Hamidjon Aktamov: "Bu yil foydasi tegadigan hujumchi topa olmadik"
03 dek 2020 17:05
Yangiliklar


Hamidjon Aktamov: "Bu yil foydasi tegadigan hujumchi topa olmadik"
"CHempionatning so'nggi turini tugatib oldik, durang o'yinga mos bo'lmadi albatta. Juda ko'p vaziyatlar yaratdik, afsuski ulardan foydalana olmadik. Bu yil hujum chizig'i bo'yicha qiynaldik, foydasi tegadigan hujumchi topa olmadik. Hujumchilar bor, omadi kelmayapti.
7 dekabr kuni "Bunyodkor"ga qarshi endi kubok doirasida ham o'ynaymiz. Nasib qilsa g'alaba qozonamiz", - deydi Aktamov.
- CHempionat yakunlari bo'yicha qanday fikrdasiz?
- Hozircha mavsum yakuni bo'yicha hech nima deya olmayman. Sababi oldinda kubok bahslari bor. SHundan keyin o'z fikrlarini bildirishim mumkin.
- Keyingi mavsum Nesterovni "Qizilqum"da ko'ramizmi?
- Kubokni ham tugatib olaylik, umid qilamizki Nesterov jamoamizda qoladi.
- Kubokda asosiy tarkibni maydonga tushirasizmi yoki yoshlarga imkoniyat beriladimi?
- Yo'q, kubok bahslari bitta o'yindan iborat, yutqazgan musobaqani tark etadi. SHunday ekan o'sha kungi eng kuchli tarkibni maydonga tushiramiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar