So’nggi yangiliklar

21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  2 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  19 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  23 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  14 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0

Hamidjon Aktamov: "Gol urmasdan g'alaba qozonib bo'lmaydi" Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: "Gol urmasdan g'alaba qozonib bo'lmaydi"

Oliy liga o'ninchi turidan joy olgan "Qizilqum" - "Metallurg" uchrashuvidan (1:1) so'ng, matbuot anjumani ikkinchi qismida mezbonlar bosh menejeri Hamidjon Aktamov qatnashdi.

- Bugungi o'yinda faqat g'alabani ko'zlab maydonga tushgandik, - deya so'z boshladi Hamidjon G'ulomovich. - Afsuski, buni uddalay olmadik. Raqib tezkor gol kiritib, rejalarimizni buzib yubordi. Hisobdagi muvozanatni tiklaguncha katta kuch sarfladik. Muxlislarga katta rahmat aytaman. Ularning uyushqoqligi va daldasi evaziga hisobni tenglashtirdik.

"Metallurg" jamoasining bir necha o'yinlari tushirilgan videoyozuvlarni ko'rib, shunga mos taktika asosida maydonga chiqqandik. Afsuski, yigitlar bugun ko'rsatmalarimizni to'liq bajara olishmadi. Keyingi o'yinlarda hujumchilarimiz gol urishda oqsashmoqda. Axir gol urmasdan g'alaba qozonib bo'lmaydi.
Keyingi turda yanada jiddiyroq raqib bilan o'ynaymiz. Aslida chempionatda oson o'yinning o'zi yo'q. Jamoamizda muhit alo darajada, birorta muammo ko'zga tashlanmayapti. SHunga qaramay, bugun qimmatli ochkolarni qo'ldan chiqardik. Xato va kamchiliklar ustida ishlashda davom etamiz.

"Qizilqum" PFK Matbuot xizmati.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика