So’nggi yangiliklar

13:57Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланмоқда: Ўзбекистон кимлар билан тушади?  0 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   3 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  0 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  2 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  6 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  2 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  4 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  7 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  3 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  6 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  2

Hamidjon Aktamov: "Ikkinchi davrada "Qizilqum" butunlay boshqa jamoaga aylanadi" Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: "Ikkinchi davrada "Qizilqum" butunlay boshqa jamoaga aylanadi"

Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Qizilqum" (8:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov qatnashdi.

- Yirik mag'lubiyat tufayli o'yin haqida hech narsa deya olmayman. Xatolarimiz ko'p. Bu baxona emas. Zaxiradan o'yinni kuchaytiradigan futbolchilarimiz yo'q. Asosan yoshlarga ishonch bildiryapmiz. "So'g'diyona" bilan bo'lgan bahsda ko'plab jarohatlar olingani tufayli bugun ular bizga yordam bera olishmadi. "Paxtakor" bizning yarimta xatolarimizni ham jazoladi.

Elguja Grigalashvilining ham jarohati bor edi. Biroq tanaffusda mag'lubiyatga chidolmagani bois o'zi maydonga tushirishimni iltimos qildi. SHu boisdan ham uni maydonga tushirdim. Aslida bugun uning xizmatidan foydalanmoqchi emasdik. CHunki jarohati bois tavakkalga qo'l urmoqchi bo'lmagandim. O'yinda ham to'liq kuchi bilan yugura olmadi. Uning jarohati og'ir.


- "Qizilqum" boshqaruvidagi o'yinlaringizda mag'lubiyatlar soni g'alabalardan ko'payib ketgan. Jamoaning joriy mavsumdagi holati ham yaxshi emas. Bu borada qanday izoh bera olasiz?

- "Qizilqum" bilan "Paxtakor" tenglashtirish to'g'ri kelmaydi. Masalanda. Bu futbol. Hech kim maydonga yutqazaman deb tushmaydi. Hamma ishlayapti, harakat qilyapmiz. Meni qo'l ostimda ikkita emas, balki 1,5ta ham tarkib yo'q. Bugun yoshlarni qo'ydik. Yoshlar jamoasida iliq taassurot qoldirgan futbolchilarga imkon berdik. O'tgan gal yoshlarni tushirmaysan, degan savollar uchrardi. Yoshlarni tajribasi yo'q, ular "Paxtakor" bilan tenglasha olmaydi. O'yin amaliyoti berish maqsadida ularga imkoniyat taqdim etdim.

Ayni paytda selekciya ishlari olib borilmoqda. Ikkinchi davrada jamoadan ketadigan va keladigan futbolchilar ham bo'ladi. Yozgi tanaffusdan so'ng "Qizilqum" umuman boshqa jamoaga aylanadi. Biz jamoaga yangi qon olib kirmasak bo'lmaydi.

Paxtakor

Marat Bikmayev - 7', Igor Sergeyev - 13', Marat Bikmayev - 20', Dragan CHeran - 45', Igor Sergeyev - 62', Dragan CHeran - 73', Vladimir Kozak - 83', Igor Sergeyev - 85'

Superliga. 12-tur

21/06/2019, 19:45

0
:
8
Tugadi

Qizilqum

45'
90'
7'  Marat Bikmayev
7'  Egor Krimets
13'  Igor Sergeyev
13'  Sardor Sobirxo’jayev
20'  Marat Bikmayev
20'  Dragan CHeran
45'  Dragan CHeran
45'  Sardor Sobirxo’jayev
46'  Farrux Sayfiev (Akrom Komilov)
62'  Igor Sergeyev
62'  Jaloliddin Masharipov
64'  Sherzod A’zamov (Marko Simich)
68'  Odiljon Hamrobekov (Vladimir Kozak)
73'  Dragan CHeran
83'  Vladimir Kozak
83'  Jaloliddin Masharipov
85'  Igor Sergeyev
85'  Marat Bikmayev
24'  Murod Bobojonov (Sardor ZHahonov)
46'  Sherali Jo’rayev (Elguzha Grigalashvili)
69'  Elguzha Grigalashvili


Qayd etish joiz, bugun "Qizilqum" Hamidjon Aktamov qo'l ostidagi eng yirik mag'lubiyatini qabul qildi. SHu tariqa Hamidjon Aktamov "Qizilqum" boshqaruvidagi 114-o'yinida (Oliy liga/Superliga, O'zbekiston Kubogi, Liga Kubogi) 44-mag'lubiyatni tan oldi. SHuningdek, Aktamov 38 g'alaba va 31 durang qayd etgan. To'plar nisbati: 136-165. 

Reyting: -34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика