So’nggi yangiliklar

15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  2 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  3 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  0 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  59 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  5 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  3 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  10 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8

Hamidjon Aktamov: “Turdan-turga o'yinimizni kuchaytirishga harakat qilamiz” Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: “Turdan-turga o'yinimizni kuchaytirishga harakat qilamiz”

Oliy liga o'n to'qqizinchi turidan o'rin olgan “Qizilqum” - “Obod” uchrashuvi (4:1) yakunlangach, matbuot anjumani ikkinchi qismida Hamidjon Aktamov qatnashdi.

- “Obod” - oliy liga debyutanti bo'lsa-da, kuchlilarga qanchalik muammolar tug'dirayotganligini barcha ko'rib, bilib turibdi, - deya so'z boshladi Hamidjon G'ulomovich. - Uchrashuvdan avval raqibimiz o'yinlari tasvirga olingan disklarni ko'rib, o'rganishga harakat qilgandik. Bugun g'alaba uchun maydonga chiqqan bo'lsak-da, yakunda hisob yirik ko'rinish olishini tasavvur qilmagandik. Yigitlarga va bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga katta rahmat! Jamoamiz bugun o'zining chiroyli o'yinlaridan birini ko'rsata oldi. Turdan turga o'yinimizni kuchaytirishga harakat qilamiz.

Erkin Boydullaevning maydondan chetlatilishi ham biz uchun kutilmagan hol bo'ldi. Ketma-ket gollar o'tkazgach, raqibimiz bor etiborini hujumga qaratdi. Xavfni bartaraf etish uchun jamoa sardori o'zini ayamadi va biroz qiziqqonligi evaziga ikki bor sariq kartochka bilan jazolandi. Nima ham derdik, bu ham futbolning bir bo'lagi sanaladi.

Endi jamoa azolariga ikki kunlik tatil beriladi. So'ngra yana qarorgohimizda yig'ilamiz. Xabaringiz bor, milliy terma jamoa yig'ini munosabati bilan 26 avgustda bo'ladigan “Paxtakor” - “Qizilqum” uchrashuvi boshqa muddatga ko'chiriladi. Ammo muxlislarimiz zerikib qolishmaydi. O'FF Terma jamoalar markazi bilan kelishgan holda 26 avgust kuni Navoiyda O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini uyushtiramiz. Buni muxlislarimiz mamlakatimiz mustaqilligining yigirma besh yillik to'yiga jamoamizdan sovg'a sifatida qabul qilishlarini so'rardim. So'ngra, Navoiyda bayramdan keyin Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi bilan ham nazorat uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirganmiz.

“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика