So’nggi yangiliklar

15:49Винисиус: "Биз Мбаппени эҳтиёт қилишимиз ва ёрдам беришимиз керак"  2 15:16"Пахтакор" стадиони ёпилди, клуб қачон уни таъмирдан чиқаради?  7 14:49Азиз Асимов йўқ пенальтини қўйган. 14-турдаги баҳсли вазиятлар юзасидан Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси  6 14:20Наҳотки?! "Қизилқум" бугун "Андижон"га қарши иккинчи таркиб билан тушадими?  9 13:44Ўзбекистонда ўтадиган футзал бўйича Жаҳон чемпионати-2024 тимсоли эълон қилинди  7 13:22Эркин фикр: Олимпиада футболдан воз кечиши керак  7 13:00Бугун Олимпиадада иштирок этадиган спортчиларимизнинг иштирокидан ОНЛАЙН  1 12:53Флик: "Биз тўғри йўлдамиз, ҳали яна қўшишимиз мумкин"  5 12:05Анчелотти: "Суперкубок ҳақида ўйлаш вақти келди"  4 11:18"Месси мени ҳамиша тушликка таклиф қилади"  11 10:26"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Икрамов Темур  0 10:11Англия терма жамоасини сентябрь ойидаги ўйинларида ким бошқариши маълум  1 09:44«Бавария» ёзда тўрт нафар футболчисини сотади  3 09:15Мбаппе ёки Виниcиус? Анчелотти «Реал Мадрид»да ким пенальти тепишини айтди  3 08:48Ўзбекистон кубоги. Бугун чорак финалнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  18

Hamidjon Aktamov: Yuqori natija uchun faqat istakning o'zi kamlik qiladi Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: Yuqori natija uchun faqat istakning o'zi kamlik qiladi

O'zbekiston XXIV milliy chempionati oliy liga jamoalari mavsumni yakunlashdi. Navoiyning Qizilqum futbolchilari yakunda o'n olti jamoa orasida o'ninchi pog'onani egalladi.

Mavsum yakunlari, kelgusi rejalar xususida Qizilqum PFK bosh menejeri Hamidjon AKTAMOV klub matbuot xizmatiga o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Har bir muxlis o'z jamoasidan faqat yuqori natija kutishga haqli, - deya so'z boshladi Hamidjon G'ulomovich. - Ana shu nuqtai nazardan olib qarasak, o'tgan mavsumda jamoamiz azolari ishqibozlarni quvontirdi, deya olmaymiz. Ammo Qizilqum jamoasining milliy chempionatimizdagi oxirgi uch-to'rt yildagi natijalari bilan solishtirsak, futbolchilarimiz ishtirokini ijobiy baholasa arziydi.

- Ko'pchilik nazarida Qizilqum jamoasi ikki davrada ishqibozlarda ikki xil taassurot qoldirdi. Buni qanday izohlaysiz?

- Ha, fikringizga qo'shilaman. Klub rahbariyatining jamoaning birinchi davrada erishgan natijalaridan ko'ngli to'ldi. Ammo oraliq tanaffusdan keyin ayrim o'yinlarda jamoamiz zaxira o'rindig'ining torligi natijalarga salbiy tasir qilmay qolmadi. Bundan tashqari, muhim uchrashuvlarda chempionat to'purari Bahriddin Vahobov, tajribali darvozabon Erkin Jabborovlarning jarohat olishi ham pand berib qo'ydi.  Natijada birinchi davrada 21 ochko jamg'argan jamoamiz qolgan uchrashuvlarda atigi 13 ochkoni qo'lga kiritdi, xolos. O'z maydonimizda deyarli teng kuchli raqiblar - Mashal, Metallurg, safarda esa So'g'diyona, Andijon, Qo'qon-1912 jamoalariga muhim ochkolarni boy berganimiz alamli bo'ldi, albatta.

- Jamoa rahbari sifatida bu yilgi mavsumda Qizilqum futbolchilari o'yinidan ko'nglingiz to'ldimi?

- Yo'q, albatta. Har bir jamoa mavsum boshida o'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'yishga intiladi. Bu esa avvalo futbol klublarining moddiy-texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Biz ham Qizilqum tarkibida kuchli va yuqori saviyadagi legionerlar o'ynashini juda istaymiz. Ammo bunga hozircha klubning iqtisodiy ahvoli imkon bermaydi. 2013 yilgi mavsumda Qizilqumni og'ir ahvolda qabul qilib olgandik. Dastlabki ikki yilda jamoani kuchlilar safidagi o'rnini saqlab qolish bilan birgalikda Navoiyda barqaror jamoani shakllantirishga erishdik. Bunda, albatta, Navoiy viloyat hokimligi va viloyat futbol federaciyasining jamoaga bildirgan ishonchi, xomiylarimiz - Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Qizilqumsement hissadorlik jamiyati tomonidan yaratib berilgan sharoitlar juda asqotdi. Agar jamoa o'zagini asosan navoiylik futbolchilar tashkil etishini hisobga olsak, Qizilqumning bu yilgi qayd etgan natijasini qoniqarli baholash mumkin.

- Bugun ko'psonli muxlislar o'z jamoasining nafaqat ichki chempionat bahslarida medallar uchun kurashishini, balki qita miqyosida o'tadigan Osiyo chempionlar ligasida yurtimiz sharafini himoya qilishini orzu qiladi.

- Albatta, fikringizga qo'shilaman. Hozirda mamlakatimizning etakchi klublari - Paxtakor, Nasaf, Lokomotiv, Bunyodkor futbolchilari bir necha yildan beri ana shunday nufuzli musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda. Ammo ular bunday sharafga kecha yoki bugun erishganlari yo'q. Buning uchun avvalo har bir klub o'zining mustahkam infrastrukturasiga ega bo'lmog'i lozim. Jamoa uchun nafaqat kuchli futbolchilar, balki tajribali murabbiy va mutaxassislar zarur. CHiroyli o'yin namoyish etish uchun esa zamonaviy sport inshooti, sifatli futbol maydonlari darkor. SHu maqsadda biz klubdagi mutaxassislar bilan o'zimizning yaqin besh yilda amalga oshiriladigan ishlarimiz dasturini tayyorlaganmiz. Bu esa bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Oxirgi ikki yilda Navoiyga kelgan raqiblarimiz futbol maydonimiz sifatidan nolishardi. Hatto, bu o'zimizni ham noqulay ahvolga solib qo'ygandi. Amaldagi mavsumning birinchi davra bahslaridan so'ng, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov tashabbusi va amaliy ko'magida Yoshlar sport majmuasi yashil maydoni to'liq qayta rekonstrukciya qilinib, tabiiy chimi almashtirildi. Janubiy koreyalik mutaxassislar buyurtmani alo darajada bajarib, yashil maydonni yilning istalgan vaqtida yuqori saviyada futbol o'ynash uchun shay holatga keltirib berishdi. Katta mablag' evaziga barpo etilgan sport inshooti va futbol maydonini asrab-avaylash maqsadida Germaniya, Gollandiya davlatlaridan asbob-uskunalar, texnikalar olib kelindi. Hatto, stadionga o'rnatilgan darvozalar ham Germaniyadan keltirildi. Yangi mavsum arafasida stadiondagi tablo ham zamonaviysiga almashtirilishi rejalashtirilgan.  Ancha paytdan beri etiborsiz qoldirilgan Qizilqum PFK qoshidagi bolalar va o'smirlar futbol maktabi faoliyatini jonlantirishga ahamiyat bera boshladik.  CHunki o'zining mustahkam poydevoriga ega bo'lmagan jamoalarning kelajagiga ham ishonch bo'lmaydi. Kelajakda shuning o'zi bilan kifoyalanib qolish niyatimiz yo'q.

- Ayni paytda boshqalar kabi Qizilqum jamoasi azolari ham tatilga chiqqan. Kelgusi mavsum oldidan qanday rejalar bor?

- Futbolchilarimiz bilan 15 dekabrdan boshlab yangi mavsum taraddudini boshlaymiz. Dastlabki bosqich o'quv-mashg'ulot yig'ini Navoiy shahrida uyushtiriladi. Ikki haftalik yig'indan so'ng, Yangi yil bayrami munosabati bilan jamoamiz kichik tatilga chiqadi. So'ngra, kelasi yilning yanvar oyi boshida jamoamiz azolari poytaxtimizda Futbol-MED sog'lomlashtirish markazida tibbiy ko'rikdan o'tishi ko'zda tutilgan. Yanvar oyida mashg'ulotlarni Toshkentda davom ettirish bilan birgalikda oliy liga vakillari bilan bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushamiz. Fevral oyining ikkinchi o'n kunligida xorijda yig'in tashkil etishni rejalashtiryapmiz.

- Tarkibni qaysi o'yinchilar tark etdi? Yangi mavsum oldidan jamoaning qaysi chiziqlarini kuchaytirish niyatidasizlar?

- Jamoamizni kimlar tark etishi 15 dekabrda malum bo'ladi. Yakunlangan mavsum tarkibda muammolar etarli ekanligini ko'rsatib berdi. SHu bois, deyarli barcha chiziqlarga bir qator tajribali mahalliy futbolchilarni jalb etish niyatidamiz. Ayni chog'da klubda selekciya ishlariga jiddiy etibor qaratyapmiz. SHuningdek, yanvar oyidan poytaxtimizda boshlanadigan yig'inga xorijlik legionerlarni jalb etamiz. Muhimi, viloyat futbol federaciyasi, xomiylarimiz Qizilqum jamoasi kelajagiga katta umid va ishonch bilan qarashmoqda. SHunday ekan, yangi mavsumda avvalo muxlislarimiz ishonchini oqlash, chiroyli g'alabalarimiz bilan ularni quvontirish yo'lida bor kuch-imkoniyatimizni ishga solamiz.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика