So’nggi yangiliklar

01:59"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилиб, Европа лигасида ғолиб чиқди! Энди лондонликларда ҳам соврин бор!  92 01:58"Сирдарё ФА" бош мураббийи Аббос Махсталиев: "Мақсадимиз – академия ёшларига имконият бериш"  4 00:44"Локомотив" "Бунёдкор"ни мағлуб қилса ҳам гуруҳда қолиб кетган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 00:37Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду 935-голини урди  6 00:32Эндрик жароҳати туфайли Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади  1 00:05Илёс Зейтуллаев: "Футболда ғалабадан кўра, мағлубият кўпроқ сабоқ беради"   0 23:35Кейн Бундеслиганинг энг яхши футболчиси деб топилди  2 23:05Григорий Колосовский: "Ғалаба бор, лекин гуруҳ босқичида тўхтадик"  0 22:38Расман: Флик "Барселона" билан шартномасини узайтирди  3 22:09Никола Лазаревич: "Бугунги ўйинда футболчиларимнинг ҳаракатларидан кўнглим тўлди"  1 21:45Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир жамоага ҳурмат билан қараймиз"  0 21:24Ўзбекистон кубоги плей-офф босқичининг барча иштирокчилари аниқ. Қуръа қачон ўтказилади?  5 20:45Ўзбекистон Кубоги гуруҳ босқичи якунланди. "Олимпик Мобиуз" кейинги босқичга йўлланма олди (бугунги натижалар)  12 20:23"Арсенал" Родриго билан музокараларни бошлади  5 19:48Ўзбекистон Кубоги. "Локомотив" 6 очко тўплаган бўлсада гуруҳда қолиб кетди, "Қўқон-1912" ва "Қизилқум" кейинги босқичда  7

Hamidulla Qarchig'aev: Qizilqumning o'z maydonidagi barcha o'yinlari TV orqali jonli namoyish etiladi Yangiliklar

Hamidulla Qarchig'aev: Qizilqumning o'z maydonidagi barcha o'yinlari TV orqali jonli namoyish etiladi

Navoiyda Qizilqum jamoasining oliy liga bahslarida munosib ishtirokini taminlash yo'lida talaygina ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.

Futbolchilarning yuksak saviyada o'yinlar namoyish etishlari uchun Viloyat hokimligi, viloyat futbol federaciyasi, xomiylar barcha shart-sharoitlarni yaratib berishyapti.

Qisqa fursatda Rita-Invest O'zbekiston - Janubiy Koreya qo'shma korxonasi hamkorligida Navoiydagi Yoshlar sport majmuasi xalqaro talablarga javob beradigan holatga keltirildi. Futbol maydoni chimi to'liq almashtirildi. Xorijdan texnika va zarur asbob-ukunalar keltirildi. Stadion darvozalari ham Germaniya olib kelib o'rnatildi. Futbolchilarning yuvinish, kiyinish xonalari jahon standartlari asosida jihozlanganligi etiborga molik.

Yana bir quvonarli jihati, Qizilqum jamoasining o'z maydonida o'tkazayotgan o'yinlari Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi ijodkorlari tomonidan to'g'ridan-to'g'ri tasvirga olinib, oynai jahon orqali namoyish qilinmoqda. Dastlab uchinchi tur doirasida o'tkazilgan Qizilqum - Olmaliq jamoalari uchrashuvi ilk bor to'g'ridan to'g'ri teletomoshabinlar hukmiga havola etilgandi.

- Viloyatimizda millionlar o'yini - futbolni rivojlantirishga katta etibor qaratilmoqda, - deydi Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi rahbari Hamidulla Qarchig'aev. -  Bunga biz teleijodkorlar ham o'z hissamizni qo'shishga bel bog'laganmiz. Beshinchi turdan joy olgan Qizilqum - Paxtakor jamoalari uchrashuvini viloyatimiz teletomoshabinlari to'g'ridan to'g'ri oynai jahon orqali kuzatib borishganidan tashqari, mazkur o'yin teletasvirini ilk marotaba Sport  telekanaliga taqdim etdik. Natija yomon bo'lgani yo'q. To'g'ri, dastlabki tasvirlarda ayrim juziy kamchiliklar yuz bergan bo'lishi mumkin. SHu bois, hamkasblarimiz o'z ustilarida jiddiy ishlab, ko'proq ijodiy izlanishga harakat qilishyapti. Bu borada bizni amaliy jihatdan qo'llab-quvvatlayotgan viloyat hokimligiga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Hozir uchrashuvlar to'rtta telekamera orqali tasvirga olinayotgan bo'lsa, yaqin kunlarda ular soni oltitaga etkazilishi ko'zda tutilgan. Yaqinda yangi va zamonaviy teleuskuna va jihozlarga buyurtmalar berdik. Muhimi, ijodkorlarimiz muxlislar uchun qulaylik va yangi imkoniyatlar yaratishdan o'zimizni baxtiyor hisoblaymiz. Qizilqumning o'z maydonidagi barcha o'yinlar oynai jahonda to'g'ridan to'g'ri namoyish etiladi.

Ayni paytda Qizilqum jamoasi ishtirokidagi o'yinlarni respublikamiz futbol muxlislariga yaxshi tanish, mohir sport sharhlovchisi Rahmonqul Boltaev to'g'ridan to'g'ri stadionning o'zidan sharhlab bormoqda.

Viloyat teleijodkorlari kelgusida har bir tur uchrashuvida o'yinoldi va o'yindan keyin Qizilqum jamoasi va raqiblarning futbolchilari, murabbiy-mutaxassislari, shuningdek, muxlislar bilan tezkor intervyular uyushtirishni hamda oynai jahon orqali namoyish etishni ham rejalashtirishgan.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика