So’nggi yangiliklar

13:45Калверт-Льюин Манчестер клубига ўтиши мумкин  0 13:05Қисқа вақтда Осиёни ўзига қаратган "Бунёдкор" — 20 ёшда  6 12:45ОКМК "Машъал"ни кичик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:23Opta: Клублар ўртасидаги ЖЧда ПСЖ фаворит ҳисобланмоқда  10 11:48Факт: "Динамо" Самарқандда 17 йилдан буён "Насаф"ни юта олмаяпти  3 11:22Балотелли Шимолий Америкага йўл олиши мумкин  0 10:45"Жар"даги жанг: Саҳна тайёр, роллар тақсимланган, навбат спектаклга   23 10:17Алонсо ПСЖга қарши учрашув ҳақида фикр билдирди  21 09:45"Пахтакор" легионери ёзда жамоани тарк этади  3 09:08"Навбаҳор"нинг собиқ легионери фаолиятини "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  1 08:34Мусиала қанча муддатга сафдан чиққани маълум  7 08:05Суперлига. ОКМК минимал ҳисобда, "Бунёдкор" эса ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 07:57Суперлига. Бугун иккита супер учрашув бор  13 07:25МЛС. ЖЧдан қайтган "Интер Майами" рақибини йирик ҳисобда мағлуб этди. Мессидан 2+1  8 03:03Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" "Боруссия"ни мағлуб этиб, ярим финалга чиқди, финал йўлидаги рақиб — ПСЖ  25

Hamidjon Aktamov: "Qizilqum"da moliyaviy muammolar bor, futbolchilar 4 oydan buyon maosh olishmayapti" Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: "Qizilqum"da moliyaviy muammolar bor, futbolchilar 4 oydan buyon maosh olishmayapti"

Coca Cola Superliganing 20-turidan o'rin olgan Bunyodkor - Qizilqum (2:1) uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov ishtirok etdi.

- «Bunyodkor» jamoasini bugun g'alaba bilan tabriklayman! Yaxshi o'yin o'tkazdik. Hisobda ortda qolayotgan bo'lsak-da, g'alaba qozonish uchun harakat qildik, ammo omad kelmadi. Umumiy manoda, hisob o'yinga mos.

- Jamoaga nima etishmayapti yoki moliyaviy muammolar bormi? 
- Jamoada moliyaviy muammolar bor. SHu vaqtgacha indamagandim, mana to'rtinchi oyga qarab ketyapti, futbolchilar maosh olgani yo'q. Qachongacha rahmat uchun o'ynaydi? Ularni ham oilasi bor, ishlayaptimi, maoshini olishlari kerak. Yil boshida homiy bo'lishi kerak bo'lgan tashkilotlar, bugun homiylik qila olmasligini aytib xat beryapti. Dardim ichimda, nima deyishga hayronman. Jamoada ichki muhit yaxshi, shunchaki, yigitlarni ruhlantira olmayapman.


- Demak, bugungi o'yin uchun mukofot puli yo'qmidi? 

- Yo'q edi, hech qanday mukofot puli.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика