So’nggi yangiliklar

21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  0 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  10 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  7 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2

Hamidjon Aktamov: "Bekobodda Hasan Ro'zievning "o'yini" bo'ldi" VIDEO Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: "Bekobodda Hasan Ro'zievning "o'yini" bo'ldi" VIDEO

"Qizilqum" bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov "Metallurg"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida uchrashuv bosh hakami Hasan Ro'zievning "o'yini" qurboni bo'lishganini takidladi.

- O'yin haqida? Stadionga kelgan muxlislarning barchasi ko'rdi, aniqroq aytadigan bo'lsam, bugun Hasan Ro'zievning "o'yini" bo'ldi! Bunday qilib futbolni orqaga tortish bilmadim nimalarga olib keladi.

Ajoyib va chiroyli o'yinni Hasan Ro'ziev buzdi! Hakamning bu "o'yinlari" jamoalarning, klubdagi xodimlarning mehnatini harob qiladi. Nima kerak xalqni aldab? Noto'g'ri gapirayotgan bo'lsam aytinglar? (matbuot anjumanidagi jurnalistlarga murojaat qilib)

Toza penalti berilmadi. Darvozabonimizni boshiga tepib, to'pni olib gol urilmoqda. Hakam esa jim. Futbolimiz rivoji uchun O'FA va PFL shuncha mehnat qilmoqda, kechayu-kunduz ishlashmoqda. Hasan Ro'zievga o'xshagan hakamlar "o'yin" qilaversa, tuzuk davom etib turgan uchrashuvni "buzib" qo'yaversa, unda futbol hech qaerda ko'tarilmaydi.

"Qizilqum" yaxshi o'ynadi. Biz bugun 15 kishiga qarshi harakat qilishimizga to'g'ri keldi. Hasan Ro'ziev o'yinni buzdi! Men bu borada PFLga rasman arz qilaman! Har bir vaziyat bo'yicha alohida, daqiqama-daqiqa yozaman. O'FA va PFL hakamni ishini ko'rib chiqishini talab qilaman! Hoziroq ularni ustidan rasman arz qilaman", - dedi Hamidjon Aktamov.



Reyting: +66   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика