Hamidjon Aktamov: "Bu yil "Nasaf" yoki "Navbahor" chempion bo'lsa kerak"
02 iyu 2022 13:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/707480_original.jpg)
![](/upload/storage/707480_220.jpg)
Hamidjon Aktamov: "Bu yil "Nasaf" yoki "Navbahor" chempion bo'lsa kerak"
"Qizilqum" klubi sobiq bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov kechagi AGMK va "Navbahor" o'rtasidagi o'yin haqida o'z fikrini bildirdi.
- Kechagi bahs haqida nima deya olasiz?
- AGMK - "Navbahor" uchrashuvini ko'rdim. O'yin juda yaxshi o'tdi. Omad mehmonlarga kulib boqdi. O'yinning suratiga qarab durang bo'lishini kutgan edim.
- Birinchi davra deyarli tugadi. Sizningcha bu yil kim chempion bo'ladi?
- Bu yil menimcha "Nasaf" yoki "Navbahor" chempion bo'lishi mumkin. Biroz ustunlikni "Nasaf"ga beraman.
Olmaliqdagi superto'qnashuvda "Navbahor" g'alaba qozondi va peshqadamga aylandi
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar