Hamidjon Aktamov "Lokomotiv" bilan durangdan keyin: "Bugun biz yutdik!"
11 sen 2021 21:12
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/657343_original.jpg)
![](/upload/storage/657343_220.jpg)
Hamidjon Aktamov "Lokomotiv" bilan durangdan keyin: "Bugun biz yutdik!"
Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Lokomotiv" (0:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yin haqida gapiradigan bo'lsak bugun biz yutdik! Toza golimizni bekor qilishdi. Gol urilgan vaziyatda darvozabon to'pni qaytarganida to'p darvoza ichiga kirib bo'lgandi, keyin VAR ko'rib chiqib darvozabonga nisbatan qoida buzildi deb topdi.
Bazida VAR o'yinga aralashmoqda, bazida yo'q. Unda nimaga kerak bu tizim? Hamma vaziyatni ko'rish kerak. VAR bo'lishi uchun hamma tomondan kameralar bo'lishi kerak.
Ikkala jamoada ham gollar urish uchun imkoniyatlar bo'ldi. Har turda ochko yo'qotayapmiz, baribir alamli holat. "Lokomotiv"ga omad tilayman.
Biz oxirigacha kurashamiz", - deydi Hamidjon Aktamov.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar