So’nggi yangiliklar

15:52Ўзини тополмаган ўнлик: Биринчи давранинг омадсиз трансферлари   0 15:51Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди  0 15:16Дюмфрис Англия топ клубига ўтиши мумкин  0 14:41Жота ва гуллар  6 13:46"Арсенал" баскетболчи учун 80 миллион евро тайёрламоқда   1 13:08Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди  7 12:27"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради  6 12:00Лунин қарор қилди  2 11:28МЮ ва "Арсенал" товон пули 85 млн евро бўлган "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 11:02Жасур Абдураимов Биринчи лига жамоаси бош мураббийига айланди  4 10:20"Истанбул Башакшехир" Шомуродовнинг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  9 09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  11 09:23"Сурхон" етакчиларидан бири иккинчи даврани "Динамо"да ўтказади  2 08:52Эшитдик-да. Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси "Пахтакор"да  17 08:25Ўзбекистон МТЖнинг собиқ аъзоси Эрон клубига ўтишга яқин  5

Hamidjon Aktamov: "Bugun muhim ikki ochkoni qo'ldan chiqardik" Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: "Bugun muhim ikki ochkoni qo'ldan chiqardik"

"Qizilqum" - "Neftchi" uchrashuvidan so'ng, ikkinchi bo'lib mezbonlar bosh menejeri Hamidjon Aktamov o'yin haqida o'z fikrlarini jurnalistlar bilan o'rtoqlashdi.
- Bugungi uchrashuv oson kechmasligini avvaldan bilardik, - dedi Hamidjon G'ulomovich. - "Neftchi" bejizga chempionat jadvalida etakchilarni taqib qilmayapti. O'yindan oldin farg'onaliklar uchrashuvlari tushirilgan disklarni tomosha qilib, raqibni o'rganishga harakat qildik. SHunga qarab bugun o'yinni tashkil etishga urindik. Raqib - jiddiy, ammo g'alaba qozonsak bo'lardik.

Afsuski, yigitlar juda ko'plab qulay vaziyatlarni ko'kka sovurishdi. Jamoamiz o'yinidan ko'nglim to'ldi. Biroq natijadan qoniqmadim. Achinarlisi, bugun ikki ochkoni qo'ldan chiqardik.

Endi yigitlarga o'n kunlik tatil beriladi. SHundan so'ng, Navoiyda yig'ilamiz. 15 iyulda poytaxtimizdagi "Futbol-MED" sog'lomlashtirish markazida tibbiy ko'rikdan o'tiladi. So'ngra rejaga ko'ra, Toshkent viloyatida o'quv-mashg'ulotlar tashkil etamiz.

Albatta, davralar oralig'ida tarkibda ayrim o'zgarishlar amalga oshiriladi. Darvozabonlardan ko'nglimiz to'q. Biroq boshqa chiziqlarga yangi o'yinchilarni taklif etish niyatimizda. Maqsadimiz esa ikkinchi davra bahslarida muxlislarga chiroyli g'alabalar tuhfa etishdir.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика