So’nggi yangiliklar

20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  13 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  6 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  13 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  6 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  2 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  5 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  1 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6

Hamidjon Aktamov: "Bugun ham har doimgi kino davom etdi. Hakam maydonda Islom Kenjaboevni so'kibdi" Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: "Bugun ham har doimgi kino davom etdi. Hakam maydonda Islom Kenjaboevni so'kibdi"

Superliganing 22-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Qizilqum" (4:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov o'z fikrlarini bildirdi.




- O'yin haqida

- Bugun ham har doimgi kino davom etdi. Hakamlarga qachon insof kiradi, bilmayman. SHikoyat va etirozlarimizni yozyapmiz, yuqoridagilar ko'rib chiqishadi degan umiddamiz. 2 ta penalti ham noto'g'ri belgilandi. Bu narsa qachon tugaydi? Ko'pchilik jazolanyapti, lekin baribir hakamlar odilona qaror chiqarishmayapti.

- Birinchi penaltida to'p futbolchining ham oyog'iga, ham qo'liga tegdi – bu yangi qoidaga binoan, penalti sifatida baholanadi...

- Ular qanday qaror chiqarishsa, qonun-qoidaga to'g'ri kelaveradi. To'p Islomning qo'liga tegmadi. Islom To'xtaxo'jaev hech qachon yolg'on gapirmaydi. To'p oyoqqa tekkan bo'lishi mumkin, ammo qo'lga emas. Bizda isbot sifatida videolavha ham bor. Ikkinchi penalti bilan bog'liq holatda ham futbolchi chiziq tashqarisida edi, buni hamma ko'rib turibdi. O'zi birinchi jarima zarbasi belgilab, qaysidir futbolchining etirozidan keyin qarorni o'zgartiryapti...  O'ynaydigan jamoalarga xalaqit qilishmasin, shunchaki to'g'ri hakamlik bo'lsa bo'ldi. Mayli, 50 ga 50 holatlarda ularning foydasiga qaror chiqarsin. Oxirgi 2-3 o'yinda hakamlarni xatosi tufayli durang o'ynayapmiz yoki mag'lubiyatga uchrayapmiz. Futboldan ham to'yib ketdi o'zi hamma. 

Jamoamiz ruhan sindi, jismoniy tarafdan yana 2 taym o'ynay olishardi.

Hakam maydonda Islom Kenjaboevni so'kibdi. Uyatli so'zlar bo'lgani uchun buni hozir ochiqchasiga aytolmayman. Hakam maydonda og'ziga kelgan so'z bilan futbolchini so'kyapti. Islom Kenjaboev oxirgi vaziyatda to'pni Anzur Ismoilovdan olib qo'ydi. O'shangacha 2 marta qoida buzildi, lekin jarima zarbasi berilmadi. Bizning oldingi o'yinlarimizda esa shunga o'xshash holatlarda kechiktirilgan fol deyishgandi. 

Men hakamlarni hech ham tushunmadim. "Paxtakor" CHempionlar ligasidagi asosiy jamoamiz va ular yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Biz natija ko'rsatolmasligimizga hakamlar ham aybdor. Haqqoniy futbol bo'lishi uchun ularning ham yordami kerak. Qanday o'ynash kerak yana? Qanday jamoani tayyorlash lozim?

Barchamiz ertayu kech mehnat qilamiz. Kimdir kelib, nonimizni nohaq tarzda tortib olsa, bunga kim chidab turoladi? Bu orqali o'yinchilarni ruhan sindirib qo'ymaymizmi? Masalan, Islom Kenjaboev hali ko'p vaqt terma jamoaga yordam berishi mumkin.

Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика