So’nggi yangiliklar

18:10"Манчестер Юнайтед" Луис Энрикега мурожаат қилди. Испаниялик ўз жавобини берди  1 17:33"Дибба" — "Бани Яс". Таркиблар маълум  0 16:53"Барселона" Суперлигани тарк этганини эълон қилди. Лойиҳада фақат "Реал" қолди  21 16:17"Манчестер Юнайтед" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  8 15:56"Олимпик" Пролига иштирокчилари орасида йўқ, футболчи ва ходимлар 2025 йилнинг май ойидан бери маош олишмаган  3 15:49Ўртоқлик ўйини. “Бухоро” Россия жамоаси билан дуранг ўйнади  1 15:15"Тоттенхэм" Галлахердан ҳафсаласи пир бўлди  3 14:10САфарда "Бунёдкор" меҳмони. Зейтуллаев нималар деди?  0 13:38"Реал" "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини нишонга олди  12 13:01Ўртоқлик ўйини. “Қўқон-1912” Грузия жамоасини мағлуб этди  5 12:15Тонали "Реал"га ўз хизматларини таклиф қилди. Мадридликларнинг жавоби маълум  4 11:48САфарда. ОКМК қандай тайёрланмоқда? Миржалол Қосимов ва Жавоҳир Илёсов билан интервью  0 11:20“Фламенго” "Ливерпуль” собиқ форвардини сотиб олмоқчи  0 10:55Расман: "Динамо" ПСЖ тарбияланувчиси билан шартнома имзолади  18 10:48Андрей Шипилов: "Натижа биз учун яхши кўриниш олди, муҳим жиҳат нолга ўйнадик"  3

Hamidjon Aktamov: “Quradan ko'nglim to'ldi” Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: “Quradan ko'nglim to'ldi”

Kecha O'FFda oliy liga-2016ga qura tashlash marosimi yakuniga etgach, “Qizilqum” menejeri Hamidjon Akmatovni suhbatga chorladik.

- Hamidjon G'ulomovich, bo'lib o'tgan qura haqida fikringizni bilmoqchi edik. Aytingchi boshqaruvingizdagi “Qizilqum” uchun qura qanday keldi?
- Menimcha hammasi ko'ngildagidek. Birinchi turni o'z maydonimizda, o'tkazadigan bo'ldik. O'ylaymanki chempionatning boshlanishi biz uchun qulay bo'ldi. SHu bois qoniqdim deya olaman.  

- Quradan oldin chempionatning ilk turini safarda o'tkazishni istaganmidingiz yoki aksincha?
- Yo'q, ilk turni o'z maydonimizda bo'lishini xohlagandim. CHunki “Yoshlar sport majmuasi” stadionida bu yil ikkinchi davrada tamirlash ishlari bo'lgani sababli o'ynamadik. Muxlislar mazkur stadionimizda o'ynashimizni kutib qolishdi. O'ylaymanki yangi mavsumga stadionimiz va maydonning xolati tayyor bo'lib qoladi.  

- “Qizilqum”ning yangi mavsumga tayyorgarlik rejasi tuzib chiqilganmi?
- Ha. Birinchi yig'inni 15 dekabr kunidan boshlagandik. 22 kuni yigitlarga dam beramiz. 24 kuni esa futbolchilarni Toshkentda tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi. Yangi yil bayrami munosabati bilan yigitlarga biroz dam bergan xolda, yanvarning 3-4 kunidan boshlab esa ikkinchi bosqich yig'iniga kirishamiz. Qisqacha aytganda yangi mavsumga asosan Toshkent-Navoiy yo'nalishi bo'yicha tayyorgarlik ko'riladi.  


- Bu yil jamoangiz xorijda ham yig'in o'tkazib qaytgandi. 2016 yil ham “Qizilqum” chetda mashg'ulot o'tkazib qaytadimi?
- Ha, fevral oyining ikkinchi yarmida BAAda yig'in tashkil etishni mo'ljallab turibmiz.

- Murabbiylar shtabida o'zgarish bo'ladimi?
- Yo'q, bu yilgi shtab saqlanib qoladi va unga qo'shimcha qilinmaydi. Menga mahalliy murabbiylar Yuriy Lukin va Akmal Xoliqov yaqindan yordam berishda davom etadi. CHetdan boshqa mutaxassisni taklif etish rejamizda yo'q.

- Tarkibda qanday o'zgarishlarni ko'rishimiz mumkin?
- Asosiy tarkibning o'zagini saqlab qolishga xarakat qilyapmiz. Bu borada ortiqcha muammo yo'q deyarli. Ayrim o'yinchilar bilan xayrlashishga qaror qildik. Alimov, Klishin, Abdurahmonov. SHuningdek Alisher Xoliqov bilan Asqar Muhiddinovning ham shartnomasi yakuniga etgan. Yo'qotishlar o'rnini munosib ravishda to'ldirishga xarakat qilyapmiz. Ko'z ostimizga olib qo'ygan futbolchilar yo'q emas. Bugungi kunga kelib 10 nafar futbolchi bilan og'zaki ravishda kelishib qo'yganmiz. Hozir sizga ularning nomlarini oshkor etmoqchi emasman. Oldin rasman shartnoma imzolab olaylik, keyin bu haqda malumot beramiz.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика