So’nggi yangiliklar

14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  2 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  7 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13

Hamid Aktamov: "SHerali Jo'raev o'tgan o'yinda boshidan jiddiy jarohat olgan. Doston Ibragimovni topganimiz yo'q" Yangiliklar

Hamid Aktamov: "SHerali Jo'raev o'tgan o'yinda boshidan jiddiy jarohat olgan. Doston Ibragimovni topganimiz yo'q"

Coca Cola Superliga 22-turdan o'rin olgan "Qizilqum" - "Navbahor"(0:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Hamid Aktamov fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin haqida nima deyishim mumkin? "Navbahor" jamoasi yaxshi harakat qildi. O'zi uchun kerakli bo'lgan uch ochkoga ega chiqdi. Kutilmaganda ikki nafar asosiy tarkib futbolchimiz jarohat oldi. Natijada yoshlarni maydonga tushirdik. Ularga ham imkoniyat berish kerak. Bugun g'alaba qozonamiz deb o'ylagan edik. Ammo, o'yinimiz o'xshamadi, omadimiz kelmadi. Ikki nafar futbolchining jarohati juda katta tasir qildi. Zaxirani amalga oshirgunimizga qadar o'yinimiz yaxshi chiqayotgan edi. SHundan keyin o'yinimiz o'zgarib ketdi. Boz ustiga SHerali Jo'raev ham tarkibda yo'q edi. Balki shular ham tasir qilgan bo'lishi mumkin. Keyingi o'yinlarga yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz va oxirigacha kurashamiz. 

Salim Mustafoev va Oybek Qilichevning jarohati og'ir emas. Tez kunlarda tuzaladi degan umiddamiz. Bugungi o'yinda yordam bera olishmadi. 

Doston Ibragimov bilan hali aloqaga chiqqanimiz va topganimiz yo'q. CHaqiryapmiz, hali kelganicha yo'q. SHerali Jo'raev "Andijon" bilan o'yinda boshidan jiddiy jarohat olgan, xotirasini yo'qotgan, eslolgani yo'q",- deydi Hamid Aktamov.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика