Hamidjon Aktamov: "Ikkinchi taymda cirk bo'ldi! Hakamlarni kimdir nazorat qiladimi yoki futbolni tugatamizmi?"
26 sen 2020 20:28
Yangiliklar


Hamidjon Aktamov: "Ikkinchi taymda cirk bo'ldi! Hakamlarni kimdir nazorat qiladimi yoki futbolni tugatamizmi?"
Superliga 17-turidan o'rin olgan AGMK - "Qizilqum" (2:1) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov fikrlarini bildirib o'tdi.
"Birinchi bo'limda yaxshi o'ynadik. Ikkinchi bo'limda esa aksi bo'ldi. Birinchi va ikkinchi bo'limni o'rtasida er bilan osmonchalik farq bor. Nima deyishim mumkin? Kimga shikoyat qilishga ham hayronmiz. Hakamlarni kimdir, qachondir tartibga soladimi yoki futbolni tugatamizmi? Ikki qanot hakami o'rtadagi narsani aytib turibdi, hakam esa hushtak bilan yuribdi. Qanot hakami yonimda turgan edi, barchasini eshitdim. Qizil kartochkada ham, sariq kartochkada ham ko'rmagan narsasini bosh hakamga aytyapti. Hamma vaziyatda shunday bo'ldi. Hakam o'yinni rasvo qildi. Boshqa gapim yo'q",- deydi Hamidjon Aktamov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar