham qalblarimizni futbol zavqi aslo tark etmasin!” Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: “Yangi yilda ham qalblarimizni futbol zavqi aslo tark etmasin!”

Yana sanoqli soatlardan so'ng, yurtimizga Yangi - 2015 yil eshik qoqib kirib keladi. Ayni shu lahzalarda barcha o'z yaqinlarini bayram bilan qutlashga oshiqqan.
Biz “Qizilqum” professional futbol klubi Ijrochi direktori Hamidjon Aktamovni Yangi yil bilan tabriklar ekanmiz, u kishi o'z dil izhori va tilaklarini klub rasmiy veb-sayti orqali muxlislarga etkazib qo'yishimizni iltimos qildilar.

  - Darhaqiqat, yana bir necha soatdan keyin bir yoshga ulg'ayamiz, - deydi Hamidjon G'ULOMOVICH. - O'tgan yil jamoamiz qo'lga kiritgan natijalarimiz bilan u qadar maqtana olmasak-da, malum tanaffusdan so'ng Navoiyga katta futbolning qaytganligi aslida katta yutuq. Yakunlangan mavsum “Qizilqum” futbol klubi rahbarlari va barcha azolari uchun chin manoda o'ziga xos sinov hamda moslashish yili bo'ldi.  Asosiy o'zagini navoiylik yigitlar tashkil qiluvchi jamoa dastlabki davrada aksariyat jamoalar uchun etarli boshog'riq bo'lganligi, “Qizilqum”ning kelgusi imkoniyatlari xususida fikr bildirish uchun asos bo'ldi, deb bilaman.

  Albatta, ishqibozlar uchun g'alabalar muhim! Buni aslo inkor etmaymiz. “Qizilqum”ning ko'psonli sadoqatli muxlislari borligidan ko'nglimiz tog'dek ko'tariladi, albatta. SHu bois, Yangi yilda biz ularni o'zimizning chiroyli o'yinlarimiz va muhim g'alabalarimiz bilan shodlantirishga bel bog'laganmiz. Buning uchun allaqachon aniq chora-tadbirlar va rejalar ishlab chiqqanmiz. Yangi mavsumda jamoamiz kuchlilar qatoriga qo'shilish uchun bor kuch-imkoniyatini ishga soladi. O'z navbatida bizni har tomonlama qo'llab-quvvatlab turgan Navoiy viloyati hokimligi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Navoiycement” OAJ rahbariyatiga jamoamiz azolari o'z minnatdorchiligini bildiradi.  

  Fursatdan foydalanib, xalqimizni, millionlab muxlislarimizni, futbolimizning barcha jonkuyarlarini kirib kelayotgan Yangi yil bilan chin yurakdan tabriklayman. Boshlanajak 2015 yil chinakam g'alabalar yili bo'lsin! Hademay, Avstraliya yashil maydonlarida start oladigan Osiyo kubogi bahslarida Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi azolariga faqat omadlar yor bo'lishini tilayman.

  Bir so'z bilan aytganda, Yangi yilda ham qalblarimizni futbol zavqi aslo tark etmasin!

"QIZILQUM" PFK Matbuot xizmati.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика