Hamidjon Aktamov: "G'alaba uchun harakat qilgandik "
15 avg 2021 00:20
Yangiliklar
Hamidjon Aktamov: "G'alaba uchun harakat qilgandik "
Superliganing 15-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Qo'qon -1912" (2:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'yin haqida nima ham derdim. G'alaba uchun harakat qildik. Ikkinchi bo'limda juda ko'p xavfli vaziyatlar yaratdik. Birinchi golni o'zimizning aybimiz bilan o'tkazdik. Ikkinchi golda tushunmovchilik bo'ldi. Futbol shunisi bilan qiziq. "Qo'qon -1912" jamoasiga navbatdagi uchrashuvlarda omad tilayman. Kamchiliklar ustida ishlaymiz. O'yinni qaytadan ko'rib chiqamiz", - deydi Hamidjon Aktamov.
Fikrlar