So’nggi yangiliklar

03:21"Реал" кетма-кет 29-мавсум ЕЧЛ 1/8 финалига чиқди  0 03:00ЕЧЛ. ПСЖ "Монако" билан дуранг ўйнади ва 1/8 финалга йўл олди  7 03:00ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўзини ўтиш ўйинларида ўйнашга мажбур қилган "Бенфика"ни мағлуб этиб, нимчорак финалга йўлга олди  61 02:30Стив Брюс: "МЮ Магуайрга янги шартнома таклиф қилиши керак"  0 01:57Саудия Арабистони. "Ал Насср" сафарда йирик ғалаба қайд этди, Роналдудан навбатдаги гол!  2 00:45ЕЧЛ. Бергамода камбэк: "Аталанта" йирик ҳисобда ғалабага эришиб, "Боруссия"ни турнирдан чиқариб юборди  24 00:20Коутиньо олдида икки йўл бор  0 00:01ЕЧЛ. "Реал" - "Бенфика" ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  15 23:50"Милан" тўртинчи либослар тўпламини тақдим қилди  1 23:31Ямал ўз совринини қабул қилиб олди  1 22:50Онана МЮга қайтиб, асосий таркиб учун курашмоқчи  4 22:32"Барселона" АПЛдан ҳимоячи кўзлаб қўйди  1 22:15Каземиро Италия жамоасига ўтмоқчи  1 21:41"Ғазалкент" сўнгги дақиқаларда камбэк амалга ошириб, Россия жамоасини мағлуб этди  2 21:16ЕЧЛда мавсумнинг энг яхши дарвозабони ким бўлмоқда?  2

Hamidjon Aktamov: “Muhim ochkolarni qo'ldan chiqardik” Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: “Muhim ochkolarni qo'ldan chiqardik”

Oliy liga o'n trtinchi turidan joy olgan “Qizilqum” - “Neftchi” jamoalari uchrashuvi (0:0) yakunlangach o'tkazilgan matbuot anjumani ikkinchi qismida mezbonlar bosh menejeri Hamidjon Aktamov qatnashdi.

- Uchrashuv kutganimizdan-da og'ir o'tdi, - deya so'z boshladi Hamidjon Aktamov. - Butun o'yin davomida bor etiborini himoyaga qaratgan jamoaga qarshi o'ynash doimo qiyin bo'lgan. Bugun raqibimiz darvozaboni va himoyachilari yigitlarimizning erkin harakat qilishlariga yo'l qo'yishmadi. Oddiy aytganda, natijadan ham, jamoamiz o'yinidan ham qoniqmadim. Afsuski, g'alaba qozona olmadik va muhim ochkolarni qo'ldan chiqardik.

Hozir futbolda nomlar hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. “Neftchi” jamoasi Navoiyga o'z etakchisi Mansur Saidov hamda Muhsinjon Ubaydullaev, Murodbek Bobojonovsiz kelgan bo'lsa-da, o'zlari uchun ijobiy natijaga erishdi. Biroq, yigitlarimizga ko'plab vaziyatlarda aniqlik va omad etishmadi. Bu - futbol! Qolaversa, bugungi issiq havoda to'p tepish har ikki jamoa azolarining o'z imkoniyatlarini to'la namoyish qilishiga to'sqinlik qildi.

“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика