Hamidjon Aktamov: "Hakamlar ham inson, ular ham adashadi"
07 dek 2020 18:34
Yangiliklar
Hamidjon Aktamov: "Hakamlar ham inson, ular ham adashadi"
"Avvalo muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman. Kerakli va muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Bugun haqiqatdan ham yaxshi o'yin ko'rsatdik va zarur natijani qo'lga kiritdik.
Bugun hamma yaxshi o'ynadi. Alohida biror futbolchini ko'rsata olmayman. Mirjalol Qosimov qatori maydonga tushgan hamma borini berdi.
Baribir hamma bilan o'ynaymiz. Keyingi bosqichda kim bilan to'qnash kelishimizni qura natijalaridan so'ng bilib olamiz. Uyda yoki safarda o'ynashimizni farqi yo'q. O'zbekistondan chiqib ketmaymiz.
Kubokda ham maqsadimiz bor. Superligani yuqoriroqda yakunlashimiz mumkin edi. Ikkinchi davrada jamoamizda o'zgarishlar bo'lgani sababli vaqt etmay qoldi. Ochkolar yo'qotdik, pandemiya ham tasir qildi. Futbolchilar o'yinlarga tayyorlana olishmadi. Endilikda hammasi yaxshi bo'ladi degan umiddaman. Oxirigacha kurashamiz.
Hakamlar ham inson, ular ham adashadi. Men baho bera olmayman. Bir nechta o'yinlarimizdan kelib chiqqan holda fikrimni aytganman",- deydi Hamid Aktamov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar