So’nggi yangiliklar

10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  1 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  1 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  10 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  7

Hamidjon Aktamov: Bugun irodali g'alabaga erishdik Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: Bugun irodali g'alabaga erishdik

Oliy liga to'qqizinchi turidan joy olgan Qizilqum - Andijon jamoalari (2:1) uchrashuvidan so'ng, mezbonlar bosh menejeri Hamidjon Aktamov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
-Bugun qiyin kechgan bahsda muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik, - deya so'z boshladi Hamidjon G'ulomovich. - Bizni butun uchrashuv davomida uyushqoqlik bilan qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga rahmat! O'z darvozangdan birinchi bo'lib to'p olib chiqib,  yakunda g'alaba qozonish hech bir jamoa uchun oson emas. Qolaversa, bugungi o'yin oldidan tarkibimizda jiddiy yo'qotishlar bor edi. Darvozabon Erkin Jabborov hamda himoyachi Alisher Yusupovlarni jarohati tufayli boshlang'ich tarkibga kirita olmadik. Himoyachi Akmal Rustamov hisobidagi sariq kartochkalar to'rttaga etganligi, yana bir yarim himoyachimiz SHerali Jo'raev qizil kartochka olganligi bois, bugun jamoamizga yordam bera olishmadi. SHunga qaramay, anchadan beri zaxira o'rindig'ida o'tirgan boshqa yigitlarimizga bugun imkon berishga qaror qildik. Ular esa o'zlarini ijobiy tomondan ko'rsatdi va ishonchimizni oqlashdi. Qisqacha aytganda, bugun irodali g'alabaga erishdik.

Bunaqa uchrashuvlarda bitta xato ham jamoani og'ir ahvolga tushirib qo'yishi mumkin.  Andijon ham tajribali murabbiy va futbolchilarga ega jamoa. SHunga qaramay, yigitlarimiz yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanib, muhim uch ochkoni qo'lga kiritganidan xursandmiz.

Keyingi paytlarda saviya borasida chempionat klublari o'rtasidagi farq tobora kamayib boryapti. Ayni paytda barcha jamoalarga qarshi g'alaba uchun o'ynasa bo'ladi. Afsuski, oxirgi o'yinlarda futbolchilarimizning keraksiz vaziyatlarda sariq kartochka olayotganliklari bizni xavotirga solmoqda. Tartib-intizom borasida hali qiladigan ishlarimiz talaygina.

Muhimi, oxirgi ikki uchrashuvdagi omadsizlikdan so'ng, bugun jamoamiz yana g'alaba qozondi. Andijonda bo'ladigan O'zbekiston kubogi nimchorak final javob uchrashuvida ham muxlislarimizga g'alaba taqdim etish uchun kurashamiz.

Qizilqum PFK Matbuot xizmati.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика